KAMBAG‘ALLIK NIMA?
Kambag‘allik tushunchasiga yagona ta’rif mavjud emas. Ba’zilar kambag‘allik deganda insonning birlamchi ehtiyojlarini (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ta’lim va sog‘liqni-saqlash) qondirishga imkoniyatning mavjud emasligini tushunsa, boshqalar – tanlov erkinligining yetarlicha emasligi yoki kuniga 1,90 dollardan kam miqdorga kun kechirishni, uchinchi tomon esa –insonning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtirokiga putur yetkazuvchi ijtimoiy, ta’lim va sog‘liqni-saqlash sohasidagi to‘siqlarning doimiy doirasini tushunishadi. Umumiy qaraganda, kambag‘allikni baholash bir nechta aniq belgilangan ko‘nikma va usullarni talab qiladi.
Ushbu chegara Jahon banki tomonidan xalqaro taqqoslash uchun ishlatiladi. O‘ta qashshoqlik chegarasi sotib olish qobiliyati pariteti bo‘yicha kuniga 1 dollar miqdorida belgilanadi, kambag‘allik chegarasi esa kuniga 2 dollar miqdorida belgilanadi. So‘nggi paytlarda ushbu kambag‘allik chegaralari tegishli ravishda 1,25 va 2,5 dollarga ko‘tarilgan. Hozirgi vaqtda dunyodagi eng kambag‘al 15 mamlakat ushbu kambag‘allik chizig‘ilaridan foydalanadi. Biroq, hozirgi vaqtda, turli mamlakatlarning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish bosqichlarini hisobga olgan holda, kambag‘allikning boshqa chegaralari ham qo‘llaniladi. Xususan, daromadi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past bo‘lgan davlatlar uchun kam ta’minlanganlik darajasi kuniga 3,2 dollar, daromadi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan davlatlar uchun esa kuniga 5,5 dollarni qo‘llash tavsiya etiladi. Ushbu chegara Jahon banki tomonidan xalqaro taqqoslash uchun ishlatiladi. O‘ta qashshoqlik chegarasi sotib olish qobiliyati pariteti bo‘yicha kuniga 1 dollar miqdorida belgilanadi, kambag‘allik chegarasi esa kuniga 2 dollar miqdorida belgilanadi. So‘nggi paytlarda ushbu kambag‘allik chegaralari tegishli ravishda 1,25 va 2,5 dollarga ko‘tarilgan. Hozirgi vaqtda dunyodagi eng kambag‘al 15 mamlakat ushbu kambag‘allik chizig‘ilaridan foydalanadi. Biroq, hozirgi vaqtda, turli mamlakatlarning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish bosqichlarini hisobga olgan holda, kambag‘allikning boshqa chegaralari ham qo‘llaniladi. Xususan, daromadi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past bo‘lgan davlatlar uchun kam ta’minlanganlik darajasi kuniga 3,2 dollar, daromadi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan davlatlar uchun esa kuniga 5,5 dollarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |