Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida dhcp serverni ko’tarish



Download 0,59 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi0,59 Mb.
#895548
Bog'liq
12-13 lab ishi


Laboratoriya ishi №12,13

Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida DHCP serverni ko’tarish.


Ishdan maqsad. Cisco packet Tracer dasturida tarmoq sozlamalarini avomatik yuborish protokolini o’rganish.
Nazariy qism. IP-manzillarni dinamik taqsimlash.
Agar lokal tarmoqqa yuzlab kompyuterlar ulangan bo’lsa, u holda kompyuterlarga IP-manzillarni qo’lda kiritish tarmoq administratori uchun qiyin vazifa bo’ladi.
Xostlarni dinamik konfiguratsiyalash protokoli (Dynamic Host Confuration Protocol) – bu kompyuterlarga IP-manzil va TCP/IP tarmoqlarida ishlash uchun zarur bo’lgan boshqa parametrlarni avtomatik olish imkonini beruvchi tarmoq protokoli. DHCP protokoli “mijoz-server” modeli asosida ishlaydi. Mijoz-kompyuterni avtomatik konfiguratsiyalash uchun tarmoq qurilmalari bosqichida DHCP severiga murojaat qiladi va undan kerakli parametrlarni oladi. Tarmoq administratori server tomonidan kompyuterlar orasida taqsimlanadigan manzillar diapazonini belgilashi mumkin. Bu kompyuterlarni qo’lda sozlashning oldini olish imkonini beradi va xatolar sonini kamaytiradi. DHCP protokoli ko’proq TCP/IP tarmoqlarida ishlatiladi.
DHCP protokoli IP-manzillarni taqsimlashning uch xil usulidan foydalanadi:

  • Qo’lda taqsimlash: tarmoq administratori har bir mijoz kompyuterining qurilma manziliga (MAC-manzilga) ma’lum IP-manzilni biriktiradi. Aslida, manzillarni taqsimlashning bunday usuli har bir kompyuterni qo’lda sozlashdan manzillar haqidagi ma’lumotlar markazlashgan holda (DHCP serverda) saqlanishi va kerak bo’lganda ularni almashtirish soddaligi bilan farq qiladi.

  • Avtomatik taqsimlash: har bir kompyuterga doimiy foydalanish uchun administrator tomonidan belgilangan manzillar diapazonidan ixtiyoriy bo’sh manzilni beradi.

  • Dinamik taqsimlash: bo’sh IP-manzil kompyuterga doimiy foydalanish uchun berilmaydi, balki ma’lum muddatga ijaraga beriladi.

Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma
Ushbu laboratoriya ishida sizdan IP-manzilni taqsimlash uchun server javobgar bo’ladigan lokal tarmoq modelini qurishingiz talab etiladi (6.1-rasm).









6.1-rasm. IP-manzilni taqsimlash uchun server javobgar bo’ladigan lokal tarmoq modeli
Quyidagi amallarni bajaring:

  1. Server, kommutator va uchta PC0-PC2 kompyuterdan iborat lokal tarmoq modelini yarating, ularni 6.1-rasmda ko’rsatilgandek bir biri bilan bog’lang.

  2. Server parametrlarini sozlang:

    1. Ishchi sohada Server0 ni tanlang.

    2. Server0 oynasidan Config bo’limiga o’ting va FastEthernet tugmasini bosing.

    3. FastEthernet bog’lanishi uchun IPning statik konfiguratsiyasini tanlang, 192.168.1.1 manzil va 255.255.255.0 niqobni kiriting.

    4. Server0 oynasidan Services bo’limini tanlang.

    5. Services bo’limidan DHCP tugmasini bosing.

    6. DHCP xizmati parametrlarini sozlang: boshlang’ich 192.168.1.10 IP-manzilni (Start IP Address), 255.255.255.0 niqobni, 200 – foydalanuvchilarning maksimal sonini (Maximum number of Users) kiriting va Save tugmasini bosing. Ko’rsatilgan amallarning bajarilishi natijasida Server0 oynasi 6.2-rasmda ko’rsatilgandek ko’rinish olishi lozim.

    7. Server0 oynasini yoping.





  1. PC0 kompyuteri parametrlarini sozlang:

    1. Ishchi sohadan PC0 kompyuterini tanlang.

    2. PC0 oynasida Config bo’limini tanlang va FastEthernet tugmasini bosing.

    3. Tarmoq adapter IP-manzil konfiguratsiyasi uchun DHCP rejimi tanlang (6.3-rasm)

    4. PC0 oynasini yoping.

  2. Xuddi shu tarzda DHCP dan foydalanib PC1 va PC2 kompyuterlarining tarmoq adapterlarini sozlang.

  3. Simulation rejimiga o’ting.

  4. Tarmoq bog’lanishini har bir kompyuterdan serverga oddiy paket yuborish yo’li bilan tekshiring.

Xulosa
Men bu labaratoriya Ishida Cisco packet Tracer dasturida tarmoq sozlamalarini avomatik yuborish protokolini o’rgandim.
Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish