Tasviriy san’at. Buxoroda xattotlik va miniatura san’ati San’at yaxshi rivojlangan edi. Rassomlar asosan qo‘lyozmalami naqshli bezash bilan shu- g'ullanib, ko‘proq diniy mazmundagi kitoblarni bezata boshladilar. Bu sohaning qator yetuk bilimdonlari zamonasiga yarasha yodgorlik qoldirdilar. Chunonchi, Amir Haydar davrida ijod qilgan Mir Mas’um Olamiyon „Axloqi Muhsiniy“ kitobini hamda Sa’diyning she’riy asarlarini rasm bilan bezaydi.
Mirzo Sodiq Jondoriy Nasrulloxon amirligi davrida qo‘lyozma kitoblaiga lavhalar, Sa’diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlar ishlagan.
Yirik olim, faylasuf, shoir Ahmad Donish (1827—1897) 20 yil mobaynida Buxoro saroy kutubxonasida xattot va rassom bo‘lib ishlagan.
U astronomiya, tibbiyot, riyozat, me’morchilik va musiqadan tashqari xattotlikni, rassomlik hamda rang berish san’alim ham o‘rganean edi.
Ahmad Donish ko‘chirgan, bezagan yoki rasm ishlagan qoiyozmalar ichida „Shohi danish“ (1849 yil), “Ajoyib at- tabaqot” (1847) va boshqa asarlar buning dalilidir
Musiqa. Buxoro yuksak ustozona musiqa san’atining markazlaridan biri bo‘lgan. Chunonchi, XVIII asr oxirlarida Buxoroda vujudga kelgan ,,Shashmaqom“ buning yorqin dalilidir.
Buxoro Shashmaqomi, Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan iborat bo‘lib, 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan tashkil topgan.
Maqom ashulalarining she’riy matni uchun Rudakiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Bobur, Nodira va Mashrab singari turkiy va forsiy tilli mumtoz shoirlaming lirikasidan tuzilgan. Shashmaqom og‘zaki tarzda ustoz-shogird an’anasi shaklida avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.
Tarixnavislik. XVIII - XIX asrlarda Qo‘qon xonligida ko‘plab tarixiy asarlar yaratilgan. Mazkur davr tarixchilaridan Abdulkarim Fazliy Namangoniy Amir Umarxonning topshirig‘iga binoan ,,Umarnoma“ dostonini yozib tugatgan (1822). U 5000 baytdan iborat tarixiy asardir. Yana „Majmuayi shoiron“ tazkirasida ham uning ijtimoiy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Xon saroyida qoziaskar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy Amir Umarxonning maslahati bilan „Shoh- nomayi Umarxon“ tarixiy asarini yozgan.
Umarxon davrining ko‘zga ko‘ringan tarixchisi Muhammad Hakimxon To‘ra ibn Sayid Ma’sumxondir (1802-1870). U ona tomondan Qo‘qon xoni Norbo‘tabiyning nabirasidir Muhammad Alixon davrida quvg‘inga uchrab Rossiyaga, Sharq mamlakatlariga sayohal qilishga majbur bo‘lgan.U umrining oxirida Shahriabzda yashab, shu yerda o‘zining „Muntaxab ut-tavorix“ (Sararlangan tarixlar) asarini yozadi. Bu asar Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi tarixiga doir muhim manbalardandir. Unda O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy- siyosiy va madaniy hayotiga doir qimmatii ma’lumotlar mavjud.
Umarxon davrining yana bir yetuk tarixshunosi Mulla Niyoz Muhammad Ho'qandiydir (1802-1872). Harbiy lavozimlarda ishlagan va XIX asrning 70-yillarida “Tarixi Shohruhiy“ asarini yozadi. Asarda olim davrning siyosiy ahvoli va xalqning ijtimoiy tuimushiga to‘g‘ri baho bera olgan. Unda 1872-yilgacha bolgan, ko‘pincha o‘z ко’zi bilan ko‘igan va bo‘lgan voqealarni bayon etadi.
Umarxon davridan 1872-yilgacha bo‘lgan tarixiy voqealaming bayonidan iborat bo'lgan yana bu tarixiy asar „Tarixi jahon- nomayi“ deb nomlanadi. Uning muallifi Junayd Mulla Avaz Muhammad Mulla Ro‘zimuhammad o‘g‘lidir (XVIII asr oxiri - XIX asr o‘rtaIari).
Toshkentlik tarixchi olim Muhammad Solihning, “Tarixi jadidayi Toshkand” (Toshkentning yangi tarixi) asari vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manbadir. U XV-XIX asrlar Turkiston tarixi, jumladan, Toshkent tarixi, Qo’qon xonligi tarixi ilmiy nuqtayi nazardan yozilgan qimmatii asardir.
Yana bir tarixchi Mulla Ali qori Qunduziy (1786 - 1858) „Tavorixi manzuma“ asarini yozgan. Asarda 1822 - 1848 - yillar tarixi bayon etilgan.
Ma’rifatparvar shoira va tarixchi olima Dilshodi Barno „Tarixi muhojiran“ (Muhojirlar tarixi), „Sabot ul-bashar maa tarixi muhojiron“ (Inson matonati va muhoiirlar tarixi) kabi asarlar yozib qoldirgan.
Xattotlik san’ati va me’morchilik. Qo qonda xattotlik san’ati va me’morchilik ham rivojlangan. Muhammad Latif, Mirzo Sharif Dabir, Abulg‘ozixoja kabi xattotlarning kitob ko‘chirish borasida o‘zlari amalga oshirgan xayrli ishlari bilan tarixda nomlar qoldi. Kitoblar shunday did bilan ko‘chirilganki xorijiy mamlakatlar shohlari uchun elchilariga ana shunday nafis ko‘chirilgan kitoblami tortiq qilish xonlikda odatga aylangan edi.
Qo'qonda me’morchilik rivojlanib bordi. Buxorodan bir guruh binokorlar taklif etilib, ko‘plab madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, ko'prik va muhtasham binolar bunyod etiladi. Xalq orasida Madrasayi Mir nomi bilan mashhur bo‘lgan Norbo‘tabiy madrasasi, Daxmayi Jahon ansambli, Norbo‘tabiy va Modarixon daxmalari hozirgacha saqlanib kelmoqda. Umarxon Turkiston va uning atroflarini Oroldan Yettisuvgacha egallab, Oqmasjid (Qizil O‘rda), Avliyoota (Jambul), Pishpak (Bishkak) qal’alarini bunyod etdi. Qo‘qonda va boshqa shaharlarda ko‘plab binolar qurilgan. Norbo‘tabiy madrasasi (1798), Madalixon madrasasi, Madrasayi Kamol qozi (1820), Madrasayi Tunqotar, Madrasayi Haqquli mingboshi (1825), Madrasayi Miyon hazrat, Madrasayi Mohlaroyim, Madrasayi Hakim To‘ra (1795), Madrasayi Xonxoja eshon (1789), Madrasayi Buzrukxoja (1801), Madrasayi Pirmuhammad yasovul (1802), Madrasayi Xojabek (1805), Madrasayi Oxund devonbegi (1805), Madrasayi Mingoyim (1802), Madrasayi Jome (1817) shular jumlasidandir. XVI asrning birinchi yarmida Toshkentda ham muhtasham me’moriy - diniy inshootlar qurilishi, eskilarini ta’mirlash ishlari keng ko‘lamda olib borildi. Baroqxon va Ко’kaldosh madrasalari qayta ta’mirlandi. Shayx Xovondu Tohur me’moriy majmuasi hozirgi ko‘rinishda shakllantirildi. Zayniddin bobo uchun yangi maqbara qad ko‘tardi. Yunusxo‘ja qarorgohi Eski O'rda buzilgani sababli yangi markaz - Qo‘qon O‘rdasi bunyod etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |