Mavzu: Chlorophyta tipi, volvokslar


O`simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina)



Download 67 Kb.
bet3/3
Sana01.07.2022
Hajmi67 Kb.
#726946
1   2   3
Bog'liq
zoologiya mustaqil ish

O`simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) hujayrasida yashil rang beruvchi xromotoforalar bo`ladi. Hamma yashil xivchinlilar yashil o`simliklar singari yorug`da karbonat angidrid, suv va boshqa mineral moddalardan organik moddalar sintez qilish (fotosintez) xususiyatiga ega. O`simliksimon xivchinlilar tuzilishiga ko`ra bir hujayrali suv o`tlarini eslatadi.

Yashil xivchinlilar orasida Evglenasimonlar (Euglenoidina) turkumiga mansub bo`lgan hayvonlar chuchuk suvlarda ko`p uchraydi (1-rasm). Ko`pchilikka ma'lum bo`lgan yashil evglena (Euglena virides) chuchuk suv havzalarida yashaydi. Uning tanasi yupqa elastik pellikula po`st bilan qoplangan bo`lib, ikki uchi ingichkalashgan dukka o`xshaydi. Tanasining oldingi uchida bitta uzun xivchini, sitoplazmasida esa yirik pufaksimon yadrosi, tayoqqa o`xshash bir qancha yashil xromotoforalari, xivchini asosida qisqaruvchi vakuolasi va qizil dog`simon ko`zchasi joylashgan.


Tanasini egishi va shaklini birmuncha o`zgartirishi mumkin. Harakatlanayotgan evglenaning xivchini aylanib, parma singari buraladi va u oldinga qarab aylanma harakat bilan suzib ketadi.

Volvoks (Volvox sp). Volvoks chuchuk suvlarda keng tarqalgan koloniya bo`lib, yashovchi yashil xivchinlilarga kiradi. Volvoks koloniyasi sitoplazmatik ipchalar orqali o`zaro qo`shilgan juda ko`p hujayralardan iborat. Hujayralarning ko`pchiligi vegetativ (o`suvchi), oz qismi esa generativ (ko`payuvchi) hujayralardan iborat. Volvoks koloniyasining ko`rinishi ko`p hujayralilar embrionining blastula davriga o`xshaydi. Volvoks ko`p hujayralilarning kelib chiqishini o`rganishda katta ahamiyatga ega.

Hayvonsimon xivchinlilar (Zoomastigina) yakka yashovchi rangsiz bir hujayrali organizmlardir. Ularning ko`pchiligi parazit hayot kechiradi.


Volvokssimonlar (Volvocophyceae) — yashil suv oʻtlari sinfi. Yakka hujayra (donaliyella, xlamidomonada) yoki koloniya (volvoks, pandorina, eudofina) boʻlib oʻsadi, oʻsuv davrida harakatchan. Hujayrasida kosasimon pirenoidli xloroplast, qizil "koʻzcha", qisqaruvchi vakuol, 2 (baʼzan 4,8) ta xivchin boʻladi.


Yakka hujayra Volvoks qattiq qobiqsiz. Volvoks boʻyiga boʻlinish orqali, qobiqli V. zoosporalar hosil qilish orqali jinssiz koʻpayadi. Koloniya V.ning jinssiz koʻpayishi zoosporalarning koloniya ichida yana qoʻshilib, yangi koloniya hosil qilishi orqali sodir boʻladi. Jinsiy koʻpayish geologamiya, izogamiya, geterogamiya yoki oogamiya tarzida roʻy beradi. Asosan oqmaydigan chuchuk suvlarda, qisman tuproqda uchraydi. Qulay sharoitda juda tez koʻpayib suvning "gullashi"ga sabab boʻladi. Bir necha yuz turi maʼlum.
Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish