Ijara subyektlari-b\x ijaraga oluvchi va beruvchilardir, ijara obyekti esa-bu ijara shartnomasi asosida olingan moddiy qiymatliklardir.
O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi ijaraga berilgan davlat mulki bo'yicha yig'ma (jamlanma) maiumotni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha taqdim etadi.
Ijara to’lovi bo'yicha hisob-kitoblar ijara to'lovini hamda, zarurat tug'ilganda, kommunal va foydalanish to'lovlarini o'z ichiga oladi. Ijara to’lovi ijaraga oluvchi tomonidan ijara to’lovining oxirgi belgilangan miqdoridan va ijaraning qolgan muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan davrlar (har chorakda, har oyda va shu kabi) bo'yicha teng miqdorda toianadi. To'lov ijara shartnomasida ko'rsatilgan muddatlarda har bir navbatdagi davr (chorak, oy va shu kabilar) uchun yuz foiz oldindan toiash shaklida amalga oshiriladi. Asosiy fondlarni qayta baholash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarni qayta baholash—asosiy vositalar obyektlarining tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat bo'yicha aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning boshlang'ich (tiklash) qiymati qayta baholangan hollarda qayta baholash o'tkazilgan sanadagi ularning jamlangan eskirishi asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati o'zgarishining tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyingi hisoblanadigan eskirish qayta baholangan qiymati hisobidan amalga oshiriladi.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar qiymatining oshishi:
dastlabki qiymatini oshishi
Debet: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 28-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
eskirish summasini oshishi
Debet: 28-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Qayta baholash natijasida asosiy vositalar qiymatining kamayishi:
dastlabki qiymatini kamayishi
Debet: 28-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
eskirish summasini kamayishi
Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 28-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Qayta baholash natijasi hisob va hisobotda joriy qiymat bo'yicha aks ettiriladi. Qayta baholashdan maqsad bu asosiy vositalarning qiymatini bozor baholari doirasida tenglashtirishdan iboratdir. Bu jarayon O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har yili 1-yanvar holatiga belgilangan stavkalar asosida tartibga solinib boriladi.