Mavzu: Dasturlash haqida tushuncha. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi. ShKlar uchun dasturlash, mobil dasturlash, web dasturlash. Python, Java, JavaScript, C/C++ kabi yuqori bosqichli dasturlash tillarining imkoniyatlari



Download 257,83 Kb.
bet1/3
Sana06.07.2022
Hajmi257,83 Kb.
#748142
  1   2   3
Bog'liq
1 mavzu Dasturlash haqida tushuncha Dasturlash tillari va ularning

Mavzu: Dasturlash haqida tushuncha. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi. Mobil dasturlash, web dasturlash. Python, C/C++, Java, JavaScript kabi yuqori bosqichli dasturlash tillarining imkoniyatlari

Reja:

  • Dasturlash haqida tushuncha.
  • Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi.
  • Mobil dasturlash, web dasturlash.
  • Python, C/C++, Java, JavaScript kabi yuqori bosqichli dasturlash tillarining imkoniyatlari

Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o‘zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Ushbu mavzuda, qanday dasturlash tillari borligi, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda, dasturlashni o‘rganish yo‘llari haqida fikr yuritamiz. Kompyuter dunyosida ko‘plab dasturlash tillari mavjud bo‘lib, hozirda dasturlash va unga qiziquvchilar soni keskin ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo‘lib, quyi yoki o‘rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu raqamlar va belgilardan iborat tildir.
Hozirgi kunga kelib dasturlash tillari asosan 2 ta katta guruhlarga bo‘lib o’rganiladi: Quyi va Yuqori darajali dasturlash tillari. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo‘lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi darajali dasturlash tillari (masalan: assemblerlar) ko‘pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo‘lishi mumkin. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron hisoblash mashina)lar endi yuzaga kelgan paytda dastur tuzishda, faqat mashina tillarida, ya'ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo‘lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik va 8 lik sanoq sistemalari bo‘lgan. Dastur mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan.
Yuqori darajali dasturlash - mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo‘naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Odatda dasturlash Delphi, Java, C++, Python kabi yuqori darajali dasturlash tillarida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Bular hozirda ko‘p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhlarga mansub. Ular insonga "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar dastur kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. kabi tillar ham kiradi (ko‘pchiligi hozirda deyarli qo‘llanilmaydi). Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda (PHP, ASP.NET, JSP) yuqoridagi kabi dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak.
Hozirda, amaliy dasturlar asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Python kabi tillarda tuziladi. O‘zbekistonda ko‘pchilik Delphi dasturlash tilidan foydalanadi. Buning asosiy sababi: soddaligi, komponentlarning ko‘pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. Delphida birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windowsda dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha keyin biladi (komponentlarning ko‘pligi va API funksiyalari dasturda ko‘rsatilmasligi uchun). Yana bir tomoni shundaki, Delphi (Pascal) operativ xotirani tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda o‘zgaruvchilarni oldindan e'lon qilib qo‘yish evaziga ishlatilmaydigan o‘zgaruvchilar va massivlar ham xotiradan joy olib turaveradi. Hozirda, eng keng tarqalgan dasturlash tili bu (Windows OSida) C++ tilidir. Ko‘pchilik dasturlar hozirda shu tilda tuzilmoqda. Umuman olganda, C ga o‘xshash tillar hozirda dasturlashda yetakchidir. Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi. Shuningdek, turli komputer o‘yinlari tuzishda yoki kichik hajmdagi dasturlar tayyorlashda LUA script yoki JavaScript tillari ham keng qo’llanilmoqda.

Download 257,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish