Mavzu: Cho‘l zonasi



Download 41,29 Kb.
bet1/4
Sana14.04.2023
Hajmi41,29 Kb.
#927896
  1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Cho‘l zonasi dorivor o‘simliklari.


9-mavzu: Cho‘l zonasi dorivor o‘simliklari.
Reja:

  1. Cho‘l mintaqalarining iqlim va tuproq sharoitlari

  2. Respublikamiz cho‘l zonalari

  3. Cho‘l dorivor o‘simliklari biologiyasi va ekologiyasi

Kalit so’zlar: cho’l mintaqasi, qumli cho’l, gipsli cho’l, sho’rxok cho’l, glikogalofit, eugalofit, krinogalofit, galomezofitlar, galofitlar, psammofit, kalsefil, kalsefob.


Cho‘l mintaqasi iqlimi yoz oylarida anchagina issiqligi, deyarli yog‘ingarchilik bo‘lmasligi, havo haroratining ko‘tarilishi, jazirama (garmsel), ba’zan tinimsiz shamollarning mo‘lligi, havoning nisbiy namligining pastligi bilan o‘ziga xosdir.
O‘z navbatida, cho‘l mintaqasi qumli, gipsli, sho‘rxoq ekologik tiplarga ajratiladi.
Qumli cho‘l: O‘zbekistonning eng yirik qumli cho‘li bo‘lib, Qizilqum hisoblanadi. U geografik jihatdan Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ining o‘rta qismida dengiz sathidan 144-700m balandlikgacha bo‘lgan maydonlardagi ulkan cho‘l regionidir. Qumli cho‘lning (Qizilqum) iqlimi o‘ta qurg‘oqchil va keskin kontinental bo‘lib o‘rtacha ko‘p yillik yog‘ingarchilik miqdori 100-130mm. Yog‘ingarchilikning aksariyat qismi qish - bahor mavsumlariga to‘g‘ri kelib, yillar davomida 38 mm dan 243 mm gacha o‘zgarib turadi. Mintaqaning turli nuqtalarida yillik yog‘ingarchilik miqdori ham bir xil emas. O‘rtacha ko‘p yillik havo harorati +14,7°C. Eng sovuq davr yanvar oyiga to‘g‘ri keladi. Izg‘irin sovuq shamollar tez- tez takrorlanadi: qishi kam qorli va qor qoplami uzoq turmaydi; shimoliy qismida anchagacha cho‘zilishi mumkin. Eng yuqori issiq harorat (+47,2°C - 48,1°C) iyulga to‘g‘ri keladi. Havoning yillik o‘rtacha nisbiy namligi 45-47%. Boshqa ekologik cho‘l tiplari bilan taqqoslaganda o‘simlik qoplamiancha boyroq.
Qumli cho‘lda o‘suvchan yalpi 320 turning 174 tasi qumni sevuvchi(psammofit: psammos-qumni yoqtiruvchi, fiton-o‘simlik) tur hisoblanadi.
Ozuqabop turlarning yarmidan ortiqrog‘i mahalliy (endemik) turlar jumlasiga kiradi. Qumli cho‘llarda tarqalgan asosiy o‘simlik turlariga qandimlar, quyonsuyak, astragallar, iloq, qumarchiq, oq saksovul, selin, cherkezlar misolbo‘ladi.
Qumli cho‘lning tuproq tiplari va sharoiti xilma-xil bo‘lib, qumning zichlashish darajasi bilan belgilanadi. Odatda, qumli cho‘lda cho‘l tuproqlari va har-xil darajada zichlashib o‘simlik qoplami bilan mustahkamlangan qumli maydonlar ustivorlik qiladi. Qumli cho‘lga xos belgi-relefining notekisligidir.
Qizilqum yaylovlarining 60% dan ko‘prog‘i buta-barra o‘tli yaylov tipini tashkil etadi. Ular asosan qumli va qumloq massivlarda tarqalganbo‘lib, o‘simlik xillari, foydalanish xususiyatlari va ozuqa hosildorligi jihatidan nisbatan serhosil va talaygina qulay imkoniyatlarga ega. Qumli cho‘lga xos yaylov maydonining notekisligi, har-xil balandlikdagi butalarning serobligi, ob-havoning bo‘ronli paytlarida ularning chorva mollari uchun boshpana vazifasini o‘tay olishi, ozuqa zahiralari ularning xilma-xil turlaridan tashkil topganligi sababli qumli cho‘llar xo‘jalik yuritish borasida o‘ziga xos afzalligi bilan ajralib turadi.
Qumli cho‘llarning salbiy jihatlari jumlasiga ulardan tartibsiz foydalanganda jadalroq inqirozga uchrash hollari mavjudligini ta’kidlab o‘tmoq zarur.

Download 41,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish