Donli ekinlar - . Ayni vaqtda donli ekinlar ekishni rivojlantirishga ham katta e'tibor berilmoqda. Mustaqillikka qadar jami ekin maydonining 20 foiziga yaqin qismida donli ekinlar ekilgan bo'lsa, endilikda donli ekinlar maydonlari hissasi 47 foizdan oshdi, natijada mamlakatimiz don mustaqilligini ham qo'lga kiritdi. Donning asosiy qismini bug'doy, arpa, sholi, makkajo'xori va oq jo'xori tashkil qiladi. Bug'doy va arpa ko'proq bahorikor yerlarga ekiladi. Qishning yumshoq va nam kelishi hamda bahorgi yog'ingarchilik kuzgi g'alla uchun qulay sharoit yaratadi. Bug'doy bilan arpaning kuzgisi lalmi bug'doy va arpaga qaraganda serhosil bo'ladi (50-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |