3.5 dyuymli disketalar hajmi 720, 1.44, 2 va 2.88 Mbayt. Ular ishonchliroq, chunki qattiq plastmass qobiq ichida joylashgan. Hozirgi kunda 3.5 dyuymli disketalar ko‘proq tarqalgan. Disketalarni maxsus himoya tirqishi bor, agar u berkitilsa, disketaga ma’lumot yozish mumkin bo‘lmaydi. 3.5 dyuymli disketalarda bu vazifani disketa pastki chap qismida joylashgan maxsus tugmacha bajaradi. 360 Kbaytli disketa 2 intervalda bosilgan 200 betli ma’lumotni o‘zida saqlashi mumkin.
Fayl va kataloglar. • Magnit disklarda ma’lumotlar fayllarda saqlanadi. Fayl - diskning ma’lum nom bilan ataluvchi sohasi bo‘lib, unda ma’lumot saqlanadi. Masalan, dastur va hujjat matnlari, bajarilishi mumkin bo‘lgan dastur va xokazolar. Fayllar ikki xil bo‘ladi -matnli, ikkilik tizimidagi. • Matnli fayllar foydalanuvchi o‘qishi uchun mo‘ljallangan. Har - bir fayl nom va kengaytgichga ega. Nom 1 dan 8 tagacha kengaytgich 1 dan 3 tagacha belgiga ega bo‘lishi mumkin (Windowsning yangi versiyalari bundan mustasno). Nom va kengaytgich nuqta bilan ajratiladi.
Norton Commander haqida umumiy ma’lumot va uning imkoniyatlari. • NC dastursi "Peter Norton Computing" firmasining maxsuli bo‘lib, uning vazifasi MS-DOS OC bilan ishlashni yengillashtirishdan iborat. Bu dastur fayllar va direktoriyalar bilan asosiy amallarni qidirish va nusxa ko‘chirish, qayta nomlash, o‘chirish kabi- larni soddaroq va qulayroq va yaqqol bajaradi. Shunday qilib, NC operatsion tizim vazifalarini bajaradi va uning imkoniyatlarini kengaytiradi.
MS DOS komandalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri - NC dan chiqmasdan turib ishlash mumkin. • - diskdagi kataloglar ro‘yxatini yaqqol ko‘rsatadi; • - diskdagi kataloglar daraxtini ko‘rsatish, kataloglarni yaratish qayta nomlash, o‘chirish komandalarini bajaradi; • - fayllar nusxasini ko‘chirish, arxiv fayllar, ma’lumotlar bazasi matnlarini ko’rish, matnli fayllarni tahrirlash imkoniyatiga ega; • - MS DOS ixtiyoriy komandasini va xokazolarni bajaradi.
NC dastursini ishga tushirish uchun DOS ning komandalar satrida klaviaturadan nc lotin xarflarini terish kerak - • Ekranning yuqori qismida 2 qavatli xoshiya bilan chegaralangan 2 ta to‘g‘ri burchakli darchalar xosil bo‘ladi. Bu darcha odatda "panel" deb ataladi. Panellar tagida DOSning komandalar satri joylashadi. Oxirgi satrda esa NC funktsional tugmachalarining vazifasini eslatuvchi satr joylashadi.
DOS komandalarini ishga tushirish • DOS komandasini bajarish uchun uni klaviaturadan kiritilib, (Enter) tugmachasi bosiladi. • NC panelidagi joriy faylni komandalar satriga (Ctrll) + (Enter) tugmachalari chiqaradi.
NC dan chiqish • NC dan chiqish uchun (F10) tugmachasi bosiladi. Ekranning o‘rtasida quyidagi savol paydo bo‘ladi. • Do you want to quit the Norton Comander? (Yes, No) • (Siz Norton Commander dan chiqmoqchimisiz?) • Agar chiqmoqchi bo‘lsangiz (Enter) yoki “Y” ni, aks holda (Esc) yoki “N” ni kiritasiz.
ETIBORIZ UCHUN RAHMAT Abduvaliyeva Shohidaning I kurs Boshqaruv fakulteti 1 - guruh Kasb talim
Do'stlaringiz bilan baham: |