2.Demografik siyosat to`g`risida.
Demografik siyosat ijtimoiy –iqtisodiy siyosatning ajralmas qismi bo`lmog`i lozim. Shundagina aholini ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlarini aks ettirgan holda rivojlanib boradi.
O`zbekistonda demografik siyosatning barcha usullaridan foydalaniladi. Ayniqsa ijtimoiya-psihologik usullaridan keng foydalanilmoqda. Respublikamizda yuritilayotgan demografik siyosat natijasida aholi o`sishi so`nggi 20 yil ichida 3% dan 1,5% cha pasaydi. Bunda aholi o`rtasida tushintirish, targ`ibot ishlari olib borilmoqda. Demografik siyosat yuritishda ommaviy axborto vositalaridan keng foydalaniladi. Bunda respublikamiz aholisiga farzand ko`rishni rag`batlantirish xamda muhofaza qilish bilan birga “Normal oila”, “so`glom farzand” tushunchalari tushuntirib boriladi. O`zbekiston Respublikasi “oila kodeksi” da belgilangan qonunlar asosida oilalar barpo qilinmoqda va davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy muxofazasi ta`minlanmoqda.
Demografik bashorat deganda malum hudud aholisining soni, tarkibi va demografik vaziyati istiqbolining asoslangan xolda oldindan aniqlash tushiniladi. Xar qanday ijtimiiy – iqtisodiy bashoratlar, demografik bashorat zaminida tuziladi. Kelajakda ishlab chiqarish lozim bo`lgan maxsulotlar miqdorini rejalashtirish uchun avvalo kelajakdagi aholi soni, yosh-jinsiy, tarkibi, olialar sonini bilish lozimdir. Ayniqsa, aholining yosh tarkibi bo`yicha bashorati muxim axamiyatga egadir. Kelajakda maktabgacha bo`lgan bolalar muassalari, maktablar, oily va maxsus o`quv yurtlarini qurilishini rejalshtirish uchun kelajakda qancha bola maktabgacha muassasalariga qatnashi mumkin, qancha bola maktab yoshiga yetishi, qancha bola maktabni tugatib oily va maxsus o`quv yurtlariga borishi xaqidagi malumotlar zarurdir.
Aholining yosh – jinsiy tarkibi xaqidagi bashorat tibbiy xizmat tarkibi xaqidagi bashorat tibbiy xizmat ko`rsatish tizimining rivojlanishi uchun xam muxim axamiyat kasb etadi. Aholi yosh-jinsiy tarkibi bo`yicha tuzilgan bashorat asosida keljakda qancha bolalar va ayollar shifokorlari aholining, keksa guruhiga xizmat qiluvchi kardiologlar, onkologlar, nevrotologlar kabi mutaxassislar tayyorlash rejalshtiriladi. Kelajakda, yangi ish orinlarini tayyorlash xalq xo`jaligi soxalarini rovojlantirish istiqbollarini aniqlashda esa mexnat yoshidagi aholi xaqidagi bashorat ilmiy asos bo`lib xizmat qiladi. Umuman, iqtisodiyot va aholini ijtimoiy xayotining barcha qirralari istiqbolini rejalshtirishda shu sotsial jarayonlarning qatnashchilari, iste`molchialr va yaratuvhcilari bo`lishi aholi guruhlari xaqidagi demografik bashorat zarurdir. Aks xolda kelajak uchun rejalshtirilgan xar qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon ijobiy natija bermaydi. Demografik, bashorat demografiya fani va demografik tadqiqotlarninf asosiy vazifalaridan biri xosoblanadi. Demografik bashorat tarixi 5. Demografik bashorat-bashorat etilayotgan davrga qarab qisqa muddatli, O`rta muddatli va uzoq muddatli bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |