Mavzu: buxoroda shayboniylar davridagi yodgorliklar



Download 42,1 Kb.
bet1/2
Sana23.06.2022
Hajmi42,1 Kb.
#695716
  1   2
Bog'liq
BUXORO YODGORLIUKLARI


https://www.sayyoh.com/
http://turizm.kasaba.uz/uz/sights_of_uzbekistan/sights_of_bukhara/123

MAVZU: BUXORODA SHAYBONIYLAR DAVRIDAGI YODGORLIKLAR
REJA :
KIRISH

I BOB BUXORODA SHAYBONIYLAR DAVRIDA QURILGAN MEMORIY YOD GORLIKLAR


    1. MIR ARAB MADRASASI , MADRASAYI MODARIXON ,DASHMAYI SHOSHON VA BASHOUDDIN DASHMASI.


1.2 XVI ASR BUXORO ME’MORCHILIGIDA ASOSIY RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI.

II BOB XVI-XVII ASRLARDA BUXORO MEMORCHILIGI.

1.1 ABDULLAHON II DAVRIDA QURILISH ISHLARI .

1.2 BUXORO XONLIGINING DARVOZALAR.

XULOSA
FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR

I BOB BUXORODA SHAYBONIYLAR DAVRIDA QURILGAN MEMORIY YOD GORLIKLAR



    1. MIR ARAB MADRASASI , MADRASAYI MODARIXON DASHMAYI SHOSHON VA BASHOUDDIN DASHMASI

Mir Arab madrasasi – Buxoro shahridagi Minorai Kalonning qarshisida joylashgan me’moriy yodgorlik. “Mir Arab” madrasasi shahar markazida, aniqroq qilib aytilsa, qadimiy Shahristonda joylashgan bo‘lib, ikki ulkan gumbazi bilan boshqa tarixiy binolardan ajralib turadi. Madrasaning kirish qismi kunbotar tomondadir. Darvoza ulkan peshtoq ostida joylashgan. Bino to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, unda 114 ta xona bor. Madrasaning ichki qismi ham ajoyib tarzda loyihalashtirilgan. Hujralarni to‘rtta ulkan peshtoq ajratib turadi.


Madrasa binosini milodiy 1530–1536 (hijriy 936–942) yillari shayx Mir Arab qurdirgan. Xalq orasida “Mir Arab” nomi bilan mashhur bo‘lgan bu olimning asl ismi Sayyid Abdulloh Yamaniydir. U yigirma ikki yoshida ilm izlab Samarqandga keladi va Xoja Ahror Valiyga shogird tushadi. Xoja Ahror Valiy vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Muhammad Bakr Sayyid Abdullohni Buxoro amiri Ubaydullohxon bilan tanishtiradi. Tez orada u ilm-ma’rifati bilan el orasida taniladi, hurmat qozonadi.
Turkistonning Sabron (Savron)ida 2 koriz (er osti arig‘i) qazdirgan, suv chiqargan, qal’a bino yetib, Shofirkon, Vobkent, G‘ijduvonda ko‘p joylarni obod qilgan (Shofirkonda Mir Arab qal’asi saqlangan). U naqshbandiya tariqatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Madrasa qurilishini nihoyasiga yetkaza olmagan, 1536 yil boshida Mir Arab vafot etgan va uning vasiyatiga ko‘ra kuyovi Shayx Zakariyo qurilishni oxiriga yetkazgan. Xattot Mirali Fathobodiy-Buxoriy ushbu forsiy qit’ani Madrasa darvozasiga yozgan: “Mir Arab faxri Ajam onki kard — Madrasai olii bas bul ajab. Bul ajab on ast ki tarixi u: Madrasai olii Mir Arab”.
Madrasa O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida bo‘lib, sho‘rolar davrida diniy o‘quv yurti faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, 1945 yilda yana tiklangan. O‘quv muddati 4 yil o‘quv yurti kunduzgi bo‘limiga 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan o‘rta va to‘liqsiz o‘rta ma’lumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlar hamda umumta’lim fanlari o‘qitiladi. Talabalarga arab, ingliz, rus va fors tillari ham o‘rgatiladi. Darslar o‘zbek va arab tillarida olib boriladi.
Me’morchiligi: Bosh tarzi ulkan peshtoqli, darvozasi orqasida 5 gumbazli miyonsaroy, ikki yonida baland gumbazli keng darsxona va masjid, go‘rxona joylashgan. Koshinkori naqshlar yozuvlar bilan uyg‘unlashgan (saqlanmagan). Go‘rxona ichi gumbaz osti bag‘ali qalqonsimon muqarnasli, shipi va devorlari ganch o‘ymakorligida bezatilgan, izorasi rangbarang koshinli. Go‘rxonada Ubaydullaxon (1537 yil v. ye.)ning yog‘ochdan xotamkori usulida ishlangan sag‘anasi va Mir Arab, uning qarindoshlari qabrlari bor.
Madrasaning umumiy tarhi 68,5×51,8 m, hovli 35,4×31,3 m, darsxona 8×8 m. Hovlisi to‘rtburchak shaklida bo‘lib, atrofini oldi ravoqli, ikki oshyonli 114 hujra o‘rab turadi. Tomonlar o‘rtasidagi 4 baland peshtoqli darsxona — ayvon hovli mahobatini oshiradi. Tuzilishi jihatidan naqshinkor jan. peshtoqning dastlabki qiyofasi saqlanib qolgan, bu naqshlarning tarkibiy qismida yulduzsimon bezaklar uchraydi. Undagi bezaklarning saqlanib qolgan ayrim parchalaridan naqshlar g‘oyat nafis va nozik bo‘lganligini bilish mumkin. Rivoyatlarga ko‘ra, Madrasa asosi chuqur qilinib, tog‘ toshlari bilan mustahkamlangan, qor, yomg‘ir suvini qochirish uchun tazarlar ishlangan, ular orqali suvlar shahar qo‘rg‘onidan tashqariga chiqarilgan.
Yana bir qiziq tomoni shundaki, madrasaning me’moriy shakli to‘rtburchak – Qur’on kitobini eslatadi. Hujralarining 114 taligi esa Qur’on suralari soniga mos keladi. Madrasa darvozasiga o‘yib yozilgan tarix ham olimlarning e’tiborini tortdi. Ushbu yozuv forsiy tilda bo‘lib, xattot usta Mirali Fathobodiy tomonidan yozilgan:
Mir Arab faxri Ajam, onki kard Madrasai olii bas bul ajab.
Bul ajab in astki, tarixi ust:
“Madrasai olii Miri Arab”.
Mazmuni: Mir Arab Ajam faxridir, ul solmish Juda ajoyib oliy Madrasa.
Kizig‘i muki, uning tarixi Bo‘ldi: “Madrasai olii Mir Arab”.
Oxirgi misralardagi tarix moddasi bo‘lgan suzlar abjad hisobida hijriy 942 (milodiy 1536) yilni, ya’ni Madrasa bunyod etilgan yilni anglatadi.
1976 yil 8 aprel’ va 17 mayda bo‘lib o‘tgan qattiq zilziladan so‘ng Madrasa gumbazlari, peshtoqi, hovli ichidagi peshtoq ham shikastlandi. Shundan so‘ng 1976-1977 yillar davomida katta gumbazlar va ichki hovli peshtoqlari qaytadan ta’mirlandi. Gumbazning ichki va tashqi qovurg‘ali temir beton konstruksiyasi mustahkam qilib bog‘landi. Ustalar – Il’ya Gontar va Baqo Sultonov, me’mor-ustalar Ochil Bobomurodov, Aminjon Salomov, Mubin Mo‘minov va Sayfullo Norovlar bu ishda faollik ko‘rsatdilar.
1997 yilda Buxoroning 2500 yilligi bayrami arafasida Mir Arab madrasasining bosh fasadi, oldingi qismi usta Qurbon Abdualiev tomonidan ta’mirlandi. Hozirgi kunda Mir Arab madrasasida qadimiy tarhi, arabcha yozuvlari va sirli koshin gullari o‘rganilib, qaytadan ta’mirlanmoqda.
Mir Arab madrasasi ko‘rku salobatini ko‘z-ko‘z qilib, chet mamlakatlardan tashrif buyurgan sayyohlarni o‘z bag‘riga chorlamoqda. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan bilim yurti orqali Madinadagi Islom universiteti, Qohiradagi al-Azhar universiteti, Toshkent Islom universiteti hamda respublikamizning boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Mir Arab madrasasi peshtog‘i va gumbazlaridagi to‘kilib ketgan koshinkori naqshlar va yozuvlar qayta tiklandi.
