FRANSUA RABLE - Fransuz gumanist yozuvchi Fransua Rable (1494-1553 yilar) o‘z g‘oyalarini qadimgi yozuvchilarning asrlaridan ko‘ra, ko‘proq xalq ijodidan olar edi. U o‘z asrlarini lotin tilida emas (o‘sha vaqtlarda yozganlaridek), balki ona tilida yozar edi. O‘z asrlarida u cherkov xodimlari, oq suyak huqumdorlar, s’holastlar ustidan qo‘lar edi. Rim, Jeneva va Sarbonna bir necha bor uni la’natlagan va har xil yo‘llar bilan ta’qib qilgan edi. O‘sha vaqtlarda Rablening asrlariga bo‘lgan talab g‘oyat darajada katta edi. Uning “Gargantyua va Pantagryuel” nomli romani ikki oy ichida sho‘nchalqk ko‘p nusxada tarqalgan ediki, hatto tavrot o‘n yil ichida sho‘nchalqk tarqalmagan edi. Bu roman barcha tillarga tarjima qilgan bo‘lib, xozirga qadar qayta-qayta nashr etilib kelmoqda. Rable o‘zining asrlarida kuchayib kelayotgan burjuaziya goyasini ma’qulladi va dunyoni ilmiy anglash g‘oyasi targ‘ib qildi. Rable sxalostlar ustidan ochchiq qo‘lib: “O‘g‘il bolaning o‘z murabbiylari rahbarligida ilohiy kitoblarni o‘rganganidan ko‘ra, umuman o‘qimagan ma’qul, chunki ularning fani-be’manillik, ularning bilimdonligiga esa batamon uydirmadir ” – degan edi. U o‘quvchilarning erkin fikrlashga va erkin harakt qilishga olib keladigan tarbiyani ilgari surdi. Rable tarbiya orqali inson shahsiy ahloqiy, aqliy va jismoniy tamonlarini tarkib toptirishni istadi. U butun madaniyat va ta’limni o‘quvchilar uchun yoqimli formada ifodalashni tavsiya qiladi. Rable tarbiyachilar uchun rejim zarurligini, ularning mayshiy hayoti uchun gigieni zarurligini, jismoniy mashqlarning aqliy mashg‘ulotlar va ovqatlanish rejimi bilan qo‘shib olib borish kerakligini talab qiladi. U badanni yuvib turishni, massaj qilishni terlagandan keyin kiyimni almashtirishni; mashqlarni va jismoniy kuch meyorini asta-sekin murakkablashtirib borishini tavsiya qiladi. U faqat qadimgi mashqlarni emas balki o‘sha vaqtlarda dvoryanlar, shaharliklar va dehqonlar o‘rtasida odat bo‘lagan mashqlarni ham ilgari suradi. Tarbiyachilar yugurishlari, sakrashlari va irg‘itishlari; kamalakdan, jamoan, eski og‘ir miltiq va zambarakdan otishlari; ko‘krak bilan, chalqonchasiga, yon bilan suzishlarni o‘rgatar edi.
Mavzuni o‘zlashtirsh uchun savollar
1.Feodalizm еmirilish davrida jismoniy madaniyat to‘g‘risida ma’lumot bering?
2.Jismoniy madaniyat xaqida nazariy bilimlarning dunyoga kelish sabablari nimalarga asoslangan?
3.Platon Jismoniy mashqlarni asosiy g‘oya degan fikrlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot bering?
4. Gippokratni aytishicha kasalliklarni davolashda jismoniy mashqlar asosiy vosita ekanligi haqida nimalar bilasiz?
5. Klavdiy Galen Ovqatlanish gigienasini va jismoniy mashqlar gigienasini alohida fan darajasiga ko‘targanligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar bering?
Talabalarni mustaqil tayyorgarligi uchun topshiriqlar
Quyidagi mavzular buyicha “ Mustaqil ish” yozing va bilimingizni namoyon qiling.
1.Feodalizm еmirilish davrida jismoniy madaniyat
2.Jismoniy madaniyat xaqida nazariy bilimlarning dunyoga kelishi.
3.Gumanistlarning ideallari.
4.Vittorino de Feldre maktabi, Merkurialisning muxofazolovchi tabobati.
6 Rablening jismoniy madaniyat to‘g‘risidagi fikrlar
Do'stlaringiz bilan baham: |