Shaxsiy hisobvaraqlardagi byudjet mablag’lari bo’yicha
1
Budjet mablag’lari hisobidan xodimlarga beriladigan ish haqi summasi kassaga kirim qilinganda (ish xaqi bo’yicha
120
232
moliyaviy majburiyat to’lab berilganda)
2
Budjet mablag’lari hisobidan ish haqiga nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi o’tkazib berilganda (ish haqiga ajratmalar bo’yicha moliyaviy majburiyat to’lab berilganda)
161
232
3
Kapital qurilish bo’yicha pudratchilarga bajarilgan ishlar uchun byudjet mablag’i hisobidan o’tkazilganda (qurilishta’mirlash ishlari bo’yicha moliyaviy majburiyat to’lab berilganda)
150
232
Bankdagi hisobvaraqlardagi byudjet mablag’lari bo’yicha
1
Tasdiqlangan smeta doirasida tashkilotni saqlash uchun byudjetdan moliyalashtirish amalga oshirilganda
Budjet mablag’lari hisobiga hisobvaraqdan xodimlarga beriladigan ish haqi kassaga olinganda
120
100
4
Budjet mablag’lari hisobidan ish haqiga nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasi o’tkazib berilganda
161
100
*Muallif tomonidan adabiyotlardan foydalangan xolda tuzilgan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablag’lar shakllantirish imkoniyati berilgan.
Ushbu qarorga muvofiq byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet mablag’lari bo’yicha tejab qolingan mablag’lar, faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar, balansida bo’lgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun hujjatlariga muvofiq olingan mablag’larning bir qismi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan homiylik yordami (beg’araz yordam) hisobidan shakllantirilashi belgilangan.
Shuningdek rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga birinchi navbatda kreditorlik qarzlarni tugatish, moddiy texnika ba’zasini mustaxkamlash, xodimlarni moddiy rag’batlantirishga yo’naltirilishi belgilangan. Ta’lim muassasasining maxsus mablag’lari bo’yicha boshqa tushumlar ya’ni ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan.
Tibbiyot muassasalarida tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari qonunchilikka muvofiq tegishli manbaalar hisobiga shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi (2.1.1-rasm).
Ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 26 fevralda 2431 - son bilan ro’yxatdan o’tgan “Oliy va o’rta maxsus, kasbhunar ta’limi muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi to’g’risida” Nizomga ko’ra o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan mablag’lar tushumi amalga oshiriladi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.