Nineveya arxivi -
Qadimgi Ossuriya davlatining shaharlaridan biri bo„lib,
hozirgi Iroq davlatining Mosula shahrida joylashgan. Nineviya shahri mil.avv.
VIII-VII asrlarda Ossuriya poytaxtiga aylantirilgan. Nineviya shahrining shimoliy
qismida Ashurbanipal Sinaxereb saroyining janubiy-g„arbiy qismi joylashgan. Bu
yerdan Ashurbanipal arxivi va 20 mingta kitob ya‟ni loy taxtali yozuvlar topilgan.
Nineveya janubiy qismida Ishtar, Emishmish ibodatxonalari va Asarxaddan saroyi
joylashgan. Mil.avv. 612 yilda Nineviya shahri yangi Bobil shohi Nabapalasar va
Midiya shohi Kiaksarlar tomonidan yer yuzasidan yo„q qilib tashlangan. Rimliklar
shahar o„rnida harbiy kolonna tashkil etgan. Nineviya shahri haqidagi ma‟lumotlar
Kuyunjiq shahri qoldiqlaridan ko„pgina ma‟lumotlar topilgan.
Kultepa arxivi
- Old Osiyo hududlarida qadimgi davrga tegishli ko„pgina
tepaliklar bu nom bilan ataladi. Ushbu tepaliklarning ko„pi eneolit va bronza
davrlariga tegishli. Kavkaz orti hududlarida bir nechta tepaliklar aniqlangan.
Birinchi
tepalik atrofi diametri 200 m. baladligi 15 m. bo„lib Armaniston
hududida aniqlangan. Ushbu tepalikda ilk dehqonchilikning mil.avv. III asrga
tegishli namunalar topilgan. Shu bilan birga loy haykaltaroshlik namunalari ham
topilgan.
Ikkinchisi
Ozarbayjon davlatining Naxechabam hududida aniqlangan bo„lib
atrofii ya‟ni diametri 100-150 m. balandligi 14 m. 1904-1951-1964 yillar qazish
ishlari natijasida 4 madaniyat qatlami aniqlangan.
Uchinchisi
– Turkiya davlatida aniqlangan bo„lib ilk bor 1880 yilda
aniqlangan. Izlanishlar 1906 yildan keyin arxeolog E.Shontr, G.Vinkler,
B.Grozniy, 1948 yilda aka uka T va N.O„zgyuchlar tomonidan qadim davriga oid 3
qatlam aniqlangan. Xaroba joylaridan saroy, qabriston, kichik haykalchalari
5
topilgan. Ushbu topimalar Anatoliya shahrining mil.avv. III ming yillikda
Ossuriya, Troya va Siriya davlatlari bilan bo„lgan aloqalarni yorituvchi muhim
bo„lgan manbalar hisoblanadi.
Qadimgi yozma yodgorliklar va arxivlar eng qadimgi yodgorliklari Kavkaz
orti hududlarining qadimgi Urartu davlatiga tegishli mil.avv. IX-VI asrlarga oid
yozma manbalar topilgan. Ushbu yozma manbalar loydan yasalgan qalin loy
taxtachalaridagi matnlar va shu bilan birga toshlarga yozilgan, qurollarga, harbiy
yurishlardan oldin yozilgan klinopislar topilgan. Qora dengiz shimolidagi
milodgacha V-VI asrlarga oid qadimiy shahar qoldiqlaridan marmar arxivlari
saqlanib qolgan. Ular katta-katta toshlarda, devorlarda, qabristonlarda bitib
qoldirilgan. Arxiv hujjatilarida tinchlik bitimlari, qonunlar, xalq yig„ini qarorlari va
mansabdor shaxslarning hisobotlaridan iborat.
Kichik Osiyoda arxiv yozuv bilan bir vaqtda paydo bo„lgan. Ularda yana
mil.avv. I asrga oid yozuvlarda Parfiya davlatining iqtisodiy-siyosiy hayoti
to„g„risida ma‟lumotlarni ham uchratish mumkin.
Arxeologlar qadimiy Tuproqqal‟a xarobalaridan VII-IV asrlarga oid qadimgi
hujjatlar qoldiqlari topishgan. Bundan tashqari qadimgi Xorazm davlati hududidan
qadimgi Xorazm tilida teriga siyoh bilan daraxt po‟stloqlariga bitilgan 140 dan
ortiq hujjatlar topilgan. Hujjatlar qadimgi sug„d tilida bo„lib, VIII asrning birinchi
yarmiga oid O„rta Osiyo xalqlarinig arab bosqiniga qarshi kurash harakatlari,
qadimgi So‟g„diyona davlati, soliqlarni yig„ish va davlat boshqaruvi haqida
ma‟lumotlar uchraydi.
Yana O„rta Osiyo arxivlariga oid Somoniylar davlatiga oid yer ishlari
bo„yicha davlat arxiv idorasi mavjud bo„lgan. Somoniylar davlati hukmronlik
yillari IX-X asrlarga to„g„ri keladi. Bu davrga kelib daraxt, teri, pergamentlardan
qog„ozga o„tish davri bo„lgan. Shundan so„ng boy feodallarning shaxsiy arxiv
kutubxonalari paydo bo„la boshlagan. Bu turdagi arxiv-kutubxonalar to„g„risida
olim mutafakkirimiz Abu Ali Ibn Sino yozib qoldirgan.
O„zbekiston hududida miloddan avvalgi I ming yillikning so„nggida arxiv-
kutubxonalar paydo bo„lgan. Dastlabki kutubxonalar hukmdorlar saroyida va
6
ibodatxonalarda tashkil etila boshlagan Turon xalqlari Misr, Eron, Yunoniston va
ularga qo„shni bo„lgan davlatlar bilan birga yaqin aloqada bo„lgan.
O„zbekiston xalqlarining qadimgi yodgorliklari saqlanmagan. Abu Rayhon
Beruniyning xabar berishicha kitob xazinalari va ularni saqlovchi joylar turli
istilolar davrida (VII-IX) da yo„q qilib yuborilgan.
IV asrlarga oid 23 mingdan ortiq arman qo„lyozmalari topilgan. Ular IV asr
oxirlariga oid bo„lib Armaniston hududlaridagi Mamenadran tepaligidan topilgan.
Juda qadimiy bo„lmasada Kiev Rusi davlati arxivlarning ilk arxivlari X-
asrlarga tegishli bo„lib loy taxtachalar yozuvlari o„sha paytda Knyaz saroyida
saqlangan. Ularda har hil faxriy yorliqlar, davlatlar o„rtasidagi yozishmalardir.
Arxiv-kutubxonalar yozma yodgorliklarni saqlovchi xazina sifatida juda
qadimdan paydo bo„lgan. Miloddan avval VII asr o„rtalarida Sharqdagi ko„p
saroylarda, qadimgi Misr va Rim ibodatxonalari qoshida kutubxonalari bo„lgan
qadimgi kutubxonalarning eng mashhuri Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasi
hisoblangan.
Savol va topshiriqlar:
1. Dastlabki arxivlarning tashkil etilishi qanday olib borilgan?
2. Dastlabki arxivlar qanday faoliyat olib borilgan?
3. Bogazkent arxivi haqida nimalarni bilasiz?
4. Quyundjiq arxivi qaysi hududda joylashgan?
5. Tel-El-Amarna arxivi nimasi bilan mashhur bo’lgan?
6. Nineveya arxivi kimlar tomonidan o’rganilgan?
7. Kultepa arxivi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |