Mavzu: Chaqaloqlar va bolalar kasalliklari. Tug’ma anomaliyalar. Muddatdan oldin tug’ilgan chaqaloqlardagi buzilishlar Homila umumiy shishi


Yurakning bo’lmalari o’rtasidagi to’siq defekti



Download 264,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana29.01.2022
Hajmi264,35 Kb.
#415658
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
15-mavzu a61a9f0d1ce6663d40cb3a371f995be1

Yurakning bo’lmalari o’rtasidagi to’siq defekti
. Bunday nuqson yo yurak
bo‟lmalari o‟rtasidagi to‟siqning rivojlanishi embriogenezning beshinchi haftasida izdan 
chiqqanida yoki keyinchalik ikkilamchi to‟siq va cho‟zinchoq teshik paydo bo‟lib qolgan 
mahallarda yuzaga keladi. 14 yashargacha bo‟lgan bolalarda uchraydi. Yurakning
bo‟lmalari o‟rtasidagi to‟sitning birlamchi nuqsoni shundoqqina qorinchalar qopqog‟i ustida 
joylashgan teshik ko‟rinishiga ega bo‟ladi. 
Ikkilamchi to‟siq nuqsoni birlamchi to‟siqning yuqori qismida, cho‟zinchoq teshik 
ro‟parasidagi sohada joylashadi. To‟siqning umuman bo‟lmasligi yurakning uch kamerali 
bo‟lib qolishiga olib keladi. Yuqorida aytib o‟tilgan teshiklar bolaning ona qornida 
rivojlanish davrida odatdagi hodisa tariqasida mavjud bo‟ladi va bola tug‟ilganidan keyin
fibroz to‟qima bilan bekilib ketadi. Bordi-yu, fibroz to‟qima shu teshiklarni butunlay 
bekitib turmaydigan bo‟lsa, cho‟zinchoq teshik ochiqligicha qoladi. 
Qorinchalararo to‟siq nuqson venoz sinus nuqsoni deb ataladigan uchinchi xili ustki kovak
vena quyiladigan joy ostida bo‟ladi va bazan o‟ng o‟pka venalarining odatdan tashqari
joyga quyiladigan bo‟lib qolganligi bilan birgalikda uchraydi. Ikkilamchi to‟siq nuqsoni 
yurakning bo‟lmalari o‟rtasidagi to‟sig‟ining boshqa nuqsonlari orasida 90 foiz hollarda 


kuzatiladi, ko‟proq o‟gil bolalarda bo‟ladi, birmuncha bexatar bo‟lib o‟tadi va kasallar o‟rta 
yoshlarga etguncha umr ko‟radi. 
Yurak bo‟lmalari o‟rtasidagi patologik teshikning kattaligi har xil, bir necha 
millimetrdan bir necha santimetrgacha bo‟ladi. Qon chap yurak bo‟lmasidan o‟ng
bo‟lmaga o‟tib turadi. Kichik qon aylanish doirasi orqali qo‟shimcha qon o‟tib turishi o‟ng 
qorincha, o‟pka stvoli va uning tarmoqlari kengayib ketishiga olib keladi. O‟pka
gipertenziyasi nisbatan kechroq, odatda odam 30 yoshdan oshganidan keyin boshlanadi va
chap qorincha gipertrofiyaga uchrab, o‟ng yurak bo‟lmasida bosim ko‟tarilib ketishiga olib
keladi. Shu munosabat bilan yurak dekompensastiyasiga xos alomatlar paydo bo‟ladi,
kasallarni o‟limga olib boradigan asosiy sabab ham ana shu yurak dekompensastiyasidir.
O‟pka gipertenziyasida yuzaga keladigan paradoksal emboliya ham o‟limga sabab bo‟lishi 
mumkin.
Bunday hollarda embol yurak bo‟lmalari o‟rtasidagi to‟siq nuqsoni orqali o‟ngdan
chapga o‟tib, darrov katta qon aylanish doirasiga tushadi. 
Yurak to‟sigi shakllanishining izdan chiqishi to‟la yoki qisman atrioventrikulyar kanal
yuzaga kelishiga olib keladi. To‟la atrioventrikulyar kanal murakkab nuqsonlar jumlasidan
bo‟lib, bunda yurak bo‟lmalari o‟rtasidagi to‟siqning birlamchi nuqsoni va yurak qopqog‟i
tavaqalarining bo‟linib ketganligidan tashqari, qorinchalararo to‟sikda ham nuqson bo‟ladi, 
shu narsa bitta teshik yuzaga kelishiga olib boradi. 
Ochiq qolgan (saqlanib qolgan) Botallo yo‟li yurak nuqsonlarining eng ko‟p 
uchraydigan xillaridandir. Arterial yo‟l odatda karotid va o‟mrov osti arteriyasi 
boshlanishidan distalroq tomonda aortani o‟pka stvoli bilan tutashtirib turadi.
Embrional rivjlanish davrida qon aylanishi normal o‟tib turishi uchun zarur bo‟lgan 
mana shu yo‟l bola tug‟ilganidan keyin bir necha hafta yoki oy davomida bekilib, bitib 
ketadi. Ayni vaqtda buning ikki bosqichi tafovut qilinadi: bu yulning funkstional bekilishi 
(bir necha kundan 3-5 kungacha) Va anatomik obliterastiyasi (3-6 oy mobaynida).
Mana shu arterial yo‟l bekilmay qoladigan hol-Klarda qon aortadan o‟pka stvoliga 
otilib tushaveradi. Bunday yurak nuqsoni ko‟pincha qizlarda kuzatiladi. Uning paydo 
bo‟lishida qizilcha virusi tufayli boshlanadigan bachadon ichi infeksiyasining ahamiyati bor. Bu
nuqson ko‟pincha bolaning etilmay qolganligi va undagi respirator distresssindrom bilan 
birgalikda uchraydi. 
Botallo yo‟li oldingi ko‟ks oraligida, perikarddan tashqarida joylashgan bo‟ladi. Arterial 
yo‟lning tuzilishi har xil. U uzunligi 1 sm dan 2 sm gacha, diametri 1 mm dan 10 mm gacha 
boradigan, aorta bilan o‟pka arteriyasi stvolini tutashtirib turadigan muskul tipidagi tomirdir.
Boshqa hollarda bu yo‟l aorta stvoli bilan o‟pka arteriyasi o‟rtasidagi teshik ko‟rinishida 
ko‟zga tashlanadi. 
Arterial yo‟lning bitmay qolganidan darak beradigan xarakterli klinik simptom to‟sh 
suyagining chap tomonida qovurg‟alar orasida eshitiladigan dag‟al, keskin, tirnaganga uxshash
sistolik shovqindir, "mashina" shovqini deb shunga aytiladi. Bu kamchilikning oqibati
nisbatan xayrli. Bemorlar o‟rta yoshlarga borguncha umr ko‟radi. O‟ng yurak 
dekompensastiyasi, shuningdek bakterial endokardit, o‟pka gipertenziyasi, o‟pka stvoli 
anevrizmasi singari shu nuqsonga qo‟shilgan asoratlar bemorlarning o‟limiga sabab bo‟ladi.

Download 264,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish