Bugungi kunda 1,7 mln. o‘zbekistonliklar chet elda, asosan, Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilmoqda.
Mamlakat aholisining 55 foizdan ortig‘i yoshlardan iboratligi hamda yiliga mehnat bozoriga 600 mingga yaqin ishchi kuchi kirib kelayotgani mazkur muammoning naqadar muhimligidan dalolat beradi.
tashkiliy tanlov asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining 26 ta, Qozog‘istonning 14 ta ish beruvchi korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari, shuningdek Rossiya o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari bilan O‘zbekiston fuqarolariga kasbiy ta’lim berish, uni baholash hamda rus tiliga o‘rgatish ishlari bo‘yicha ikki davlat hududida amalga oshirishga qaratilgan bitimlar imzolangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |