Kurs ishi maqsadi:Byujetlararo munosabalar va uning xususiyatlari:
haqida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi ob’ekti: Byujetlararo munosabalar va uning xususiyatlari
bilan tanishtirish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Byujetlararo munosabalar va uning xususiyatlari
bilan tanishtirish ko’nikmalari.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
1. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda byujetlararo munosabalarning o’rni
O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar yanada chuqurlashgan davrda, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi moliya, budjet sohasida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirish hozirgi kunning asosiy talabidir.
O’zbekiston demokratik davlat qurishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yar ekan, bunda davlat budjetini shakllantirish muhim o’rin tutadi. Iqtisodiyotda bozor munosabatlari asta - sekinlik bilan shakllanib va rivojlanib borayotgan bir paytda davlatning doimiy vazifalarini bajarishi uchun markazlashgan moliyaviy mablag’larga ega bo’lish zaruriyati kuchayib boradi.
Demokratik davlat tuzilishining muhim tarkibiy qismi mahalliy davlat boshqaruv organlari va ularning faoliyati hisoblanadi. Mahalliy davlat boshqaruv organlari o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun, muayyan mulk va moliya - budjet huquqiga ega bo’lishi shart. Mahalliy hokimiyat idoralari hokimlar, xalq deputatlari kengashlari o’z vakolatlari doirasida davlat moliya faoliyatini amalga oshiradilar.
Hududiy davlat boshqaruv organlari moliyaviy tizimining asosiy tarkibiy qismi - bu mahalliy budjet hisoblanadi.
Mahalliy budjetlar orqali xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport muasassalarini, mahalliy hokimiyat boshqaruv organlarini, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar moliyalashtirib boriladi. Shu bilan birga mahalliy budjetlar aholini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning olib borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining deyarli 100 foizi mahalliy budjetlar tomonidan moliyalashtiriladi.
Budjetning bosh funktsiyasi davlatning yashab turishiga moddiy sharoit yaratish, ishlab chiqarish munosabatlarini, takror ishlab chiqarishni ta’minlash uchun milliy daromadni qayta taqsimlashda xizmat qiladi. Mahalliy budjetlar O’zbekiston Respublikasi davlat budjetida muhim tarkibiy qismni tashkil etadi va mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko’rsatishlarida moliyaviy manba bo’lib hisoblanadi. Mahalliy budjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to’laroq qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarining bajarilishi bilan chambarchas bog’langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Mahalliy hokimiyat organlariga mahalliy budjet daromadlarining ko’payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi vazifasi yuklatiladi. Iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur’atlari to’g’ridan-to’g’ri mahalliy xo’jalik zahiralarini safarbar qilish, mablag’larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bevosita bog’liq bo’ladi, bu esa o’z navbatida O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining ijrosini ta’minlashda yordam beradi1.
Mahalliy budjetlar orqali mahalliy hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni moliyaviy manbalar bilan ta’minlab boriladi.
O’zbekistonda olib borilayotgan islohotning chuqurlashishi mahalliy hokimiyat organlarini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolini yanada oshirib, moliya-budjet sohasidagi huquqlarini kengaytirish va ularning moliyaviy bazasini mustahkamlashni talab qiladi. Mahalliy budjetlarning salmog’i oshishi ustun ravishda xarajatlarning oshib borishi bilan bog’liq. Ya’ni davlat iqtisodni, ijtimoiy infrastrukturani, ishchi kuchini tayyorlash bilan bog’liq xarajatlarni joylarga berib bormoqda, mahalliy budjetlardan davlat takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etishda keng foydalanmoqda, mahalliy boshqaruv davlatning joylarda maqsadga muvofiq bo’lgan vazifalarini bajaradi.
O’zbekiston Respublikasi mahalliy budjetlari tomonidan xarajatlarni amalga oshirish uchun daromadlarga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun mahalliy budjet daromadlarini shakllanishining amaldagi holati va ushbu jarayondagi daromad manbalarini tahlil qiladigan bo’lsak, avvalambor daromadlarning shakllanishiga e’tibor berish lozim. Mahalliy budjet daromadlarining manbalari tarkibiga mahalliy soliqlar va yig’imlar, umumdavlat soliqlardan ajratmalar, subventsiyalar, dotatsiyalar, ssudalar, meros olish, hadya etish bo’yicha umumdavlat mulkiga o’tgan mablag’lar, jismoniy, yuridik va chet el davlatlardan qaytarilmaydigan mablag’lar, davlat mulkini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar hamda boshqa daromadlar kiradi.
Mahalliy budjet daromadlari
man
1.1-rasm. Mahalliy budjet daromadlari manbalari2
Mahalliy budjetlarni daromadlarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasinining “Budjet kodeksi”ning 52-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Shunga muvofiq mahalliy budjetlar daromadlari o’z daromadlari (mahalliy soliqlar va yig’imlar) va yuqori budjetdan ajratiladigan ajratmalar (umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, dotatsiya va subventsiyalar) hisobidan shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |