Adabiyot. Shayboniylar davrida adabiyot ham rivojlandi. Bu davr adabiyotida
M. Shayboniyxon, uning jiyani Ubaydullaxon, K.Binoiy, M.Solih va Mushflqiylar alohida o‘rin tutadi.
Umrining asosiy qismini jangu jadallarda o’tkazgan Muhammad Shayboniyxon ayni paytda she’riyat bilan ham shug‘ullangan. U o'zidan yuqori saviyali badiiy asarni meros qilib qoldiigan. Uning asarlari bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlariga olib ketilgan. Masalan, yozib qoldirgan she’rlari to’plami bo’lmish “Devon”i Istanbul shahri kutubxonasida saqlanib kelinmoqda.
Shayboniyxon o'zining she’rlarida, ayniqsa, Samarqand va Buxoro shaharlarini eng ko’p madh etgan. Chunonchi, bir she’rida Samarqandni jannatga qiyoslaydi:
Jannati mа’no bog’i Samarqand emish,
Kavsari a’lo degan obi Samarqand emish.
Buxoro shahrini esa Ka’ba darajasida ulug‘laydi:
Bir xayolim bor ко’ngulkim, pir vafiy aylayin,
Ul Buxoro shahrida Ка’ba tavofin aylayin.
Muhammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon o‘zining g’azal, ruboiy, qit’a va tuyuqlari bilan she’riyat taraqqiyotiga katta hilssa qo’shgan. U “Ubaydiy”, “Ubaydullo” va “Qul Ubaydiy” taxalluslari bilan ijod qilgan.
U fors va arab tillarini yaxshi bilgan hamda shu tillarda hat ijod etglan. O’zbek, fors va arab tillaridagi she’rlari uch devonda to'plangan. Keyinchalik ular bitta muqova ichiga jamlangan va “Kulliyot” deb nomlangan.
M. Solihning “Shayboniynoma”si ayni paytda adabiyotga oid asar - doston hamdir. Adabiyotimizda bu asar o’zining yuksak badiiy saviyasi ya tilining soddaligi bilan ajralib turadi.
Abdullaxon II saroyida xizmat qilgan va “Malik ush-shuaro” unvoniga sazovor bo‘lgan shoir Mushfiqiy o‘z she’rlarida yuqori tabaqa vakillarining adolatsizliklarini ayovsiz fosh etgan.
Me’morchilik. Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va uning atroflarini obod qilishga harakat qildilar. XVI asr davomida shu davrning barcha muhandislik imkoniyatlari va jamiyatning ma’naviyat va madaniyati darajasiga mos ravishda ko'plab binolar, me’moriy majmualar, inshootlar bunyod etildi.
Ularning orasida Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Samarqandda qurilgan Shayboniyxon, Toshkentda qurilgan Baroqxon va Ko'kaldosh madrasalari me’morchiligimizning yorqin namunalari hisoblanadi. Baroqxon madrasasi shayboniy hukmdor Suyunchxo‘jaxonning o’g’li Baroqxon tomonidan qurilgan Madrasa gumbazining balandligi 22 metrni tashkil etadi. Mustaqillik yillarida bu madrasada ham katta ta’mirlash ishlari amalgi oshirildi.
Mir Arab madrasasi Shayx Abdulla (Mir Arab) tomonidan 1530 - 1536 - yillarda qurilgan. Uni qurish uchun sarflangan xarajatlarni Buxoro xoni Ubaydullaxon bergan. Madrasa ulkan peshtoqli. Ikki yonida baland gumbazli keng darsxona, masjid va go’rxona bor. Go’rxonada Ubaydullaxonning sag’anasi va Mir Arab hamda uning qarindoshlarining qabrlari bor. Madrasa, bugungi kunda ham islom oliy diniy o’quv muassasasidir.
Buxoroga kelgan Rossiya elchisi Antoniy Jenkinson: “Buxoro juda katta shahar, unda g’ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko’p. Hammomlar shunday mohirlik bilan qurilganki ularning misli dunyoda yo’qdir”, - deb yozadi.
Ayniqsa, Abdullaxonning yurt obodonchiligi yo'lidagi sa’y harakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilisl ishlari amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |