Mamlakatimizda davlat moliyasini samarali boshqarish tizimi hisoblangan byudjetning g’azna ijrosiga o’tilishi budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarning pul mablag’larini o’z ichiga qamrab oldi. Bunda budjet pul mablag’larini konsolidatsiyasi g’aznachilik bo’limlarida aks ettirilishi tartibi yo’lga qo’yildi. Budjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda moliyaviy aktivlar ya’ni pul mablag’lari hisobi alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2016 yilning asosiy yakunlari va 2017 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida: “Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir. ”1- deb ta`kidlaganlari barchamizga birdek mas`uliyat yuklaydi.
Budjet tizimi sohasida amalga oshirilgan islohotlar asosida bosqichma- bosqich Davlat budjeti g’azna ijrosiga o’tilishi budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarni pul mablag’lari hisobini yuritishda o’zgarishlar amalga oshirilishiga sabab bo’ldi. Ya’ni budjet tashkilotlarini banklardagi budjet va budjetdan tashqari hisob varaqlari yopilib pul mablag’lari yagona g’azna hisobvarag’iga o’tkazildi. Natijada har bir budjet tashkiloti uchun mablag’lar mabaalari bo’yicha g’aznachilik organlarida shaxsiy hisobvaraqlar ochildi va hisoblashuv amalga oshirib kelinmoqda. Davlat budjeti g’azna ijrosi sharoitida budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar ya’ni pul mablag’lari hisobini yuritishni yanada yaxshilash, ularni nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o`rganish orqali amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqib kurs ishi mavzusi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi bo’lib, budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini yuritishini alohida xususiyatlarini o’rganish va shu asosida nazariy axamiyatga ega tavsiyalar ishlab chiqib tegishli xulosalarga kelish hisoblanadi.
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishning nazariy uslubiy asoslarini o’rganish;
budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishni nazariy jihatdan asoslash;
budjet hamda budjetdan tashqari pul mablag’lar hisobini yuritish amaliyotini nazariy jihatdan o’rganish;
budjet tashkilotlarida naqd pul bo’yicha hisoblashuvlarni tashkil etishda kassa muomalalarini yuritishni nazariy jihatdan o’rganish;
moliyaviy aktivlar bo’yicha hisobotlarni tuzish va ular nazoratini tashkil etish masalalari bo’yicha tavsiyalar hamda tegishli xulosalar shakllantirish hisoblanadi.
Kurs ishining tarkibi kirish, ikkita bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, kurs ishining maqsadi va vazifalar, amaliy-nazariy ahamiyati hamda tarkibiy tuzilishi, ko’rsatilgan.
Kurs ishining “Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishining nazariy - uslubiy asoslari” nomli birinchi bobida budjetning g’azna ijrosi tizimida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari hamda o’ziga xos xususiyatlari, me’yoriy – huquqiy asoslari yoritib berilgan.
Kurs ishining “Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishning amaliy jihatlari” nomli ikkinchi bobida hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, kassadagi pul mablag’lari hamda moliyaviy aktivlar bo’yicha hisobotlarni tuzish va ular nazoratini tashkil etish masalalari yoritib berilgan.