komissiyalarni bekor qilish yoki bir-biriga qo‘shish orqali davlat boshqaruvi va xizmatini
tubdan isloh etish nazarda tutiladi.
Yana bir muxim vazifa bu davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini
ta’minlashning usul va shakllarini ilmiy taxlil etish, amaliyotga taklif va tavsiyalar berishdan
iborat.
Ikkinchidan,
davlat
boshqaruvi
tizimida
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, «elektron xukumat»ni shakllantirish, umuman, «Axborot
jamiyati»ni qaror toptirish muammolarini tadqiq etish, Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish
yagona tizimi xarakatlanishining xuquqiy va metodologik bazasini yaratish ustida chuqur ilmiy
izlanishlar olib borish lozim.
Albatta, bu borada axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot almashinuvi munosabatlarining
xuquqiy rejimini kafolatlash aloxida e’tiborni talab etadi.
O‘zbekistonda axborot erkinligini ta’minlash borasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni
aloxida ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) axborot tarmoqlarini
rivojlantirishda global hamkorlik; 2) elektron kutubxonalarni shakllantirish; 3) elektron
muzeylar va galereyalarni yaratish; 4) atrof-muxit va tabiiy resurslar elektron bazasini yaratish;
5) favqulodda xolatlarni elektron boshqarish; 6) sog‘liqini saqlashda informatsion
texnologiyalarni qo‘llash; 7) elektron xukumatni shakllantirish; 8) kichik va o‘rta biznes uchun
virtual bozorni yaratish.
Uchinchidan,
davlat qurilishini
erkinlashtirishda davlat boshqaruvi
organlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar xususiy
faoliyatiga aralashuvini cheklash, uning me’yor va mezonlarini aniqlash ham jiddiy tahlil talab
mavzudir.
To‘rtinchidan,
Mamlakalakatimiz
miqyosida «boshqaruv madaniyati»,
«ma’muriy madaniyat»ni shakllantirishga ham ustuvor ahamiyat berish kerak.
Beshinchidan,
davlat boshqaruvi
organlari bilan fuqarolik jamiyati
institutlarining hamkorligining usul va shakllarini takomillashtirish muximdir.
Oltinchidan, davlat boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolarning va yuridik shaxslarning
murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish lozim.
Yettinchidan, davlat boshqaruvi organlari ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashning
tashkiliy-xuquqiy masalalarini o‘rganish zarur.
Sakkizinchidan, maxalliy davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga aholini keng
jalb etishda umumiy muxokamalar va mahalliy referendum institutini ilmiy taxlil etish ham
dolzarb masala xisoblanadi.
Xarakatlar strategiyasi «Xalq bilan muloqot va inson maifaatlari yili»da qabul qilingani
bejiz emas. Chunki, unda xalqimizning yorug‘ kelajagi hamda istiqbolini belgilab bergan
ustuvor yo‘nalishlar qamrab olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: