Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi



Download 0,67 Mb.
bet31/163
Sana28.11.2020
Hajmi0,67 Mb.
#52804
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163
Bog'liq
Dars konspekti

Yangi darsning bayoni.

Atomdagi yadro atrofida harakatlanayotgan elektronlar ma’lum qavatlarga taqsimlangan holatda harakatlansa-da, har bir qavatdagi elektronlar ham energiya miqdori jihatidan bir-biridan farqlanishi mumkin. Ma’lum qavatlardagi elektronlar bir-biridan energiya miqdori jihatidan farq qilganliklari tufayli ular hosil qilgan elektron bulutlar ham bir-biridan farqlanadi. Barcha elektronlarni hosil qilgan elektron bulutlarining shakllariga ko‘ra to‘rtta guruhga: s, p, d, f – elektronlarga ajratish mumkin. Qavatlardagi elektronlarning energetik pog‘onachalarda joylashish tartibi ularning hosil qilgan elektron bulut shakllari orqali izohlanadi. Sharsimon shakldagi elektron bulutlarni hosil qiluvchi elektronlar s-elektronlar bo‘lib, ularning miqdori har qaysi qavatlarda ikkitagacha bo‘ladi. Bor atomi yadrosi atrofida 5 ta elektron harakatlanadi, ularning 2 tasi birinchi energetikqavatda, 3 tasi esa ikkinchi energetik qavatda joylashgan. 2 ta elektron sharsimon orbitalda harakatlansa, uchinchi elektron-chi? Uchinchi electron boshqa orbitalda ya’ni yadro atrofida gantelshaklidagi elektron bulut hosil qiladi. Bunday elektronlar p-elektronlar deyiladi. P-elektronlaryadro atrofida x, y va z o‘qlari bo‘ylab uchta orbitalni hosil qiladi. Har bir orbitalda qarama-qarshi 2 tadan elektron joylashsa jami oltita elektron joylashadi .Har bir energetik qavatdagi elektronlarni fazodagi harakatlanishi, ya’ni“elektron bulut”lar shaklini bildiradigan kvant soni — orbital kvant soni energetik qavatcha — l deyiladi.Orbital kvant sonining qiymatlari 0 dan n-1 gacha bo‘ladi. n=1 bo‘lganda l=0 n=2 bo‘lganda l=0;1 n=3 bo‘lganda l=0;1;2n=4 bo‘lganda l=0;1;2;3;... Bosh kvant son 1 bo‘lganda, orbital kvant son 0 bo‘ladi va bu selektronlar deb ataladi. s-elektronlar bitta orbitaldan iborat bo‘lib yadroatrofida sferasimon harakatlanayotgan elektronlarni bildiradi. s-orbital bilan ham ifodalanadi va bu magnit kvant son –m bilan xarakterlanadi. Bosh kvant son 2 bo‘lganda, undagi elektronlar s- va p-orbital kvant sonlari bilan xarakterlanadi. p-orbitallar, 8-rasmda ko‘rsatilganidek uchta yo‘nalishda perpendikulyar harakatlanayotgan elektronlar guruhini ifodalaydi. p-orbitallar bilan ham ifodalanadi. Bosh kvant son 3 bo‘lganda undagi elektronlar s-, p- va d-orbital kvant sonlari bilan xarakterlanadi. d-orbitallarda yadro atrofida ancha murakkabroq shaklda harakatlanayotgan 10 tagacha elektron bo‘ladi . d-orbitalni bilan ham ifodalash mumkin. Shuningdek bosh kvant soni 4 bo‘lgan energetik qavatda s-, p-, d- vaf-orbitallar bo‘ladi. f-orbitalni bilan ham ifodalash mumkin.Kataklar magnit kvant sonlarining grafik tasviri orbitallar deyilib,har bir orbitalda qarama-qarshi spinli bir juft elektron harakatlana oladi.Elementning tartib raqami ortgan sari qo‘shilayotgan elektron qaysi orbitalga tushishiga qarab s-, p-, d-, f-elementlarga arqlanadi. Vodorod, geliy va davriy sistemadagi davrlarni boshlab beruvchi birinchi(ishqoriy metall) hamda ikkinchi elementlar s-elementlardir.Davrlarning oxirida joylashgan oltita element (inert gaz bilan birga)p-elementlardir.Davrning boshlab beruvchi birinchi va ikkinchi elementlar bilan oxir gi oltita element oralig‘idagi 10 ta element d-elementlardir. Lantanoidlar bilan aktinoidlar f-elementlardir. Shunday qilib, hozirgi davriy sistemada 14 ta s, 30ta p, 37 ta d va 28 ta felementlar mavjud.


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish