Didaktikaning kategoriyalari Bilimlar - odamlarning ijtimoiy - tarixiy amaliyoti jarayonida to’plangan, umumlashgan tajribasidir. Yoki Bilimlar - bu ijtimoiy - tarixiy ong, insoniyatning ijtimoiy - tarixiy amaliyoti hosilasidir. Bilimlar, insoniyat tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini faol o’zlashtirish jarayonida to’plagan, amalda sinovdan o’tgan va obyektiv dunyoni chuqurroq anglashga hamda o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiat, jamiyat, inson tafakkuri va faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va tizimlangan majmuasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |