mavzu: Buxoro xonligi madaniyati va san’ati
1.Shayboniyxon va uning sulolasi davri madaniyati
2.Shayboniylar davrida kitobat sanati, xatottlik, miniatyura sanatining rivojlanishi.
3.Ashtarxoniylar sulolasi davridagi san’at va madaniyatdagi o’ziga xoslik. Tasviriy
san’at
Dashti qipchokdagi kuchmanchi turkiy qabilalar XU asr boshlariga kelib, Oltin
O’rdadan ajralib chiqdi. Mustaqil davlat tuzish harakati boshlandi. Buni
Abulxayrxon (І4І2-І466) boshqardi. Lekin bu davlatning umri uzoqqa bormadi.
Abulxayrxon vafotidan keyin bu davlat parchalanib ketdi. Keyinchalik uning nabirasi
Muhammad Shayboniyxon parchalanib ketgan bu davlatni qayta tiklashga
muyassar bo’ldi. Shayboniyxon bu davlatni tiklabgina qolmay, balki uning hududini
ancha kengaytirib, yangi davlat tuzishga muyassar bo’ldi. Shayboniyxon o’z
davlatini kengaytirish rejasi ustida bosh qotirayotgan bir paytda tumuriylar
saltanatida toju-taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Buning ustiga dehqonlar bilan katta
er egalari orasidagi nizolar ham ko’chayib borayotgan edi. Bundan foydalanib
Shayboniyxon tez orada temuriylar erini birin-ketin o’z erlariga qo’shib ola boshladi
va qisqa vaqt ichida tumuriylarning asosiy tayanchi bo’lgan Movarounnahr bilan
Xurosonni o’ziga bo’ysundirib, Sirdaryodan Afronistongacha bo’lgan erdari o’z
ichiga odgan o’lkan davlat tuzdi.Temurzoda Bobur Shayboniyxon bilan bo’lgan
urushda (1507) engilib, Afg’onistonga chekinadi . (Abulxayrxon 1412 yili tug’ilgan.
Chingizxon nabirasi, Jo’jining o’g’li. Abulxayrxon Sibirda xon unvoniga sazovor
bo’lgan. U ko’chmanchi turkiy qabilalarni birlashtirib Dashti Qipchoqda ko’chmanchi
o’zbeklar davlatini tuzgan. Abulxayrxonning Budog’ Sulton nomli o’g’lidan
Muhammad Shaybonixon dunyoga kelgan).. Shayboniylar davlati deyarli 100 yil
mobaynida (І500-І601) Markaziy Osiyodagi yirik davlatlardan bo’lib, tarixda salmoqli
iz qoldirdi. Bu davdatning poytaxti turli yillarda Samarqand va Buxoroda bo’lgan.
Shayboniyxon Marv daryosi yonida bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchrab xalok
bo’lgach, qator janglardan keyin taxtni jinyani Ubaydullaxon egallaydi. Lekin
xonzodalar orasida toju taxt uchun kurash va o’zaro urushlar natijasida
Shayboniylar davdati ikkiga bo’linib, birining poytaxti Samarqand, ikkinchisiniki esa
Buxoro bo’lib qoldi. Samarqand xoni "Ulug’xon" deb elon kilindi. Lekin keyinchalik
Ulug’ xon qaysi joyda istiqomat qilsa, o’sha joy mamlakat poytaxti hisoblandi.
Shuning uchun ham keyinroq, ya’ni Abdullaxon hukmronlik qilgan davrda(XU1
asrning ikkinchi yarmi) Buxoro qaytadan poytaxtga aylantirildi. Buxoro xonlikning
muhim madaniy va siyosiy markaziga aylanishi uning mavqiyeni oshirib yubordi.
Xunarmandchilik nihoyatda rivoj topdi. Buxoro xunarmanddari yaratgan buyumlar
tashqarida ham mashhur bo’ldi. Paxtadan mato ishlab chiqarish, terini qayta
ishlash, gilamchilik, kandakorlik, kulolchidik va qurolsozlik borasida buxoro ustalari
katta yutuqlarga erishdilar. Dunyoviy fanlar, musiqa, sheriyat, xattotlik va miniatura
rassomligi rivojlandi.
2.
Shayboniyxon qo’liga kiritgan Mavorounnaxr boy madaniy merosga ega edi. Shu
Do'stlaringiz bilan baham: |