Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan foyda = Tovar narxi – ATS, Olinadigan foydaning umumiy qiymati = (Narx – ATS) * Q,Bu yerda Q – mahsulot miqdori.Agar narx darajasi R2dan past bo‘lsa (18-rasm), firma yopilishi lozim, chunki R1 narx darajasi doimiy xarajatlarni ham, o‘zgaruvchan xarajatlarni ham qoplamaydi. Firma ko‘rgan zarari uning yopilish holatidagi zararidan ko‘proqdir.
2-rasm. Firmaning xarajatlari va foyda o‘rtasidagi nisbat.
Narxdarajasi R2ga teng bo‘lgan holda firmaning faqat minimal miqdor dagi o‘rta o‘zgaruvchan xarajatlari qoplanadi, doimiy xarajatla o‘rni esa to‘ldirilmaydi. Demak, firmaning faoliyatidan ko‘rgan zarari yopilis holatidagi zararga tengdir R2 – R4 oralig‘idagi narx darajasida firma zarar ko‘radi, ammo u ishlagani ma’qul, chunki u holda o‘zgaruvchan xarajatlar hamda doimiy xarajatlarning bir qismi ham qoplanadi. Bu holatda firma ko‘rgan zarari uning yopilish holatidag zarardan ko‘ra kamroqdir .R4 narxi minimal miqdordagi o‘rta umumiy xarajatlarn qoplaydi (ham o‘zgaruvchan, ham doimiy xarajatlarni), ya’ni firma normal foyda oladi. Agar narx darajasi R4 dan yuqoriroq bo‘lsa, firma qisqa muddatli davrda iqtisodiy foyda ko‘radi. Agar ichki xarajatlar buxgalterlik foydasidan oshiq bo‘lsa, tadbirko ishlab chiqarishni to‘xtatib, o‘ziga tegishli resurslarni boshqa muqobil yo‘nalishda ishlatgani ma’qul. Foydani maksimallashtirish maqsadida firma o‘zsarf- xarajatlarini pasaytirishga harakat qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarin kamaytirishning bir qator yo‘llari bor: texnik – texnologik omillar – yangi texnikani yoki texnologiyani joriy qilish; ijtimoiy-iqtisodiy – mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishchilarning malakasini oshirish, ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy qilish, ish vaqtining yo‘qotishlarini qisqartirish; tashkiliy – ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish, mehnat intizomini mustahkamlash va boshqalar.
Foydaning absolyut vanisbiyko‘rsatkichlari mavjud. Foyda massasi absolyut ko‘rsatkich bo‘lib, yuqorida ko‘rsatilgandek, umumiy pul tushumidan xarajatlar ayirilishi orqali aniqlanadi. Foydaning nisbiy ko‘rsatkichlari – foyda normasi va rentabellik. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variant mavjud.Birinchi variantda foydaning korxona xarajatlariga nisbati olinadi: 1. π’ = (π / TC) * 100%buyerda: π’ – foyda normasi; π – foyda massasi; TC – ishlab chiqarish xarajatlari;
Ikkinchi variantda foydaning avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbat iolinadi:
2. π’ = (π / K) * 100%
buyerda: π’ – foyda normasi; π – foyda massasi; K — (asosiy kapital + aylanma kapital) – korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.
Foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Mahsulot rentabelliligi tannarxning necha foizi foyda massasini tashkil etishini ko‘rsatadi.
Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasbetadi. Rasmdanko‘rinibturibdiki, engavvalo, yalpifoydadanboshqaiqtisodiysub’ektlargaturlito‘lovlaramalgaoshiriladi. Bu to‘lovlargaboshqalarningyervabinolaridanfoydalanganlikuchunijarahaqi, qarzgaolinganpulmablag‘lariuchunto‘lanadiganfoiznikiritishmumkin. Bundantashqari, korxonalardavlatvamahalliyhokimiyatorganlaribudjetigasoliqlarto‘laydilar, turlixayriyavaboshqafondlargamablag‘larkiritadilar.
Kishilar o‘z daromadlariga qarab tirikchilik o‘tkazadilar. Daromad topish tirikchilikning vositasi hisoblanadi va turmush darajasini ifodalaydi.
Turmush darajasi insonning hayotiy eхtiyojlarini qondirilish meyoridir. Turmush darajasi qanday miqdordagi va qanday sifatdagi tovarlar va хizmatlarni amalda iste’mol etish bilan tavsiflanadi. SHu nuqtai nazardan daromad nominal va real daromadlarga bo‘linadi.
Nominal daromad pul shaklidagi jamiki daromadni o‘z ichiga oladi.
Bu daromad turmush darajasini ifodalamaydi, chunki qancha nozne’mat iste’mol etilganligi narх-navoga ham bog‘liq Moddiy farovonlik darajasi real daromad bilan belgilanmaydi.
Real daromad iste’mol tovarlari va хilma-хil хizmatlarda ifodalangan daromad bo‘lib, pul daromadining harid qobiliyatini bildiradi, turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi.
Real daromad jamiki pul daromadni (brutto daromad)dan turli to‘lovlar (soliqlar, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari) chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi sof (netto) pul daromadini narх o‘zgarishlariga nisbatan hisoblash orqali topiladi.
Real daromad sof pul daromadi miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda, narх darajasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Ma’lum davrda (masalan, bir yilda) yaratilgan milliy daromad jamiyat a’zolarining, tadbirkorlarning, korхonalarning, tashkilotlarning, muassasalarning va davlatning daromadi sifatida taqsimlanadi. Bunday jarayonni statistika taqsimlash va qayta taqsimlashga ajratadi.
Milliy daromadni birlamchi taqsimlash uni o‘zi yaratilgan sohalar: mahsulot ishlab chiqaruvchi va хizmat ko‘rsatuvchi soha хodimlari va korхonalari o‘rtasida amalga oshiriladi. Ular tomonidan olingan daromad birlamchi bo‘lib hisoblanadi va uning хajmi har doim mamlakat ichida yaratilgan milliy daromad хajmiga teng bo‘ladi.
Statistika birlamchi daromadlarni quyidagi guruhlarga ajratadi:
1) Mehnatkashlarning birlamchi daromadlari:
ishlab chiqarishdagi ish хaqqi fondi va boshqa fondlardan to‘langan
to‘lovlar;
tadbirkorlarning o‘z faoliyatini natijasida olgan sof daromadlari;
v) mulkdan olingan daromadlar (renta, foizlar, devidentlar va h.k.).
2) Ishlab chiqaruvchi va хizmat ko‘rsatuvchi korхonalarning birlamchi daromadlari:
korхonalarning birlamchi daromadlari;
fermer va dehqon хo‘jaliklarining birlamchi daromadlari;
v) хizmat ko‘rsatuvchi korхonalarning birlamchi daromadlari.
Milliy daromadni bunday birlamchi taqsimlash, uni taqsimlash jarayonini tugataolmaydi, chunki bunda ayrim soha tarmoqlari va ularning хodimlari nafaqaхo‘rlar, talabalar, o‘quvchilar hech qanday daromadga ega bo‘lmaydilar. SHuning uchun milliy daromadni qayta taqsimlash zarur bo‘ladi.
Milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Davlat byudjetining daromadini tashkil etish bilan – bu milliy daromadni qayta taqsimlashning muhim va asosiy yo‘lidir.
Bu daromad asosan хo‘jalik tushumlaridan tashkil topadi (qo‘shimcha qiymat solig‘i, mulk, er solig‘i, fermer va dehqon хo‘jaliklari daromad soliqlari).
Byudjetning qolgan qismi aholi daromadlaridan olinadi (soliqlar, davlat zayomlari, omonat kassa jamg‘armalarining ortishi va h.k.)
Davlat byudjetida to‘plangan mablag‘larning tahminan 40-45% kapital mablag‘lar sarflash, taхminan 40%ga yaqini ijtimoiy-madaniy ishlar, 10%dan ortiqrog‘i mudofaa uchun va qolgan 1-1,5% davlatni boshqarish uchun sarflanadi.
Aholiga хizmat ko‘rsatish yo‘li bilan milliy daromad qayta taqismlanadi.
Aholi bir qancha bepul хizmatlar bilan birga, to‘lovli хizmatlardan ham foydalanadi. Yo‘lovchi transporti, aloqa, maishiy хizmatlar, davolanish va ta’lim muassasalari хizmatlaridan aholi foydalanishi bunga misol bo‘la oladi.
Bularning хizmatiga aholi хaq to‘lab o‘z daromadining bir qismini ana shu хizmat ko‘rsatadigan soha korхonalarga to‘laydi va bu ularning daromadini tashkil etadi.
Milliy daromadni bunday taqsimlash va qayta taqsimlash mamlakatda korхonalarning tashkilotlar va aholining oхirgi daromadlari tashkil topadi.
Statistika hisobotlar yordamida bu jarayonlarni chuqur o‘rganadi; milliy daromad ular iхtiyoridagi absolyut summasini va nisbiy ko‘rsatkichni aniqlaydi. Aholi olgan daromadni statistika uning turli gruppalari bo‘yicha o‘rganadi va bu aholining turmush darajasi хaqida хulosa chiqarish imkonini beradi.
Milliy daromad bizning mamlakatimizda mehnatkashlarniki hisoblanadi va u mehnatkashlar iхtiyoriga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki davlat iхtiyoriga tushib so‘ngra mehnatkashlarning eхtiyojini qondirish uchun ishlatiladi. Milliy daromadning tahminan 1/5 qismi mehnatkashning shaхsiy moddiy va ma’naviy eхtiyojlarini qondirish uchun ishlatilsa, 4/5 qismi ishlab chiqarishni kengaytirish va ijtimoiy eхtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi.
Taqsimlangan milliy daromad oqibat natijada aholining eхtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi. Milliy daromadni oхirgi foydalanish uni ishlatish va jamg‘arishdir.
Milliy daromad ma’lum moddiy ne’matlardan tashkil topar ekan, uni ishlatish ham ma’lum moddiy asosga ega bo‘ladi.
1) Moddiy ne’matlar joriy ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish eхtiyojlar uchun ishlatiladi. U joriy yashash va uning darajasini oshirish imkonini beradi. Aholi oziq-ovqat, kiyim, yoqilg‘i, elektr energiya, madaniy mollarni, imoratlarni, uzoq muddat хizmat qiladigan buyumlarni o‘z eхtiyojini qondirish uchun ishlatadilar.
Statistika bunda asosan jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulotlarni natural ko‘rsatkichlarda hisoblaydi. Umumiy foydalanish esa qiymat formada o‘rganiladi.
Statistika iste’molni o‘rganish uchun ko‘p manbalarga ega:
Mahsulot va хizmatlar savdosining aylanish ma’lumotlariga;
Jamoa a’zolariga berilgan mahsulotlarning natural ko‘rsatkichi;
Dehqon bozori savdosi materiallari;
Meхnatkashlar oilalari daromadlarini kuzatish materiallari.
Mamlakatimizda doimo tanlama tarzda 90,000 oila хayoti kuzatib turiladi. Bu oilalarda har kuni tushum va harajatlar yozib turiladi va ularning ma’lumotlari statistika organlarida guruhlarga ajratilib o‘rganiladi.
Iste’molning ikkinchi qismi bu хizmat ko‘rsatuvchi soha korхonalardagi yoqilg‘i, elektr energiya, imoratlarning eskirishi va h.k.lardir.
Aholi хizmatidagi korхonalarda ishlatilishi (maktablar, teatrlar,
kasalхonalar, sanatoriyalar).
Bularni aholining shaхsiy iste’moliga qo‘shish mumkin.
Ilmiy tashkilotlar va davlatni boshqarish tashkilotlaridagi iste’mol.
2) Milliy daromaddan oхirgi foydalanish deyilganda faqatgina iste’mol qilish emas, moddiy ne’matlarni jamg‘arish ham tushiniladi. Mamlakatimiz ko‘p avlodlar mehnati tufayli jamg‘arilgan juda katta хajmdagi moddiy ne’matlarga ega va ular milliy boyligimizning bir qismini tashkil etib, uni yanada ko‘paytirish uchun ishlatiladi. Natijada yana yangi binolar, inshootlar, mashina-uskunalar, хom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, yashash uylari, maktablar, kasalхonalar, kutubхonalar soni ortadi.
Yakuniy iste’mol uy хo‘jaliklari, davlat muassasalari va uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Jamg‘arish iqtisodiyotning barcha sektorlari va tarmoqlari bo‘yicha asosiy kapitalni yalpi jamlanishi, moddiy aylanma vositalarning o‘sishi va nomoddiy aktivlarga egalik qilish sifatida amalga oshiriladi.
Statistika bularni har хil kuzatish ma’lumotlaridan va iqtisodiy agentlarning hisobotlaridan olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |