Mavzu: Byudjet hisobi va nazoratida moliyaviy aktivlar hisobi


-rasm. Budjet tashkilotlari budjetdan tashqari pul mablag’lari bo’yicha hisobot shakllari



Download 322,35 Kb.
bet16/21
Sana02.02.2022
Hajmi322,35 Kb.
#425671
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Moliyaviy aktivlar hisobi

2.3.1-rasm. Budjet tashkilotlari budjetdan tashqari pul mablag’lari bo’yicha hisobot shakllari


Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot tashkilotlar tomonidan hisobot davri mobaynida faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlarni, vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishdan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga ko’rsatilgan homiylik (beg’araz) yordamlar hisobidan tushgan tushumlarni, shuningdek hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan va rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilgan byudjet mablag’lari harakatini aks ettirish uchun tuziladi.
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot shaklini tuzishdan oldin tashkilotlar:

  • hisobot choragi mobaynidagi faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishga, vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishga, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko’rsatilgan homiylik (beg’araz) yordamlarga, shuningdek hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan byudjet mablag’lariga doir dastlabki hujjatlarni to’liqligini;

  • hisob raqamlardan olingan ko’chirmalarni va tegishli hisob registrlari ma’lumotlarini to’g’riligini tekshirib chiqadilar.

Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobotni tuzishdan oldin tibbiyot muassasalari:

  • hisobot choragi mobaynidagi jamg’arma mablag’larining shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarni to’liqligini;

  • hisob raqamlardan olingan ko’chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini tekshirib chiqadilar.

Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot Oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo’ljallangan.
Oliy ta’lim muassasalari mazkur hisobotni tuzishdan oldin quyidagilarni to’g’riligini tekshirib chiqadilar:

  • o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’larning

shakllanishi va sarflanishiga oid barcha dastlabki hujjatlarning to’liqligini;

  • analitik hisob ma’lumotlarining tegishli sintetik hisob ma’lumotlarga muvofiqligini;

  • tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to’liq va to’g’ri yozilganligini. Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.

Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot tashkilotlarning quyidagi byudjetdan tashqari mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun mo’ljallangan:

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari

Pensiya jamg’armasining ijtimoiy nafaqalarni to’lash uchun mablag’lari;

  • o’tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi;

  • maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar;

  • maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar (musiqa va san’at maktablari);

  • xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo’yicha hisobkitoblardan tushadigan tushumlar;

  • kapital qo’yilma mablag’lari bo’yicha depozitlar;

  • boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to’lovi;

  • budjet tashkilotlarining boshqa byudjetdan tashqari mablag’lari; - kreditlar.

Hisobotni tuzishdan oldin tashkilotlar:

  • hisobot choragi mobaynidagi barcha mazkur byudjetdan tashqari mablag’larining shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarni to’liqligini;

  • hisob raqamlardan olingan ko’chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini tekshirib chiqadilar.

Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.
Bo’ysunish bo’yicha yuqori turuvchi tashkilotga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Markazlashtirilgan buxgalteriyada moliyaviy hisobotlar u tashkil etilgan boshqaruv idorasi yoki tashkilot rahbari tomonidan hamda markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi.
Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi nazorati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat va taftish boshqarmasi va uning xududiy bo’limlari tomonidan o’rnatilgan tartibda o’tkazilib boriladi. Nazorat taftish jarayoni reja asosida amalga oshirilib natijalari bo’yicha dalolatnomalar tuziladi va keyingi jarayonda byudjet tashkilotlari ko’rsatildgan kamchiliklarni bartaraf etish chora tadbirlarini belgilaydi.
Budjet tashkilotlari tomonidan kamchiliklarni oldini olish maqsadida ichki nazorat tizimiga alohida e’tibor qaratiladi.
Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar ichki nazorati amaldagi qonuniy xujjatlar talablari asosida buxgalteriya hizmatini yo’lga qo’yish orqali ta’minlansa, ularni mavjudligi xolati inventarizatsiya o’tkazish orqali nazorat qilib boriladi.
Moliyaviy aktivlarni inventarlash asosan kassadagi naqt pul mablag’lari hamda pul xujjatlariga moddiy javobgar shaxslar bo’yicha o’tkaziladi.
Quyidagi hollarda inventarlash o’tkazilishi shart:

  • moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish kunida);

  • inventarizatsiya o’tkazish rejasiga asosan; - yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan.

O’rnatilgan tartibga muvofiq pul mablag’lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda bir marta inventarlanadi.
Inventarizatsiya o’tkazish bo’yicha tashkilot raxbari tomonidan inventarizatsiya komissiyasi tarkibi buyrag’ asosida tasdiqlanadi.
Inventarlashni o’tkazish uchun budjet tashkiloti tarkibida:

  • budjet tashkiloti rahbari yoki uning o’rinbosari (komissiya raisi);

  • bosh buxgalter;

  • boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) bo’lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari tuziladi.

Kassadagi naqt pul mablag’lar xolatini nazorat qilib borish bo’yicha doimiy faoliyat qiluvchi inventarizatsiya komissiyasi tarkibi tasdiqlanadi va xar oyda bir marotaba tasodifiy inventarizatsiya o’tkaziladi.
Inventarlash komissiyalari a’zolari pul mablag’lari kamomadi va ishlatib yuborgani yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida ro’yxatga boyliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to’g’risida ataylab noto’g’ri ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Pul mablag’larining haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarlash komissiyasi inventarlash paytidagi eng so’nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobotlarni olishi kerak.
Moddiy javobgar shaxslar inventarlash boshlanishiga qadar pul mablag’iga doir barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular javobgarligiga kelib tushgan barcha mablag’lar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan o’chirilgani to’g’risida tilxat beradilar.
Budjet tashkilotlarining rahbarlari pul mablag’lari bo’yicha inventarizatsiyani to’g’ri hamda o’z vaqtida o’tkazilishi va ularning kutilmaganda o’tkazilishini ta’minlash uchun javobgardir. Ular boyliklarning haqiqatda mavjudligini qisqa muddatlarda to’liq va aniq tekshirishni ta’minlaydigan sharoitlarni yaratib berishlari shart.
Pul mablag’larni inventarlash bilan bir vaqtda tashkilotning buxgalteriyasi tegishli barcha schyotlar bo’yicha yozuvlarni korrespondentsiyalanuvchi schyotlar bilan qiyoslagan holda tekshirishi kerak. Inventarlashni rasmiylashtirish uchun moliyaviy aktivlarni inventarlash bo’yicha birlamchi hisob hujjatlari shakllari qo’llanishi lozim.
Inventarlashlar to’g’ri o’tkazilganini nazorat tariqasida tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va inventarlash to’g’ri o’tkazilganligini nazorat tariqasida tekshirishlarni hisobga olish daftarida ro’yxatga olinadi.
Budjet tashkilotlarida o’tkazilgan inventarizatsiya natijalarini (kamomad yoki ortiqchaliklarni) hisobda aks ettirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004 yil 10 martdagi qo’shma qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2004 yil 6 aprelda 1334-son bilan ro’yxatga olingan Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to’g’risidagi Nizom hamda Moliya vazirining 2010 yil 17 dekabrdagi 105-son buyrug’i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Yo’riqnoma bilan tartibga solinadi.
Tashkiloti buxgalteriyasi tomonidan moliyaviy aktivlar hisobini davriy nazoratini uzluksiz amalga oshirish talab etiladi. Bizningcha moliyaviy aktivlar hisobini nazoratini quyida keltirilgan jadvalni (3.1.1- jadval) to’ldirilishi asosida amlaga oshirilsa ko’rsatkichlarni buxgalteriya hujjatlari, hisob registrlari hamda hisobot ma’lumotlari bilan muvofiqligini ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

Download 322,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish