Paxtachilik - Paxtachilik yuksala borgani sari iqtisodiyotning turli tarmoqlari bilan uning ishlab chiqarish aloqasi kengayib, paxtachilik majmuasi vujudga keldi. Paxta yalpi hosilini ko'paytirish uchun, birinchidan, hosildorlikni oshirish zarur. Hosildorlikni oshirishda paxta navlari hamda almashlab ekishni to'g'ri yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etadi. Olimlar g'o'zaning ertapishar hamda vilt kasaliga chidamli navlarini yaratdi. Natijada vegetatsiya muddati qisqaroq bo'lgan shimoliy mintaqalarda ham paxta yetishtirilmoqda. Mutaxassislar chigitni plyonka ostiga ekish usulini o'ylab topishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |