“mavzu ”dasturini yaratishda Borland Delphi 7 dasturining imkoniyatlari.
DELPHI dasturiy vostasi bu Windows uchun mo'ljallangan dasturlash muxiti bo'lib, 1995 yilda BORLAND kompaniyasi guruxi dastur tuzuvchilari CHak (Chuck) va Denni (Danny) tomonidan yaratilgan.
Bu til o'zining keng qamrovli imkoniyatlariga egaligi bilan birga, boshqa dasturlash tillaridan o'zining ba`zi bir xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Borland Delphining paydo bo'lishi dasturlashni rivojlantirish tarixida yоrqin ko'rinish bo'ldi.
Delphining dunyоga kelishiga quyidagilar sabab bo'ldi;
· Windows uchun dastulash va komponentalar texnologiyasi.
· Masalalarni echish uchun ob`ektga yo'naltirilgan usul.
· Komponentalar texnologiyasiga asoslangan ilovalarni tez yaratishning vizual muhitlari.
· Interpritatsiyadan emas, kompilyatsiyadan foydalanish. Bu shundan iboratki, interpretator bilan ishlashga qaraganda kompilyator bilan ishlash tezligi o'n martalab ustunlikka ega bo'ladi.
· Universal usullar yоrdamida ma`lumotlar bazasi bilanishlash imkoniyatlarining
mavjudligi.
Lokal va shu bilan bir qatorda server ma`lumotlari faylidan mijoz-server arxitekturasiga yоki ko'p bosqichli N-tier sxemasiga o'tishni ta`minlash.
Borland Delphi yuqorida bayоn etilgan tendentsiyalarni joriy etish maqsadida yaratilgan. Ammo, uning eng asosiy elementi Paskal tili bo'lib hisoblanadi. Hozirgi kunda Delphi tilining bir necha xil variantlari mavjud (Delphi 2, Delphi 3... , Delphi 7 va h.k.). Delphi dasturlash tili uchun Paskal dasturlash tili asos qilib olingan. Bu ikki tilning qanday o'xshashlik va farqli tomonlari bor?
Bilamizki, Paskalda biror kattaroq dastur, masalan amaliy dasturlar majmuini tuzmoqchi bo'lsak, albatta biz modulli dasturlashdan foydalanamiz. Ya`ni qo'yilgan masalani kichikroq bo'laklarga bo'lib olamiz va shular bilan ishlaymiz. Natijani olish uchun esa, bu bo'laklarni birlashtiruvchi bitta asosiy dastur qilinadi. Aynan shu narsa Delphi dasturlash tilining asosi xisoblanadi. Agar biz Delphida biror forma hosil qilsak, uholda Delphi bizga o'zi avtomatik tarzda shu formaga mos bo'lgan modullarni va bu modullarni boshqaruvchi dasturni tuzib beradi. Boshqaruvchi dasturni Delphida, agar unga o'zimiz nom bermasak, Project1.dpr deb nomlaydi. Bunda .dpr fayl kengaytmasi. Avtomatik tarzda tashkil qilingan modulga biz nom bermasak, u holda Delphi uni Unit1.pas deb nomlaydi. O`zimiz esa .pas kengaytmasini saqlagan holda hohlagan nomimizni berishimiz mumkin.
Ohirgi vaqtlarda dasturlashga bo`lgan qiziqish keskin ortdi. Bu ahborot-kommuhikasiya texnalogiyalarining o’sishi bilan uzviy bog’liqdir. Agar inson kompyuter bilan ishlar ekan, unda ertami kechmi dasturlashga qiziqish bazan zaruriyat tug’iladi.
Hozirgi vaqtda shaxsiy kompyuterdan foydalanuvchilar orasida Windows operatsion sistemasi ommaviylashgan. Ma’lumki, ular ushbu sistemada ishlovchi dasturlarni yaratishga harakat qilishadi.
Bir necha yil avval Windows muhitida ishlovchi dasturlarni yaratish bir qator dasturchilarning orzusi edi. Qayta ishlahning yagona muhiti Borland C++ for Windows bo’lgan va dasturchidan ko’pgina bilim va tajriba talab qilgan.
Hisoblash texnikasining jadal rivojlanishi dasturlarni qayta ishlashninh unumli muhitiga bo’lgan talab dasturlash sisytmalari (“tezkor dasturlash” deb ataluvchi)ni paydo bo’lishiga olib keldi. Ulardan Borland Delphi va Microsoft Visual Basic larni keltirish mumkin. Tezkor dasturlash sistemasi asosida (RAD-sistema, Rapid Application Development — ilovalarni tez dasturlash muhiti) vizual loyihalash va hodisaga bog’liq dasturlash yotib, uning farqi shundaki, dasturlash muhitidagi asosiy qismni o’ziga oladi, dasturchiga esa hodisalarni qayta ishlovchi funksiyalarni va muloqot oynalarni boshqarish qoladi.
Delphi – bu tezkor dasturlash muhiti bo’lib, uning dasturlash tili sifatida Delphi tili qo’llaniladi. Delphi tili – qat’iy tiplashtirilgan ob’ektli til bo’lib, uning asosida object Pascal yotadi.
Ayni vaqtlarda dastruchilar Delphi paketining navbatdagi versiyasi – Borland Delphi 7 Studio dan foydalnishlari mumkin. Avvalgi versiyasi singari Borland Delphi 7 Studio turli dasturlarni yaratish imkonini beradi: oddiy bir oynali dasturlardan tortib toki ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi dasturlargacha. Ushbu paket tarkibiga ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni ta’minlovchi, XML-hujjatlar bilan ishlovchi, ma’lumotlar sistemasini yaratuvchi va boshqa masalalarni yecha oluvchi utilitlar mujassamlashgan. Yetinchi versiyaning asosiy yutug’i .NET texnologiyasini qo’llab-quvvatlaydi.
Borland Delphi 7 Studio Windows 98 dan toki Windows XP operatsion sistemalardi ishlay oladi. Kompyuterlarga qo’yiladigan talablar: 166 MGs taktli chastotadan kam bo’lmagan Pentium yoki Celeron tipidagi protsessor (Pentium II 400 MGs tavsiya etiladi), tezkor xotira – 128 Mbayt (256 MBayt tavsiya etiladi), diskdan yetarlicha bo’sh joy (Enterprise ning to’liq o’rnatilishi taxminan 457 MBayt ni egallaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |