Mavzu: Byudjet tashkilotlarida uzoq muddatli aktivlar hisobi Reja


Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish



Download 269,5 Kb.
bet3/8
Sana25.02.2023
Hajmi269,5 Kb.
#914352
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayeva Shohida .uzoq .muddat.aktiv

3.Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish


Kelib tushadigan asosiy vositalar obyektining qiymati budjet tashkiloti balansiga kiritilishi lozim.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi:

  • oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha obyektni sotib olish;

Misol: Asosiy vositalar sotib olinganda:

  1. sotib olingan asosiy vositalarning qiymatiga (sotib olish narxi, shuningdek, yetkazib berish va boshqa qo'shimcha xarajatlar)

Debet: 072 «Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar»
Kredit: 15, 16 va 17-hisobvaraqlarning tegishli analitik hisobvaraqlari

  1. Asosiy vositani dastlabki qiymati bo'yicha kirim qilinishi

Debet: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
Kredit: 072 Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar

Tashkilotning o'zi tomonidan, shuningdek, pudrat shartnomasiga aso­san qurilgan asosiy vosita obyektlarining kirim qilinishi
Debet: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
Kredit: 071 Tugallanmagan qurilish

  • beg'araz kelib tushish;

Asosiy vositalar beg'araz olinganda:

  1. belgilangan tartibda aniqlangan bozor qiymati bo'yicha Debet: 072 «Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar»

Kredit: 262 «Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari bo'yicha daromadlar»

  1. Asosiy vositalarni yetkazib berish va boshqa qo'shimcha xarajatlar summasiga (agar amalga oshirilsa):

Debet: 072 «Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar»
Kredit: 15, 16 va 17-hisobvaraqlarning tegishli analitik hisobvaraqlari d) asosiy vositani dastlabki qiymati bo'yicha kirim qilinishi Debet: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 072 «Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar»

  • tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o'tkazish;

SMs asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) obyektlarini aniqlash;

  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.

Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo'yicha amalga oshiriladi.
Sotib -olingan asosiy vositalar, tugallangan qurilishlar va inshootlar,1 shuningdek, tashkilotning o'zida tayyorlangan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi va ularga qilingan barcha xarajatlarning to'liq summasida, jumladan, mazkur asosiy vositalarni foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan yetkazib berish va montaj qilish, o'rnatish, ishga tushirish va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi.
Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:

  • yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo'yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to'lanadigan summalar;

№ asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda to'langan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar summalari, shu jumladan, bojxona bojlari va yig'imlari (agar ular qoplanmasa);

  • asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bog'liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to'langan summalar;

  • asosiy vositalarni yetkazib berish (qurish) xatarini sug‘urtalash bo'yicha xarajatlar;

  • asosiy vositalar obyektini sotgan vositachilarga to'lanadigan haqlar;

  • asosiy vositalarni o'rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;

  • aktivdan foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlar.

Tashkilotning o'zida tayyorlangan (qurilgan) asosiy vositalarning dastlabki qiymati asosiy vositalarni tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo'yicha amalga oshirilgan barcha haqiqiy xarajatlar summasi (tannarxi) bo'yicha aks ettiriladi.
Beg'araz olingan asosiy vositaning dastlabki qiymati buxgalteriya hisobida mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi ularning belgilangan tartibda aniqlangan joriy qiymati bo'yicha aks ettiriladi.
Hisobga qabul qilingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o'zgartirishga asosiy vosita obyektlarida amalga.» oshirilgan qo'shimcha qurish, qo'shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya qilish, qisman tugatish va qayta baholash amalga oshirilgan hollarda ruxsat etiladi.
Qo'shimcha qurish, qo'shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlariga asosiy vositalar obyektining texnologik yoki xizmat mo'ljalining o'zgarishi, oshirilgan ishlar ko'lami va sifatni yanada yaxshilashga doir boshqa hollar tufayli qilinishi lozim bo'lgan ishlar kiritiladi.
Rekonstruktsiya qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini oshirish bilan bog'liq bo'lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o'zgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilish loyihasi bo'yicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy vositalar obyektlarini qayta qurish kiritiladi.
Modernizatsiya qilishga ilg'or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni zamonaviylashtirish va ularni yangilari, unumdorligi yanada yuqori bo'lganlari bilan almashtirish asosida asosiy vositalar va ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar majmuasi kiradi.
Asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turish ularni ta’mirlash 3 xil ko'rinishda, ya’ni joriy, o'rtacha va kapital tarzda amalga oshiriladi.

Download 269,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish