Mavzu: Delfin usulida suzish texnikasini takomillashtirish Delfin usulida suzishni o'rganish



Download 252,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana09.01.2023
Hajmi252,87 Kb.
#898523
1   2   3
Bog'liq
10 amaliy

Oyoqlar harkati. 
Oyoqlar uzatib yuborilgan bir-biriga birlashtirilgan, oyoqlar uchi 
ham cho'zilgan bo'ladi. Harakat boshlanishi bilan ikkala oyoq tizzadan va chanoq 
son bo'g'imlaridan bukiladi. Shu paytning o'zida oyoqlar tizzadan ikki yon tomonga 
elka kengiligida keriladi va sal pastga tushiriladi. Oyoqlar bir yo'la tez harakat qilib 
suvga yuqoridan pastga bosadi. Bu harakat shartli ravishda tepish degan nom olgan, 
biroq buni aniqroq qilib tez bosish desa bo'ladi. Tepish so'zi ko'proq 
qo'llanayotganini ko'zda tutib, oyoqlarning tez suvga botirilishi tepish ma'nosini 
bermasa ham keyinchalik o'sha so'z ishlatiladi. Bu harakat boshlanganda bel va 
dumba bir oz pastga tushiriladi. Oyoqlar yana dastlabki holatga keltiriladi, oyoqlarni 
suvga botirish davom etadi. Delfin usulida suzganda bosh bilan elkani suvga chuqur 
botirmaslik, gavdani to'lqinsimon 
harakatlantiravermaslik kerak
, chunki bu harakat 
suzuvchining yo'lini uzaytirish bilan birga qo'shimcha qarshilik tug'diradi, suzish 
suratini pasaytiradi, nihoyat suzuvchining oldinga suzish tezligini kamaytiradi. 
Maxsus tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, suzuvchining gavdasining yuqori qismi 
birmuncha tebranib turadi. To'lqinsimon harakat esa, ko'pincha gavdaning pastki 
qismi va oyoqlar bilan bajariladi. Delfin usulida suzishning -qo'l va oyoq harakatlari 
hamda nafas olishni bir-biriga moslab olib borishning uch turi bor. Bular bir tepish, 
ikki tepish va uch tepishdan iborat delfindir. Bular orasida ikki tepishdan iborat 
delfin usulida eng ko'p tarqalgan. Bu usulda suzganda qo'l bilan bir marta nafas 
olinadi va nafas chiqariladi. Bu turda dastlab gorizontal holatda, bosh suvga 
botiriladi, nafas chiqariladi, dumba pastga tushiriladi. Shu payt tizzalar bukiladi. 
Birinchi tepishga tayyorlaniladi, qo'llar esha boshlaydi. Qo'llar eshishning yarmiga 
etganda ikkala qo'l bilan birinchi marta tepiladi. Oyoqlar suvga tezgina botiriladi. 
Qo'llar eshishning yakunlovi, oxirgi qismiga o'tganda tepish tugaydi. Eshishning 
ikkinchi yarmida bosh ko'tariladi va og'iz 
suvdan chiqadi
, nafas olinadi. Eshib 
bo'lgandan song qo'llar quloch ochib oldinga tashlanadi, oyoqlar suv ustiga yaqin 
ko'tariladi, nafas olish tamom bo'ladi, harakatning kelgusi bosqichida yuz suvga 
botiriladi, 
qo'llar 
suv 
ustiga 
tashlanadi, 
oyoqlar 
ikkinchi 
tepishga 
tayyorlanib, egiladi. Nafas chiqarish boshlanadi. Delfin usulida suzganda 
harakatning ikki-uch sikli davomida nafas olmay turish qanchalik maqsadga 
muvofiq ekanligini sekundomer bilan aniqlash mumkin. Agar suzuvchi ikki-uch sikl 
nafas olmay turib suzish texnikasini o'zlashtirib olsa va o'z natijalarini 
yaxshilayotgan bo'lsa, bunday texnikadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ba'zan 
shunday bo'ladiki, qisqa masofaga nafas olishni to'xtatib suzish qulayroq, uzoqroq 
masofaga esa qulay emas: yoki nafas olishni ikki siklga to'xtatish maqsadga 
muvofiq, ammo, uch siklga to'xtatish mutlaqo foydasiz bo'ladi. Yoxud belgilangan 
masofani suzib o'tganda harakatlarning har ikki -uch siklida bir marta nafas olish 
qattiq charchatib qo'yadi, masofaning bir qismida esa, yaxshi natija beradi. Hamma 
variantlarni, tashqi ta'surot yoki kayfiyatga qaramay sekundomer ishlatib tekshirib 


qo'yish kerak. Delfin usuli yaqindagina paydo bo'lgan, shu tufayli ham uning 
texnikasi tola takomillashganicha
yo'q.

Download 252,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish