Mavzu: Dars-ta’limni tashkil etishning asosiy shakli.
1-topshiriq:
Quyida ko‘rsatilgan jadvalni to‘ldiring.
Noan’anaviy ta’lim shakliga nimalar
kiradi
Sinf – dars tizimining tashkiliy
shakllari
Didaktikaning
asosiy kategoriyalari
Pedagogika fani oldida turgan
vazifalardan biri
MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI
1. Noan’anaviy ta’lim shakliga nimalar kiradi?
A. Kirish darslari, bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish darslari.
B. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi va takrorlash darslari.
S. Ma’ruza, fakultativ, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, ekskursiya, bahs – munozara,
davra stoli, viktorina va hokazo.
D. Hamma javoblar to‘g‘ri.
2. “Sinf – dars tizimi” ning asoschisi ...?
A. Avloniy;
B. Hamza;
S. Komenskiy;
D. SHakuriy.
3. Ta’limni tashkil etish shakllari qaysi variant javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. An’anaviy ta’lim, noan’anaviy ta’lim, yakka tartibdagi ta’lim.
B. YAkka tartibdagi ta’lim, repetitorlik ta’lim, fakultativ ta’lim.
S. Ekskursiya, ma’ruza, viktorina.
D. Hamma javoblar to‘g‘ri.
4. “Darsning boshlanishini tashkil etish uy vazifasini tekshirish, darsning maqsadi va
vazifalarini bayon qilish, Yangi materiallarni tuShuntirish, mustahkamlash, darsga yakun
yasash va uyga vazifa berish” tuzilishidagi darsning tipini ko‘rsating?
A. Kombinatsion (aralash) dars.
B. Bilimlarni takrorlash va mustahkamlash darsi.
S. Yangi bilimlarni o‘rganish darsi.
D. Umumlashtirish darsi.
5. Sinf – dars tizimining tashkiliy shakllari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A. O‘quvchilarning yoshi, iqtidorini hisobga olish.
B. O‘qituvchi rahbarligi, vaqtning chegaralanganligini hisobga olish.
S. Qat’iy jadvalning mavjudligi.
D. Hammasi to‘g‘ri.
6. Ta’lim funksiyalari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. Bilim, ko‘nikma, malaka hosil qilish.
B. O‘quv fanlari mazmunini o‘zlashtirib olish.
S. Bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish;
D. Tevarak – atrofdagi voqealarni tuShuntirish.
7. Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko‘ra qaysi guruhlarga bo‘linadi?
A. Matematik – statistik, evrestik, innovatsion tajriba.
B. Tabiiy tajriba, labaratoriya tajribasi, tajriba ishi.
S. Bolalarni ijodini o‘rganish, statistika va boshqalar.
D. Laboratoriya tajribasi, amaliy tajribasi, anketa – sinov tajribasi.
8. Pedagogika fani oldida turgan vazifalardan biri –
A. Hamkorlik pedagogikasi asoslarini yaratish.
B. Avtoritar pedagogika asoslarini yaratish.
S. Milliy pedagogika asoslarini yaratish.
D. Hamkorlik pedagogikasi va milliy pedagogika asoslarini yaratish.
9. Didaktikaning asosiy kategoriyalari ....
A. Ta’lim berish, tarbiyalash, rivojlantirish.
B. Dars o‘tish, bilim berish, o‘qitish, malaka, ko‘nikma, shakl, metod, vosita, natijalar.
S. Bilim, ko‘nikma, malaka.
D. Rivojlantirish, mustahkamlash, takrorlash.
10. Ta’lim nazariyasining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
A. Ta’lim jarayonining mohiyati, ta’lim mazmuni, ta’lim tamoyillari, metodlari, shakllari
va vositalari.
B. Bilim, ko‘nikma, malaka, iroda, faoliyat turlari.
S. Ta’lim mazmuni, dars janri.
D. Ta’lim tarbiya mazmunini ifodalovchi barcha qonun qoidalar.