Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida kompyuterlarni tarmoqga birlashtirish va sozlash koʻnikmasini hosil qilish. Bajardi: Ergashev b guruh: 212-19 Tekshirdi: Sobirova Sh
Laboratoriya ishi № 1 Cisco Packet Tracer dasturida ikkita kompyuter oʻrtasida ma’lumot almashinish jarayonini tadqiq etish Ishdan maqsad: Cisco Packet Tracer dasturida kompyuterlarni tarmoqga birlashtirish va sozlash koʻnikmasini hosil qilish.
Tarmoq - bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bogʻlanishidan hosil boʻladigan aloqadir. Bunga misol qilib ixtiyoriy tarmoq turini olish mumkin. Masalan, bir kompyuterdan boshqasiga ma’lumot uzatish yoki bir necha kishilik yoki jamoaviy oʻyinlarni oʻynash imkoniyati mavjud. 2 ta insonni telefon orqali suhbat qurishida ham asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan boʻlsak, har qanday qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi yotadi.
Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda echish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bogʻlash ehtiyoji paydo boʻladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bogʻlashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
1. Kabel yordamida bogʻlash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, oʻralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bogʻlanadi.
2. Simsiz bogʻlanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio toʻlqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bogʻlanadi. Bir-biri bilan bogʻlangan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmogʻini tashkil etadi.
Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan oʻzaro bogʻlangan majmui. Kompyuterlararo ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan:
Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni oʻzaro bogʻlagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali oʻzaro bogʻlagan tarmoqlar.