Mavzu. Davlat xaridlarining mohiyati va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati



Download 320,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana31.05.2022
Hajmi320,79 Kb.
#622642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-ma`ruza (1)

Xarid komissiyasi - 
xarid komissiyasi xarid qilish tartib-taomillari g‘olibini 
tanlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan kollegial organdir. 
Xarid komissiyasi ishining asosiy maqsadi ishtirokchilarning takliflarini 
buyurtmaga muvofiqlik darajasi bo‘yicha xolis baholashdan va tartibga solishdan 
hamda davlat xaridlari raqobatlashuv usullari orqali amalga oshirilganda g‘olibni 
(g‘oliblarni) tanlashdan iborat. 
Xarid komissiyasi davlat buyurtmachisi huzurida doimiy faoliyat 
ko‘rsatadigan, davlat buyurtmachisining tegishli qarorlari bilan shakllantiriladigan 
va tarqatib yuboriladigan organdir. 
Xarid komissiyasi toq sonli a’zolardan iborat bo‘ladi, uning a’zolari tarkibi va 
soni xarid qilish tartib-taomilining turiga bog‘liq bo‘ladi hamda olinayotgan 
tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlari inobatga olingan holda o‘zgartirilishi 
mumkin. 
Xarid komissiyasi a’zolari xolis bo‘lishi va xarid qilish tartib-taomili g‘olibini 
tanlashdan shaxsan manfaatdor bo‘lmasligi kerak. 
Xarid komissiyasining ishiga rais rahbarlik qiladi, u xarid komissiyasi 
majlislarini chaqiradi va olib boradi, ovozga qo‘yishni va xarid komissiyasi 
tomonidan qabul qilingan qarorlarni e’lon qiladi, shuningdek xarid komissiyasi 
majlislarining bayonnomalarini imzolaydi. Xarid komissiyasi raisi yo‘qligida uning 
vazifalarini o‘rinbosari bajaradi. 
Xarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning mas’ul kotibi tashkil etadi. 
Xarid komissiyasining har bir a’zosi ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi 
ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid 
komissiyasining raisi ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega 
emas. 
Xarid komissiyasining majlislari yuzma-yuz yoki sirtdan (so‘rov orqali, 
barchaning ishtirokisiz) o‘tkazilishi mumkin. Yuzma-yuz majlislar konferentsiyalar 
(videokonferentsiyalar va hokazo) shaklida o‘tkazilishi mumkin. 
Majlis o‘tkazilgan sanada bir davlat xaridi bo‘yicha qiymati bazaviy hisoblash 
miqdorining besh ming baravaridan kam miqdordagi tovarlarning (ishlarning, 


26 
xizmatlarning) davlat xaridi bo‘yicha xarid komissiyasining qarorlari xarid 
komissiyasining sirtdan o‘tkaziladigan majlisida, qiymati bazaviy hisoblash 
miqdorining besh ming baravaridan ortiq miqdordagi davlat xaridi bo‘yicha xarid 
komissiyasining qarorlari esa xarid komissiyasining faqat yuzma-yuz majlisida 
qabul qilinishi mumkin. 
Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan ortiq 
miqdordagi davlat xaridlari o‘tkazilganda xarid komissiyasi tarkibiga davlat 
buyurtmachisining vakillaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar 
bo‘yicha davlat qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi «O‘zinjiniring» respublika loyihalashtirish institutining vakillari 
kiritiladi. 
Vakolatli organ xarid komissiyasining majlisiga o‘z vakilini kuzatuvchi 
sifatida ishtirok etish uchun yuborishga haqlidir. 
Xarid komissiyasining yuzma-yuz majlisi o‘tkazilishi uchun xarid 
komissiyasi a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi ishtirok etishi zarur. 
Qaror xarid komissiyasi a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan 
qabul qilinadi. 
Xarid komissiyalari a’zolarida ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga 
ega aloqalar mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid komissiyasining bunday a’zosi bu 
masala ko‘tarilgan majlisda o‘zini o‘zi rad etishi va mazkur masala bo‘yicha ovoz 
berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi. 
Agar xarid komissiyasiga mazkur komissiya a’zosining affillanganligi 
mavjudligi tegishli masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar ma’lum bo‘lib 
qolgan bo‘lsa, uning o‘zi esa o‘zini o‘zi rad etmagan bo‘lsa, bunday a’zoning 
mazkur masala bo‘yicha ovoz berishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Agar xarid komissiyasiga tegishli masala bo‘yicha ovoz bergan mazkur 
komissiya a’zosining affillanganligi mavjudligi qaror qabul qilinganidan keyin 
ma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa, bunday a’zoning ovozi mazkur masala bo‘yicha ovoz 
berish natijalaridan chiqarib tashlanadi. 
Xarid komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi: 



tanlov (tender) hujjatlarini kelishadi; 

takliflar qabul qilinadigan muddatlarni belgilaydi; 

takliflarni ochish tartib-taomillarini belgilaydi; 

takliflarni baholash mezonlarini belgilaydi; 

taklif kiritish tartibini, hajmini va uni ta’minlash shaklini belgilaydi; 

xarid qilish tartib-taomili ishtirokchilarining takliflarini ochishni amalga 
oshiradi; 

malaka tanlovini o‘tkazadi, agar tanlov (tender) hujjatlari shartlarida bu 
nazarda tutilgan bo‘lsa; 

xarid qilish tartib-taomillarini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi; 

xarid qilish tartib-taomillarining raqobatlashuv turlari ijrochisini va zaxira 
ijrochisini belgilaydi yoki savdoni amalga oshmagan deb topadi. 
Xarid komissiyasi ijrochini aniqlash tartib-taomillari davlat xaridlari 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi, o‘zi qabul qilayotgan 
qarorlarning asosliligi va beg‘arazligi uchun javobgar bo‘ladi. 
Xarid komissiyasi davlat xaridlarining boshqa sub’ektlari tomonidan amalga 
oshiriladigan harakatlar uchun javobgar bo‘lmaydi. 
Xarid komissiyasi tomonidan o‘z vakolati doirasida qabul qilinadigan qarorlar 
barcha ishtirokchilar uchun majburiydir. 
Xarid qilish tartib-taomillari: 

xo‘jalik faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi davlat 
buyurtmachisining vakillari orasidan, zarur bo‘lgan taqdirda ovoz berish huquqiga 
ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi; 

loyiha faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi vazifalarini 
belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u 
xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. 

Download 320,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish