Yangi darsning bayoni.
Vodorod, kislorod va suvning xossalarini o‘rganish davomida bir xil xossalarini namoyon qiluvchi elementlar bilan tanishgan edik. Masalan, natriy va kaliy metallari: yumshoq, suvdan engil, kislorod va suv bilan odatdagi sharoitda shiddatli reaksiyaga kirishadi, natijada bir valentli birikmalarini hosil bo`ladi.
2Na+O2=Na2O2 . 2K+O2=K2O2 2Na+2H2O=2NaOH+H2 2K+2H2O=2KOH+H2
Shuningdek, Li, Rb, Cs va Fr metallari ham o‘z xossalari jihatidan Na va K metallariga o‘xshash. Bu metallar bir oilani, ya’ni, ishqoriy metallaroilasini tashkil qiladi. Ishqoriy metallar quyidagi umumiy xossalarga ega: Ishqoriy metallar barcha birikmalarida bir valentli. Ishqoriy metallarning gidroksidlari ishqorlardir, ular suvda yaxshi eriydi. Ishqoriy metallarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kim yoviy xossalari davriy ravishda o‘zgarib boradi. Xlor Cl, ftor F, brom Br, yod J lar o‘xshash elementlar hisoblanib, galogenlar oilasini tashkil qiladi. Xlor vodorod hamda metallar bilan reaksiyaga kirishib, bir valentli birikmalar hosil qiladi. H2+Cl2=2HCl. 2Na+Cl2=2NaCl
Ftor, brom, yodlar ham xlor kabi xossalarga ega.Galogenlarning vodorodli birikmalari uchuvchan gaz moddalari bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmalari esa kislotalardir. HF – ftorid kislota, HCl – xlorid kislota, HBr – bromid kislota, HJ – yodid kislota. Galogenlarning xossalari atom massalari ortib borishi bilan davriy ravishda o‘zgarib boradi. 8-jadvaldan foydalanib galogenlarni fizik xossalariniatom massalari bilan bog‘liqlik tomonlarini tushuntirishga hara kat qiling. Galogenlar quyidagi umumiy xossalarga ega:Vodorod bilan uchuvchan gidridlar hosil qiladi. Galogenlar gidridlarining suvdagi eritmasi kislotalardir.Galogenlar gidridlarda, metallar bilan hosil qilgan tuzlarda bir valentlidir.Kislorod bilan hosil qilgan yuqori oksidlarida (ftordan tashqari) galogenlar VII valentli.Galogenlarning atom massalari ortib borishi bilan fizikaviy vakimyoviy xossalari davriy ravishda o‘zgarib boradi.Mavjud kimyoviy elementlar ichida o‘xshash xossalarga ega bo‘lgan elementlar guruhlariga yana qator misollar keltirish mumkin.Masalan, magniy Mg ning xossalari kalsiy Ca ga o‘xshash bo‘lsa, alyuminiy Al ni xossasi bor B ga o‘xshaydi. Uglerodning C xossalarikremniyga Si ga o‘xshash, azotning N xossasi esa fosfor P ga o‘xshaydi.Inert gazlar (geliy He, neon Ne, argon Ar, kripton Kr, ksenon Xe) alohida tabiiy oilani tashkil etib, ular ham o‘xshash elementlardir. Inert gazlar quyidagi xossalari bilan bir-biriga o‘xshaydi: Molekulalari bir atomli. Vodorod va metallar bilan birikmalar hosil qilmaydi. Inert gazlarning ayrimlari kislorodli, ftorli birikmalar hosil qiladi.
Kimyoviy reaksiyaga deyarli kirishmaganligi uchun ularni inert elementlar deb atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |