1.2.Davriy qonunning kashf etilishi va elеmеntlar davriy sistеmasining tuzilish prinsipi. Atomlarning 1-energetik K-qavatning elektron sig’imi 2 ga teng bo’lganligi sababli H2 atomi o’ziga yana bir elektronni kushib olib K-qavatdagi elektronlar sonini 2 ga yetkazishi mumkin, bu holda H2 atomi manfiy ionga aylanadi. Masalan Ca H2 2-element He uning tartibi nomeri Z=2 binobarin yadrosining zaryad ham +2 dir. Uning elektron konfigurasiyasi 1s2 bilan belgilanadi. Uning sirtqi qavatidagi elektronlar soni formulasiga muvofiq N=2*12=2 ga teng. Shuning uchun He sirtqi elektron qavati tugallanmagan qavati bo’lib, bunga asoslanib He atomi barqaror ekanligini izoh ekanligiga iqror bo’lamiz. Demak birinchi davr elemetlar atomida faqat bitta elektron qavat bo’ladi. 2-davr elementlarida esa elektron qavat 2 ta va hokazo, ya’ni davr nomeri elektron qavatlar sonini bildiradi. Shuning uchun har qaysi davr ichida elementlarning tartib nomeri ortgan sayin elektronlarning yadroga tortilish kuchi kattalasha boradi natijada ayni davr ichida chapdan o’ngga sayin element atomining radiusi kichiklashadi. Masalan 2-davr ichida Li dan F2 ga o’tgan sayin elementning atom radiusi 1,57 A dan 0,64 A ga qadar kamayadi. Shuning natijasida elementning metallik xossalari susayib metalmaslik xossasi kuchayib boradi. Atom tuzilishi haqidagi tasavvurlar davriy qonuning fizikaviy mohiyatini yaqqol namoyon qiladi; nima uchun elementlarning xossalari davriy ravishda o’zgarishini talqin qilishga imkon berdi; elementlarning davriy sistemada joylashishi bilan ularning kimyoviy xossalari orasida ma’lum bog’lanish borligi aniqlanadi. Elementlarning tartib nomeri shunchaki raqam bo’lmay, balki o’sha atom yadrosining musbat zaryadiga tengdir.
“Shundan keyin davriy qonunga quyidagicha ta’rif berildi:oddiy moddalarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar yadro zaryadining qiymatiga davriy ravishda bog’liqdir.
D.I.Mendeleevning davriy sistemasida bir elementdan 2-elementga o’tganda atom yadrosining musbat zaryadi bitta ortadi: elektronlar soni ham bitta ortadi. Bosh gruppacha elementlarida ortib borayotgan elektronlar sirtqi pog’onaga joylashtirsa, yonaki gruppacha elementlarida ortib borayotgan elektronlar sirtqidan oldingi pog’onaga joylashadi. Lantanoidlarda 4f pogonachalar, aktinoidlarda 5f pogonachalar elektron bilan to’lib boradi. Bir-biriga o’xshash elementlarning sirtqi va sirtqidan oldingi qavatlarida elektronlarning joylashishi ham biri-biriga o’xshash bo’ladi elementlar xossalarining davriy suratda o’zgarish sababi atomdan elektronlarning ketma-ket joylashishini va har qaysi qavatda ma’lum sondagi elektronlar borligidir. Davriy qonun va davriy sistema kimyo fanining taraqqiyotida katta ahamiyatiga ega bo’ldi. U yangi ilmiy kashfiyotlar qilishda muhim o’rin tutdi. Atom tuzilishi nazariyasi kashf qilingandan keyin quyidagi muhim masalalar xal qilindi:
1. Kimyoviy xossalarning davriy o’zgarishi;
2. Davriy sistemaning gruppalarga, asosiy va qo’shimcha gruppalarga
bo’linishi;
3. Yerda kam uchraydigan lantanoidlar qatori borligi;
4. Kimyoviy xossalarning qonuniy o’zgarishi;
5. Ar va Kr; Ca va Ni; Te va J2; Th va Ra ning atom og’irliklarining
qiymatlariga qarab sistemaga joylashtirishda qonundan oz bo’lsada,
chetlanishlik sabablarini aniqlandi.
F.Engels davriy qonunning kashf etilishini “ilmiy jasorati” deb ataladi. Haqiqatdan ham davriy qonun faktik materialni bir-biriga bog’lab, chukur mazmun yaratdi. D.I.Mendeleevning davriy qonuni va dvriy sistemasi haqidagi g’oyalari 2 yo’nalishda rivojlandi; bulardan biri – elementlarning davriy xossalarini izlash bo’lsa, ikkinchisi davriy sistemani yangi-yangi nusxalarda yaratishdan iborat bo’ldi. D.I.Mendeleevning davriy sistemasi uchun taklif qilingan nusxalar soni 150 dan ortib ketdi. Hozirda qo’llanilayotgan davriy jadval 1967 yilda. Selinov taxriri ostida bosilib chiqarildi. U davriy sistemaning eski variantidan keskin farq qilib, unda 8 ta gruppa bo’lib, inert gazlar VIII gruppaning asosiy gruppachasiga kiritilgan.
Atom og’irliklar uglerod birligida ko’rastilgan: vodorod (H2 gidrogen) faqat VII gruppaga joylashtirilgan. Davriy sistemaning bu varianti atom tuzilishi haqidagi barcha ma’lumotlarni ichiga oladi.