Amir Shohmurod madrasa talabalariga soliqlardan tushgan daromad hisobidan nafaqa (stipendiya) to‘lashni joriy etgan.
Shuni ham qayd etish lozimki, madrasalarning moliyaviy xarajati vaqf daromadi hamda davlat xazinasidan ajratilgan qo‘shimcha mablag‘ hisobiga qoplangan, har bir madrasaning o‘z vaqf mulki va vaqfnoma hujjati bo‘lgan. Vaqfnomada madrasaning chiqimi, undagi xizmatchilar: mutavalli, mudarris, hofiz, muhri, naqib, farrosh, oshpaz va boshqalar, shuningdek, talabalar soni, ularga berilgan maosh va nafaqalar aniq ko‘rsatilgan. Har bir madrasaning xon tomonidan tayinlangan o‘z mutavallisi bo‘lgan. Mutavalli xodim va talabalarga to‘lanadigan haq, vaqf yerlarida ishni tashkil etish, mardikorlar yollash, ijarachilar va hissadorlar bilan shartnoma tuzish, do‘konlar, tegirmonlar va madrasaning vaqf mulkiga kiruvchi boshqa obyektlardan ijara haqini undirish va undan boshqa ishlarga masʼul bo‘lgan. Shuningdek, madrasa xizmatchilari, mudarrislari va talabalarga beriladigan yillik maosh miqdori naqd pul va ozuqalik don hisobidan ajratilgan.
Mutavalliga madrasadagi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (o‘qituvchi- mudarrislardan tashqari) faoliyatini, ayrim hollarda esa talabalarning darsga qatnashish davomatlarini nazorat qilib turish yuklangan. Uning lavozimi otadan bolaga meros tariqasida o‘tishi yo‘lga qo‘yilgan. Vaqf daromadlari madrasa talabalari, mudarrislar, mutavalli va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar o‘rtasida shariat ko‘rsatmalari asosida taqsimlangan.
Madrasadagi talabalar soni va ularning o‘qish muddati madrasa daromadiga bog‘liq bo‘lib, daromadga qarab madrasa xodimlarining soni ham belgilangan. O‘quv yili oxirida talabalar o‘tilgan fanlar yuzasidan bevosita ota-onalar ishtirokida imtihon topshirgan. Madrasani muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga shahodatnoma – diplom berilgan. Hatto aʼlo baholarda o‘qigan talabalar amir tomonidan turli sovg‘a va naqd pul mukofoti bilan taqdirlangan. Masalan, qo‘shrabotlik talaba Kamoliddin Miri Arab madrasasini aʼlo baholar bilan yakunlagach, unga amir Abdulahad sarupo kiygizib, “Qurʼoni karim" va “Al-Jomeʼ as-sahih"kitoblarini sovg‘a qilib saroyda ishlashga taklif etgan.
Temuriylar davri epigrafik yodgorliklari o’zining mashobati bilan nozik bezak va naqshlari bilan, me`moriy echimi bilan izbek xalqi tarixida ulkan iz qoldirdi.
SHayboniylar davrida ham temuriylar davrida shakllangan me`morchilik an`analari davom etgan. Yirik inshootlar qurilib, shasharlarning kirkiga kirk qishilgan. SHu bilan bo’rga bu davrda me`morchilik san`ati yanada rivojlanib, yangidan-yangi uslublar ishlab chiqilgan va arxitektura yanada rivojlangan. Bu davrda qurilgan epigrafik yodgorliklarning asosiylari quyidagilardan iborat:
Dashmayi shoshon va Bashouddin dashmasi. Buxorodagi shayx Bashouddin qabristoni yoniga joylashgna bu me`moriy majmua Buxoroning shukmdori Abdulazizxon farmoniga binoan tartibga keltirilgan va 1544-45 yillarda u erda kata masjid qurilgan. Bu majmuaga Dashmayi shoshon, Bashouddin dashmasi, 1 ta maqbara, 2 ta masjid va Abdulloxon nomiga qurilgan jome masjidlar kiradi. Majmua uncha kata bilmagan gumbazli darvozaxonadan boshlanadi. Ing tomonda kichikna masjid, chap tomonda ziyoratchilar uchun qurilgan turli binolar mavjud. Yildan yurar ekansiz, chap tomonda Dashmayi shoshon ya`ni SHoshlar dashmasi qad kitargan. Dashmayi shoshon nozik naqshlar va bezaklar bilan bezatilgan va bu naqshlar ichida diniy va tarixiy ma`lumotlarni iz ichida yasho’rgan yozuvlar mavjud.
Abdulloxon madrasasi. Bu madrasa «Qish madrasa» nomi bilan ataladigan me`moriy majmuaning shimoliy qismiga joylashgan. Madrasani qurgan me`morning ismi noma`lum. U 1588 yilda shayboniylar sulolasi vakillaridan bilgan Abdulloxon farmoni bilan Buxoroda bunyod etilgan va 1590 yilda qurib bitkazilgan. Madrasa o’zining loyishasi (tarxi) bilan boshqa binolardan ajralib turadi. Madrasa yonida shovli mavjud va u shujralar bilan irab olingan. Madrasaning shar ikki tomonida ham peshtoqlar bor va bu peshtoqlar orqali xonaqoshga ham, shujraga ham kirish mumkin. Bu madrasani bezashga ita murakkab geometrik naqshlardan foydlanilgan.
Madrasayi modarixon. Bu madrasa 1565-67 yillarda Buxoroda bunyod etilgan. U Abdulloxon madrasasi qarshisiga joylashgan va «Qishmadrasa» me`moriy majmuasi tarkibiga kiradi. Bu madrasa Abdulloxonning onasi sharafiga qurilgan. («modar» fors tilida ona ma`nosini anglatadi). Madrasa trapetsiya shaklida qurilgan. Binoning asosiy qismi peshtoqdan, ikki qavatli ayvondan va minoralardan iboratdir. Peshtoq va burchaklarga irnatilgan minoralar turli rangdagi g’ishtlar bilan bezatilgan. Madrasa irtasida tig’ri tirtburchak shaklida shovli mavjud. SHovli atrofi ayvonlar va shujralar bilan iralgan. Bu madrasaning burchak qismlarida iquv mashg’ulotlariga miljallangan darsxonalar qurilgan. Bu madrasa XVI asr Buxoro arxitekturasi asosida barpo etilgan.

Download 42,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish