Mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha vazifalarni amalga oshirishda davlat xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish. Fuqarolik jamiyati qaror topishining muxim shartlaridan biri davlat bilan jamoatchilik tizimlari hamda xususiy sektorning yaqin hamkorligi, ular o’rtasida ijtimoiy sheriklikni amalda ta‘minlashga erishishdan iborat. Biz mustaqil davlatchilik sari qadam qo’yilgan dastlabki yillardayoq Asosiy qonunimizda nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy printsiplarning mustahkamlab qo’yilgani, iqtisodiy faoliyat erkinligi va xususiy xayot daxlsizligi kafolatlangani barcha aholi qatlamlari manfaatlarini aks ettiradigan tuzilma hamda tashkilotlarning keng tarmoqlari vujudga kelishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun qulay muxit yaratdi. O’tgan chorak asr mobaynida jamoat va nodavlat tashkilotlarining nufuzi ortdi, xuquqiy maqomi mustahkamlandi, jamiyat boshqaruvidagi roli oshib bordi. Bugungi kunda mazkur tuzilmalar davlat bilan fuqarolik jamiyatining o’zaro samarali aloqasini ta‘minlash, odamlarning kayfiyatini aniqlash, ularning jamiyat va davlat xayotida yuz berayotgan o’zgarishlarga munosabatini bilishning muxim vositasi sifatida maydonga chiqmoqda. Demokratik yaigilanishlar jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng muxim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini xal etishga qaratilgan 250 dan ziyod qonunlar, yuzlab farmonlar va xukumat qarorlari qabul kilindi. Ushbu keng ko’lamli xuquqiy baza bu tashkilotlarning davlat organlari bilan teng muloqot olib borishi, xuquqiy munosabatlarda kafolatli ishtirok etishining zamini bo’ldi. Davlat bilan xususiy sektor tuzilmalari hamkorligining markazida inson va fuqaroning iqtisodiy hamda ijtimoiy sohadagi manfaatlarini ta‘minlash masalasi turadi. Masalan, kasaba uyushmalari davlat organlari, ish beruvchilar bilan uch tomonlama ijtimoiy sherikchilik to’g’risidagi shartnomalar asosida mehnat kiluvchi xodimlarning fuqarolarning mehnat jarayonida mexnat xuquqlari, ijtimoiy muxofazasi, ish xaqi, dam olish, ishlovchi ayollarning yosh bolalariga parvarish berishi bilan bog’liq imtiyozlardan foydalanish, pensiyaga rasmiylashtirish borasidagi va boshqa manfaatlarini muxofaza qilishda salmoqli faoliyatni amalga oshirmoqda. Nodavlat va jamoat tashkilotlari fuqarolarning ta‘lim olish, sog’liqni saqlash, tadbirkorlik bilan shug’ullanish, ijtimoiy ta‘minot tizimidan foydalanish, buzilgan xuquqlarini tiklash kabi qator sohalarda xuquq va erkinliklarini ta‘minlashda davlat organlari bilan bo’ladigan munosabatlarda vositachi va ko’makchi vazifasini o’tamoqda. Bu yo’nalishdagi faoliyatning xuquqiy negizlarini yanada mustahkamlash maqsadida 2014 yilda «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi qonun qabul kilindi. Ushbu qonun fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy sohada, shuningdek, gumanitar muammolarini xal etish, aholi turli qatlamlarining xuquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat tuzilmalarining davlat idoralari bilan o’zaro munosabatlarining aniq chegaralarini belgilash bo’yicha xuquqiy mexanizmlarini yaratadi. Qonun amal kila boshlaganidan buyon o’tgan qisqa davrda to’plangan amaliy tajriba guvoxlik berishicha, xali bu sohada tashkiliy-xuquqiy mexanizmlar yanada takomillashtirilishi lozim. Shu bois Xarakatlar strategiyasi doirasidagi «Xalq bilan muloqot va inson maifaatlari yili» Davlat dasturida davlat va xususiy sheriklik (hamkorlik) shakllarini kengaytirishga yo’naltirilgan «Davlat va xususiy sheriklik to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Unda davlat va xususiy sheriklik tushunchasi, tabiati (moxiyati), printsiplari, vazifalari va asosiy yo’nalishlari, shakllari (vositalari), ishtirokchilari doirasi, ularning xuquq va burchlari, bu borada amalga oshiriladigan ustuvor tadbirlar va munosabatlar tartibga solinadi. Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta‟minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning xuquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |