gidrotexnik meloratsiya (suv resurslarini sugʻorish maqsadlarida kanallar, suv omborlari va boshqalar) gidrotexnik inshootlar tarmoqlari orqali boshqarish; drenaj va shoʻr yuvish yoʻli bilan grunt suvlari sathini tartibga solish va tuproqdan oʻsimliklar uchun zararli tuzdarni chiqarib tashlash; terassalar, sel toʻsgich inshootlar, suv tutgich tuproq koʻtarmalar, suv yigʻgich kanallar va boshqa yordamida yer usti oqar suvlar bilan tuproq yuvilishi va oqib ketishini bartaraf etish); agrotexnik meloratsiya (irrigatsiya eroziyasiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida yerni haydash va sugʻorishda yoʻnalishlarni oʻzgartirib turish; shoʻrlangan yerlarni oʻzlashtirishda koʻp yillik oʻsimliklardan koʻproq foydalangan holda almashlab ekishni qoʻllash; qumli tuproklarga sideratlar ekish; qumli tuproqlarni gillash va boshqalar); oʻrmon xoʻjaligi meloratsiyasi (ihota oʻrmonzorlari tashkil qilish va eroziyaga qarshi maxsus daraxtzorlar barpo etish singari tadbirlar bilan shamol va suv taʼsirida yuz beradigan tuproq eroziyasini bartaraf etish. M. tarixi. Oʻrta Osiyo hududida M. qadimiy davrlardan qoʻllanila boshlangan. Markaziy Osiyoda, xususan, Oʻzbekiston hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan sugʻorish tarmoqlari qoldiklari qadimiy Sugʻdiyona, Shim. Baqtriya, Xorazm, Fargʻona, Margʻiyona kabi davlatlarda dehqonchilik madaniyati yuqori boʻlganligini koʻrsatadi. Miloddan avvalgi 6—5ming yilliklarda togʻ oldi hududlarda liman va qayir usulida dehqonchilik qilingan. Sugʻorib dehqonchilik qilish miloddan avvalgi 2-ming yillikda Surxondaryoda, Zaraf-shon, Fargʻona vodiylarida, Amudaryo deltasida yuzaga kelgan. Sirdaryo va Amudaryo etaklarida sugʻorish asosida yerlarni oʻzlashtirish ishlari miloddan avvalgi 8—7-asrlarda olib borilgan. 20-asrning 20-yillaridan Oʻrta Osiyoda M. tadbirlari keng miqyosda amalga oshirila boshlandi, ayniqsa, eski sugʻorish tarmoqdarini tiklash va yangilarini qurishga katta eʼtibor berildi. Grunt suvlari sathini tartibga solish, yerlarni shoʻrsizlantirish boʻyicha ham katta ishlar amalga oshirildi. Bu ishlarda drenajning eng samarali turlari — yopiq gorizontal va vertikal drenajlar qoʻllanildi. Meloratsiya miqyosi, ayniqsa, Oʻzbekistonda katga boʻldi: Mirzachoʻlni oʻzlashtirish misolida yalpi meliorativ qurilishning prinsipial yangi texnologiyasi barpo qilindi, texnik jihatdan mukammal meliorativ tadbirlar ishlab chiqildi. Suv resurslarini sersuv manbalardan kam suv havzalarga oʻtkazish katta miqyosda amalga oshirildi, mashinalashgan sugʻorish tobora rivojlandi. Umuman, Oʻzbekiston qudratli suv xoʻjaligi majmuiga ega: sugʻoriladigan dehqonchilik koʻlami 4,3 mln. ga; umumiy suv sarfi 2500 m³/sek boʻlgan 75 ta yirik kanal, 32,4 ming km uzunlikda xoʻjaliklararo va 176,4 ming km xoʻjalik sugʻorish tarmoqlari, 31 ming km xoʻjaliklararo va 106,3 ming km xoʻjalik kollektor-drenaj tarmoqlari mavjud. Xoʻjaliklarda 12,8 mingtaga yaqin nasos st-yalari yordamida 1050 ming ga atrofida ekinzorlar sugʻorilmoqda. 4800 dan ortiq vertikal drenajlar, 24,6 mingdan ortiq kuzatuv va 2000 ga yaqin sugʻorish quduqlaridan foydalanilmoqda. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |