Mavzu: deviant-atvor psixologiyasi



Download 50,16 Kb.
bet3/6
Sana10.04.2023
Hajmi50,16 Kb.
#926464
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DEVIANT-ATVOR PSIXOLOGIYASI

Z.Freydning fikricha, inson xulq-atvorining asosida atrof-muhitni ongli baholash bilan ongsiz ishtiyoq orasida ziddiyat yotadi. Ongsizlik asosida esa insonga beshikdan to qabrgacha soyadek ergashib yuradigan, uning barcha fikr va istaklarini belgilaydigan jinsiy rag‘bat- libido yotadi. Barcha atrofimizdagi voqea-hodisalarni jinsiy rag‘bat belgilaydi. Inson ruhiyatidagi barcha jarayonlar hayot instinkti Eros va o‘lim instinkti-tanatos o‘rtasidagi kurash natijasi bo‘lib, har qanday xulq-atvor, jumladan noto‘g‘ri xulq-atvor ham, jinsiy rag‘bat va yashash uchun kurash natijasidir.
Deviant xulq-atvorga R.Merton ishlab chiqqan ta’limot zamonaviy sotsiologiyada etakchi o‘rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi; “Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratib berishi natijasi bo‘lmish funksional kamchiliklar maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarning tashkil bo‘lishiga olib keladi. Maqsad va vositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin.
1. Bo‘ysunish (maqsad va vositalarni qabul qilish).
2. Innovatsiya (maqsadlarni qabul qilish va vositalarni inkor qilish).
3. Ritualizm ( maqsadlarni inkor etish va vositalarini qabul qilish).
4. Retretizm, chekinish (maqsad va vositalarni inkor qilish).
5. Isyon (maqsad va vositalarni inkor qilib, yangilarini o‘rnatish).
Deviant xulq-atvor nazariyasida ijtimoiy me’yor markaziy o‘rin tutar ekan, avvalo ijtimoiy me’yorning o‘zi nima va uning qanday turlari mavjudligini shuningdek, deviant xulq-atvorning eng ko‘p uchraydigan va yaqqol namoyon bo‘ladigan turlari; jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va fohishabozlikning nima ekanligini aniqlab olishimiz kerak.
Ijtimoiy me’yor - jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, ma’lum shart-sharoitlarda shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorining morslashishi vositalaridan biri va ularning xulq-atvorlarini jamiyat tomonidan nazorat qilish vositasidir.
Ijtimoiy me’yorning bir qancha turlari mavjud;
1. Xuquq. Individga nisbatan ob’ektiv, tashqi uning xulq-atvorini boshqaruvchi qoidalar tizimi. Har qanday jamiyatda xuquq xukmron tabaqa demokratik ko‘pchilik yoki butun xalqning yagona irodasini namoyon etuvchi va shu sababli hech qanaqa o‘xshatmasi yoki muqobili bo‘lmagan yagona me’yorlar majmuidir.
2. Axloq. Etika mutaxassislarining fikricha, umumiy va xususiy manfaatlarning moddiy determinatsiyalashgan qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi.Insonning o‘zini takomillashtirish va o‘z imkoniyatlarini rivojlantirish qobiliyatlarini anglatadi. Xuquqdan farq qilib, axloq birinchidan, baholash vazifasini bajaradi (yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz), ikkinchidan, uning me’yorlari birinchi navbatda nomus, burch, vijdon, adolat va shu kabi tushunchalarni mujassamlashtirgan ichki ruhiy kechinmalar orqali faoliyat yurgizadi.
3. Urf-odatlar. Ushbu me’yoriy tizim xulq-atvorning erkin moslashuvchi, shu sababli odatga aylangan tarixiy shakllangan namunalari, asosan kishilarning birga yashash qonuniyatlarini ifodalaydi. Axloqiy me’yorlardan farq qilib, urf-odatlar aniq va bir xil,ba’zan to‘la shakllangan ko‘rinishga ega bo‘ladilar.
4. Diniy me’yorlar. Ushbu tizim juda qadimiy bo‘lib, diniy ta’limot tavsifiga ko‘ra diniy me’yorlar ham turlicha bo‘ladi. SHuningdek, mazmuniga ko‘ra diniy me’yorlar turli, xuquqiy, axloqiy, urf-odat, estetik va tashkiliy me’yorlarni o‘z ichiga oladi va shu sababli ko‘pincha yuqoridagi me’yoriy tizimlarning har birining boshqaruv xxususiyatlarini qamrab olishi mumkin. Diniy me’yorlar ichki ta’qiqlar bilan birga tashqi ta’qiqlar orqali ham ta’sir qiladi. Tarixiy tajribada, hamda hozirgi jarayonlar, ayniqsa islom davlatlarida aksariyat diniy me’yorlar dindorlar uchun kuchli ta’sir vositalari hisoblanib, ularni turli jinoyatlar , fohishabozlik va ichkilikbozlik kabi illatlardan saqlab turuvchi vosita ekanligini ko‘rsatmoqda.
Deviant xulq-atvorni fanda turlarga ajratib o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda ushbu jarayonlarni turlicha tasniflash mavjud bo‘lib, shulardan biri ularning ham ob’ektiv ham sub’ektiv tomonlari bilan bo`liq bo‘lgan tasniflashdir. Bunga ko‘ra deviant xulq-atvor turlari 2 guruhga bo‘linadi;
a) tashqi muhitga yo‘naltirilgan xulq-atvor (ekstravertiv (masalan, jinoyatchilik));
b) shaxsning o‘ziga yo‘naltirilgan xulq-atvor (intravertiv ( masalan, ichkilikbozlik)).

Download 50,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish