Yangi darsni rejasi.
1.Neytrallash reaksiyalari
2.Cho‘kma hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladigan reaksiyalar.
3. Gaz modda hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalar:
Yangi darsning bayoni.
Elektrolitlarning eritmalarida sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar elektrolit moddaning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlar ishtirokida amalga oshadi. Ionlar orasida boradigan kimyoviy reaksiyalar ning tenglamalarini tuzishda kuchli elektrolit moddani dissotsiatsiyalangan
holda, kuchsiz elektrolitlar, suvda erimaydigan cho‘kma moddalar, gaz holatga o‘tib reaksiya muhitidan chiqib ketadigan moddalarning molekulyar formulalarini yozamiz. Elektrolitlarning eritmalari orasida sodir bo‘ladigan reaksiyalarni quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |