Mavzu: chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar hisobi reja: Buxgalteriya hisobida chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish tartibi


Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi



Download 295,76 Kb.
bet2/4
Sana25.01.2022
Hajmi295,76 Kb.
#410849
1   2   3   4
Bog'liq
moliyaviy hisob must ish

2. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi

Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar aktivlarning (konsignatsiya shartnomasi boʻyicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno) xarid qiymati (keyingi o'rinlarda – xarid qiymati) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

S= Shq + T + Bx,

bu yerda


S - chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning xarid qiymati;

Shq - Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha hisoblangan chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning shartnoma qiymati;

T - bojxona to'lovlari.

QQSni toʻlovchi korxonalar chetdan keltirilgan tovarlarga hisoblangan QQS summasini xarid qiymatiga qoʻshmaydi, balki umumiy belgilangan tartibda byudjetga toʻlashi lozim boʻlgan QQS ni aniqlashda chegirib boradi.

QQSni toʻlovchi boʻlmagan korxonalar chetdan keltirilgan tovarlarga hisoblangan QQS summasini xarid qiymatiga qo'shadi.

Oʻzining ehtiyojlari uchun chetdan keltirilgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobda boshlang'ich qiymati bo'yicha QQS summasini qo'shgan holda aks ettiriladi.

Bx - chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni sotib olish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar. Ushbu xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999 y., 2-son, 9-modda) "Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom"ning 1.1.12 bandiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 27-avgustda 44-son bilan tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS 4-son) “Tovar-moddiy zaxiralari” ga (1998-yil 28-avgust, ro'yxat raqami 486 - “Me'yoriy hujjatlar axborotnomasi” 1999 y., 5-son) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003- yil 9-oktyabrdagi 114-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS 5-son) “Asosiy vositalar” ga (2004-yil 20-yanvar, ro‘yxat raqami 1299 - O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 3-son, 35-modda) muvofiq shakllanadi.

Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni (konsignatsiya shartnomasi boʻyicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno) xarid qilish bilan bogʻliq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:

a) tovar-moddiy qiymatliklar va asosiy vositalar obyektlarini yuk bojxona deklaratsiyasini toʻldirish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha kirim (qabul) qilish:

debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);

kredit 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar" schyoti - qarzlarning joriy qismi yoki 7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti - qarzlarning uzoq muddatli qismi;

b) bojxona toʻlovlari (import uchun QQS dan tashqari) va chetdan keltirishda vujudga keladigan va belgilangan tartibda xarid qilish qiymatiga qo'shiladigan boshqa xarajatlar:

debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);

kredit 6410 “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyoti;

kredit turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);

d) QQSni toʻlovchi korxonalar uchun chegirishga olib borilgan QQS summasiga:

debet 4410 “Byudjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” schyoti;

kredit 6410 “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyoti;

e) QQS ni toʻlamaydigan korxonalar uchun xarid qiymatiga qo'shilgan QQS summasiga:

debet materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000) yoki tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);

kredit 6410 “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari bo'yicha)" schyoti;

f) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymatiga qoʻshiladigan QQS summasiga:

debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700); kredit 6410 “Byudjetga toʻlovlar bo'yicha qarz (turlari bo'yicha)" schyoti.

Konsignatsiya shartnomasiga asosan chetdan keltirilgan tovarlar boʻyicha operatsiyalar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) konsignatsiya shartnomasi boʻyicha chetdan keltirilgan tovarlar konsignatorning buxgalteriya hisobida balansdan tashqari 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyotining debeti bo‘yicha aks ettiriladi;

b) chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari bo'yicha bojxona toʻlovlari, QQS qoʻshilgan holda hisoblanganda:

debet 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;

kredit 6410 "Byudjetga toʻlovlar bo'yicha qarz (turlari boʻyicha)" schyoti;

d) chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari boʻyicha QQS va bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzlar toʻlanganda (qoplanganda):

debet 6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" schyoti;

kredit pul mablag'larini hisobga oluvchi schyotlar;

e) konsignatsiya tovarlari sotilganda:

debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti - shartnoma bahosi boʻyicha sotilgan tovarlar summasiga hisoblangan QQS (QQS ni toʻlovchilar uchun) qo'shilgan holda;

kredit 9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar" schyoti komissiya mukofotlari (rag'batlantirish) summasiga;

kredit turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) - tovar invoysi va BYD boʻyicha sotish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha konsignatsiya tovari qiymatiga;

kredit 6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" schyoti komissiya mukofotidan kelib chiqib aniqlanadigan QQS summasiga (QQS ni toʻlovchilari uchun).

Bir vaqtning oʻzida, sotilgan konsignatsiya tovarlari qiymatini hisobdan chiqarish balansdan tashqari 004 "Komissiyaga qabul qilingan tovarlar" schyotining krediti boʻyicha aks ettiriladi.

f) sotilgan konsignatsiya tovarlarining ulushiga toʻgʻri keladigan chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari boʻyicha QQS qo'shilgan holda bojxona toʻlovlari boʻyicha xarajatlarni ushbu tovarlarni sotish paytida moliyaviy natijalarga olib borib hisobdan chiqarish:

debet davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400);

kredit 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti.

Konsignatsiya shartnomasi boʻyicha olingan tovarlar konsignantga qaytarilgan hollarda, 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyotida aks ettirilgan bojxona to'lovlari va QQS bo'yicha konsignator xarajatlarining qaytarilgan tovarlar ulushiga toʻgʻri keladigan qismi konsignatorlarning moliyaviy natijalariga (davr xarajatlariga) olib borib hisobdan chiqariladi;

g) xaridorlar va buyurtmachilardan pul mablag'lari kelib tushganda:

debet pul mablag'larini hisobga oluvchi schyotlar;

kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;

h) byudjetga QQS bo'yicha (QQS ni toʻlovchilar uchun) qarzlar toʻlanganda (qoplanganda):

debet 6410 "Byudjetga toʻlovlar bo'yicha qarz (turlari bo'yicha)";

kredit pul mablag'larini hisobga oluvchi schyotlar;

i) konsignatorga qarzlar toʻlanganda (qoplanganda):

debet turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);

kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar.




Download 295,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish