Didaktika ma’lumotning ilmiy asoslanishi bilan shug’ullanish bilan birga yuksak darajada bilimlar zarur bo’lgan ko’nikma, malakalarni tarixiy bir jarayonida beradi va hozirgi fan, texnika taraqqiyoti davrida o’quvchilarni muayyan darajada shaxsni tarkib topdiradi. Didaktika faqat ma’lumot mazmunini belgilabgina qolmay, balki qanday o’qitish kerakligini ham belgilaydi. Didaktika pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lish bilan birga boshqa bir qancha fanlar bilan uzviy bog’langan: Filosofiya, sosiologiya, logika, psixologiya, fiziologiya oliy nerv faoliyati, kibernetika, matematika va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |