Mavzu: Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyalashga xarajatlari. Reja: kirish


Byudjetining aholini ijtimoiy himoyalashga xarajatlari



Download 62,21 Kb.
bet3/4
Sana05.12.2022
Hajmi62,21 Kb.
#879138
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyalashga xarajatlari

3.Byudjetining aholini ijtimoiy himoyalashga xarajatlari.
2021 yil uchun soliq va bojxona siyosatini takomillashtirish doirasida loyihada qator o’zgarishlar ko’zda tutilmoqda.
- Qo’shilgan qiymat solig’i:
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha amaldagi soliq stavkasi 15 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda.
Qo’shilgan qiymat solig’ining to’laqonli zanjirini yaratish va uning hisoblab chiqarilishi va to’lanishidan bo’yin tovlash holatlarini oldini olish maqsadida, quyidagilar hisobiga tushum hajmidan qat’iy nazar qo’shilgan qiymat solig’i to’laydigan korxonalar toifasi kengaytirilmoqda:
a) alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo’yicha turg’un savdo shoxobchalari;
b) bozorlar va savdo komplekslari;
v) sug’oriladigan yer maydoni 30 gektardan ortiq bo’lgan fermer xo’jaliklari.
Soliq kodeksi bilan berilgan jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xizmatlari (byudjetdan moliyalashtiriladiganlar bundan mustasno), shuningdek sport inshootlari ommaviy-madaniy tadbirlar tashkil qilishdan daromadlar qismida qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyoz bekor qilinmoqda.
- Taklif va mulohazalar:
O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi O’RQ-599-son Qonunining 4-moddasida 2020 yilning 1 yanvarigacha qabul qilingan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qilishi qayd etilgan.
Tahlillarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan soliqlar bo’yicha ayrim imtiyozlardan foydalanishni oxirgi muddatlari aniq belgilab berilmaganligi sababli, amaliyotda ulardan foydalanishda noaniqliklar yuzaga kelib chiqmoqda.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 sentyabrdagi “2005 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishni uyushqoqlik bilan o’tkazish chora-tadbirlari, don yetishtirish va davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish hajmlari to’g’risida”gi 440-son qarorining 8-bandida 2004 yildan boshlab ham respublika tashqarisidan olib kelingan, ham respublikada yetishtirilgan boshoqli ekinlar urug’lari don xom ashyosi qiymati chegirib tashlangan holda qayta ishlovchi korxonalarning xarajatlari uchun qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga oluvchi narxlar bo’yicha sotilishi belgilangan (ushbu imtiyozdan foydalanishni oxirgi muddati belgilanmagan).
Biroq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5755-son Farmonining 3-bandiga asosan 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab o’zi ishlab chiqargan qishloq xo’jaligi mahsulotlariga nisbatan belgilangan qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar bekor qilingan.
Shunga qaramasdan, “O’zdonmahsulot” AJ tarkibidagi tashkilotlar tomonidan qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlardan foydalanilmoqda va bu holat tovarlar qiymatining oshishiga ta’sir ko’rsatmoqda.
Ma’lumot uchun: qarorga asosan 2020 yilning yanvar’-avgust oylarida qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha 10 ta holatda 5,3 mlrd so’m imtiyozdan foydalanilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to’g’risida”gi PQ-1672-son qarorning 2-bandida 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab ommaviy axborot vositalari va kitob mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari qo’shilgan qiymat solig’iga tortilmasligi qayd etilgan (ushbu imtiyozdan foydalanishni oxirgi muddati belgilanmagan).
Ma’lumot uchun: qarorga asosan 2020 yilning yanvar’-avgust oylarida qo’shilgan qiymat solig’idan 44 ta holatda 0,6 mlrd so’m imtiyozdan foydalanilgan.
Shuningdek, joriy yilning yanvar’-avgust oylarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 iyuldagi PF-2343-sonli Farmoniga asosan tijorat faoliyatidan 18 holatda 309,1 mln so’m, 2018 yil 24 noyabrdagi PQ-4028-son qaroriga asosan 5 holatda 71,9 mln so’m, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 yanvardagi 41-sonli qaroriga asosan 7 holatda 9 945,9 mln so’mlik soliq imtiyozlaridan foydalanilgan (ushbu imtiyozdan foydalanishni oxirgi muddati belgilanmagan).
Yuqoridagilarni inobatga olib, Moliya vazirligi Davlat soliq qo’mitasi hamda Davlat bojxonasi qo’mitasi bilan birgalikda amaldagi soliq imtiyozlarini to’liq inventarizatsiya qilgan holda qayta ko’rib chiqish va ularni bekor qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish tavsiya etiladi.
Aksiz solig’i
Ishlab chiqariladigan va import qilinadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning alohida turlari bo’yicha aksiz solig’i stavkalari tenglashtirilmoqda.
Mobil aloqa xizmatlariga aksiz solig’i stavkasini 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirish, sement (klinker) ishlab chiqarishga (ko’mirda ishlab chiqarish hajmidan tashqari) 10 foiz soliq stavkasi miqdorida aksiz solig’i joriy etish va bir vaqtning o’zida yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini 10 foizgacha pasaytirish taklif etilmoqda.
Qat’iy summada belgilangan alkogol’ va tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig’i summalarini 2 bosqichda (1-bosqich 2021 yil 1 fevraldan, 2-bosqich 1 oktyabrdan), neft’ mahsulotlari bo’yicha esa 2021 yil 1 fevraldan indeksatsiya qilish nazarda tutilmoqda.
Foyda solig’i
Foyda solig’i stavkasini 15 foiz miqdorida va dividendlar ko’rinishidagi daromadlar bo’yicha soliq stavkasi 5 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda.
Foizli daromadlarni oluvchida (norezidentlar bundan mustasno) ularning soliq mavqeidan qat’iy nazar, soliqqa tortilishini nazarda tutuvchi soliqqa tortishning yagona tartibi belgilanishi taklif etilmoqda.
Foyda solig’ini hisoblashga ta’sir qiladigan xarajatlarni tartibga solish taklif etilmoqda, jumladan:
soliq to’lovchilari tomonidan tekinga olingan, soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha maqsadli imtiyozlar hisobiga xarid qilingan (barpo etilgan) asosiy vositalar va boshqa mol-mulk uchun amortizatsiya hisoblanmasligi o’rnatilmoqda;
foyda solig’ini hisoblashda amortizatsiya ajratmalarini qayta baholashni (qiymatni pasaytirishni) hisobga olmagan holda boshlang’ich qiymatdan hisoblab chiqarish tartibi joriy etilmoqda;
2021 yil 1 yanvardan boshlab asosiy vositalarni 1 yanvar’ holatiga qayta baholashning majburiy tartibi bekor qilinmoqda.
Shu bilan birga, asosiy vositalar va boshqa mol-mulk uchun amortizatsiyalanadigan qiymat sifatida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
a) 2021 yil 1 yanvargacha xarid qilingan bo’lsa - 2020 yil 1 yanvargacha o’tkazilgan qayta baholashni hisobga olgan boshlang’ich (tiklanish) qiymati;
b) 2021 yil 1 yanvardan keyin xarid qilingan bo’lsa - buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadigan boshlang’ich qiymat.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkasi 12 foiz miqdorida va fuqarolarning SHJBPHga yo’naltiriladigan ajratmalar miqdori 0,1 foiz miqdorida (12 foizli daromad solig’i tarkibiga kiritilgan) hamda o’zini-o’zi band qilgan shaxslar daromad solig’ini to’lashdan ozod qilinishi saqlab qolinmoqda.
Hayotni uzoq muddatli sug’urtalash bo’yicha imtiyoz bekor qilinishi taklif etilmoqda.
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha belgilangan soliq stavkalari saqlab qolinmoqda.
Qurilish materiallariga kiruvchi foydali qazilmalarni alohida turlari bo’yicha soliq stavkalari unifikatsiya qilinishi hisobiga qum-shag’al aralashmasi, qurilish qumlari, qurilish mayda toshlar, qumtoshlar – 5 foiz, biroq 7 500 so’m/kub.m.dan kam bo’lmagan miqdorda belgilash taklif etilmoqda.
Sement ishlab chiqarish uchun sement xom ashyosi va ohaktosh bo’yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun yagona soliq stavkasi 10 foiz miqdorda belgilanmoqda hamda bir vaqtning o’zida sement ishlab chiqarish uchun ko’mirdan foydalanuvchi zavodlar uchun belgilangan kamaytiruvchi stavkalar bekor qilinmoqda.
“Xavfsiz daryo” DUK bilan tuzilgan shartnomalarga asosan daryo o’zanlarini tozalash natijasida olingan qum-shag’al materiallarining (ishlov berilmagan) har bir 1 kub.m uchun shartnoma tuzilgan kunda amalda bo’lgan bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foiziga tushirilmoqda.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini 1,15 foizga indeksatsiya qilish va iqtisodiyotning tarmoq korxonalari uchun alohida 30 foiz miqdorida soliq stavkasini belgilash taklif etilmoqda.
Qishloq xo’jalik yerlarini sug’orish qismi va baliqlarni o’stirish (etishtirish), shu jumladan dehqon xo’jaliklari bo’yicha 1 kub.m uchun 40 so’m miqdorda yagona soliq stavkasi belgilanmoqda.
Suvdan foydalanuvchilarga suvni yetkazib berish xarajatlarini qoplash uchun qishloq xo’jaligi yerlarini sug’orish uchun foydalanilgan suv hajmi qismi bo’yicha soliq stavkasiga 1,05 koeffitsiyent qo’llanilishi joriy etilmoqda.
Avtotransport vositalarini yuvishda ishlatiladigan yer usti suv hajmi uchun belgilangan soliq stavkalarini yer osti suv manbalari uchun belgilangan soliq stavkalari bilan tenglashtirilmoqda.
Ishlab chiqarish korxonalarida maxsus uskunalarni (turbina) sovutish uchun ishlatilgan suv hajmi bo’yicha soliq tabiiy suv ob’yektlaridan olingan va tabiiy suv ob’yektlariga qaytarib quyilgan suv hajmlari o’rtasidagi farqdan kelib chiqqan holda hisoblanishi belgilanmoqda (ushbu norma suv hisobi mavjud bo’lganda qo’llaniladi).
Taklif va mulohazalar:
Suv xo’jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, 2020 yilda qishloq xo’jaligiga sarflanadigan suv hajmi 30,7 mlrd kub.metrni tashkil qilib, kelgusi yilda ham suv iste’moli shu darajada saqlanib qolishi kutilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog’ini qo’llab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4816-sonli qarori bilan baliqchilik xo’jaliklari va qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan foydalanilgan suvning haqiqatda iste’mol qilingan hajmini aniqlash imkoni bo’lmaganda, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bazasi belgilangan suvni iste’mol qilish normativlarining 50 foizi miqdorida belgilangan.
Shundan kelib chiqib, qishloq xo’jaligiga sarflanadigan suv hajmini 50 foizi hisobga olinsa, amaldagi stavka bo’yicha 1 076,7 mlrd so’m soliq hisoblanishi lozim bo’ladi.
Kelgusi yilda ham suv iste’moli joriy yil darajasida saqlanib qolishi kutilmoqda hamda 2021 yildan boshlab qishloq xo’jalik yerlarini sug’orish qismi va baliqlarni o’stirish (etishtirish), shu jumladan dehqon xo’jaliklari bo’yicha 1 kub.m uchun yagona soliq stavkasi sifatida belgilanayotgan 40 so’mdan hisob-kitob qilinsa, 615,3 mlrd so’m prognoz o’rnatilishi lozim bo’ladi (2021 yil uchun mo’ljallangan byudjet daromadlari tarkibida mazkur soliq bo’yicha 387,0 mlrd so’m prognoz belgilangan).
Tahlillarimizga ko’ra, qishloq xo’jaligi korxonalari uchun belgilangan va taklif etilayotgan soliq stavkasi juda yuqori bo’lib, ushbu soliq stavkasini kamaytirish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 16 sentyabr’ kuni o’tkazilgan yig’ilishning 84-sonli bayonni 12-bandida 2021 yil davlat byudjet parametrlarini belgilashda suvdan foydalanganlik uchun soliq stavkasini 2021 yilda 50 foizga pasaytirilgan holda belgilashni nazarda tutish qayd etilgan.
Mol-mulk solig’i
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda.
Pasaytirilgan soliq stavkasini 0,2 foizli darajaga oshirish va uni quyidagilar uchun 0,4 foiz miqdorda belgilash taklif etilmoqda:
umumiy foydalanishdagi temir yo’llar, magistral’ quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur ob’yektlarning ajralmas texnologik qismi bo’lgan inshootlar;
konservatsiya qilinishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko’chmas mulk va tugallanmagan qurilish ob’yektlari.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari 1,15 baravarga indeksatsiya qilinmoqda.
Taklif va mulohazalar:
Amaldagi tartibga asosan, mol-mulk solig’i bo’yicha soliq solish bazasi:
yuridik shaxslar uchun ko’chmas mulkning o’rtacha yillik qoldiq qiymati;
jismoniy shaxslar uchun ko’chmas mulkning kadastr qiymati hisoblanadi.
Soliq solish bazasidagi tafovutlar, yuridik shaxslarning turli sxemalardan foydalanish orqali soliq summasini kamaytirish imkoniyatidan foydalanishga sharoit yaratib bermoqda.
Bu o’z navbatida, soliq solishning adolatlilik tamoyili buzilishiga olib kelmoqda.
Misol uchun, yuridik shaxs tomonidan 2 mlrd so’mlik qurilishlar amalga oshirilishi natijasida o’z ehtiyoji uchun turar joy ob’yekti paydo bo’ldi. Undan hisoblanadigan soliq summasi 40 mln so’mni tashkil qiladi. Agar yuridik shaxs ushbu ko’chmas mulkini jismoniy shaxsga 2 mlrd so’mga sotib yuborsa, soliq solish bazasi yuzaga kelmaydi. Oradan bir oy o’tib jismoniy shaxs mazkur ko’chmas mulkni boshqa jismoniy shaxsga 200 mln so’mga, keyinchalik sotib olgan jismoniy shaxs esa boshqa yuridik shaxsga 100 mln so’mga sotib yuboradi.
Bunda, mol-mulkni sotib olgan yuridik shaxs mol-mulk solig’ini o’rtacha yillik qoldiq qiymatdan (100 mln so’m) 2 mln so’m mol-mulk solig’i to’laydi va qonuniy yo’l bilan 38 mln so’m soliqni to’lamaslik imkoniyatiga ega bo’ladi.
Shu bois, yuridik va jismoniy shaxslarning ko’chmas mulk ob’yektlarini soliqqa tortishda adolatlilik tamoyilini ta’minlash maqsadida, yuridik shaxslarning ko’chmas mulk ob’yektlarini soliqqa tortishda soliq solish bazasi sifatida mulkning o’rtacha yillik qoldiq qiymati, biroq kadastr qiymatidan kam bo’lmagan summadan hisoblash tartibini kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi.
XULOSA
Ijtimoiy soliq stavkasi byudjet tashkilotlari uchun 25 foiz, boshqa soliq to’lovchilar uchun 12 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek ularning yollanma xodimlari uchun oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 75 foizi miqdorida yagona stavkasi belgilash taklif etilmoqda.
Faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning oila a’zolari uchun ijtimoiy soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanmoqda:
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zolari tomonidan – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 75 foizi;
boshqa oila a’zolari tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida.
Ish stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga ijtimoiy soliqning yagona stavkasini quyidagi toifadagi soliq to’lovchilar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2
baravaridan kam bo’lmagan miqdorda belgilanmoqda:
o’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxslar;
“Hunarmand” uyushmasining hunarmandchilik faoliyati sub’yektlari bo’lgan, qishloq joylarda ro’yxatdan o’tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan a’zolari tomonidan o’z faoliyatining dastlabki ikki yilida;
dehqon xo’jaliklari tomorqa yer uchastkasida band bo’lgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud 50 boshdan kam bo’lmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar.
Bunda, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar uchun (bundan yoshga doir pensiya va
nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati sub’yektlari bo’lgan “Hunarmand”
uyushmasining a’zolari mustasno) soliq miqdori uning belgilangan eng kam
miqdoridan 50 foizdan kam bo’lmagan miqdorda saqlab qolish taklif
etilmoqda.

Download 62,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish