Genetik uzoq formalar duragaylarining pushtsizligi. Yadro va sitoplazmaning mos kelmasligi natijasida gcnerativ to‘qimalar rivojlanishi jarayonidagi mitoz buzilish hamda meyozdagi xromosomalar konyugatsiyasining buzilishlari xromosoma to‘plamlari muvozanatlanmagan gametalaming paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lib, odatda, duragaylardagi pushtsizlikka olib keladi. Pushtsizlikni bartaraf qilishning metodlaridan eng samaradorligi, ko‘p qo‘llaniladigani bu - amfidiploiddir. Genetik uzoq formalami duragaylash mikroorganizmlar seleksiyasida ham ishlatiladi. Masalan, achitqining ikki tur duragayi o‘zida ikkala tur shakarni gidroliz qila oladigan fermentini mujassamlagan. Shuning evaziga ajratib olinadigan spirt miqdorini ko‘paytiradi. Bu duragay shtamm ko‘p vaqt davomida ajralish bermasdan kо‘pay a berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |