Mavzu; Buxoro Samarqand musiqa uslubi haqidagi bilimlarni o’quvchilarga etkazish uslublari



Download 361 Kb.
bet2/18
Sana10.04.2023
Hajmi361 Kb.
#926569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
buxoro samarqand musiqa uslubi haqidagi bilimlarni oquvchilarga etkazish uslublari

Mavzuning dolzarbligi: Respublikamiz mustqqillikga erishganligi sharofati bilanamalga oshirilayotgan ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy, madaniy, marifiy-ma’naviy o’zgarishlar natijasida tarixiy,milliy,ma’naviy qadriyatlani o’rganish,ularni tanlash,fuqorolarning,ayniqsa o’sib kelayotgan yoshlarni ongiga ularni sindirish imkoniyatlari yaratildi.jamiyatni milliy asoslarda taraqiy etish bilan bog’liq vazifalar bosqichma-bosqich xal etilmoqda bugungi kunda bu boradagi ishlar barcha soxalarda-ijtimoiy,siyosiy,madaniy-ma’rifiy javxalarda o’ining samaralarini ko’rsatmoqda.
O’zbekistonni ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy rivojlanishining usruvor yo’nalishlarida ta’lim,tarbiya tizimi,uning mazmuni va moxiyatini yangicha, milliy negizida shaklantirish aloxida belgilangan.Bu esa avvalo Prezidentimiz I.Karimovning va hukumatimizning ta’lim-tarbiyaga buyuk kelajak yo’lidagi eng muxim omil sifatida qaralganliklarining belgisidir.
I,karimov oliy majlisning 1997-yilda bo’lib o’tgan IX – sesiyasida so’zlagan “barkamol avlod-o’zbekiston taraqqiyotining poydevori” nomli tarixiy nutqi talim soxasida etibor eng asosiy, dolzarb vazifalar ekanligini quydagich bayon etgan “zamonaviy talimning ta’limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak?...Bolalarimizga qachondan boshlab,qanday qanday usuldava uslubda milliy qadriyatlarimiz,chuqur anglatimiz kerak”.1.
Yoshlar ta’lim tarbiyasida milliy manaviy g’oyalarning aks etishi xalqimiz asriy orzularining amalga oshishi intixosi xisoblanadi. Shu bois xam xozirgi kunda madaniyat va ma’naviyat,ta’lim va tarbiya ijtimoiy taraqqiyotning xal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda.
Kelajak taraqiyoti va uning qanday ketishi ko’p jixatdan uning bunyodkorlari tarbiyasiga bog’liq ta’lim va tarbiyani milliy negizini mustahkamlash, uni ilm fanining eng so’ngi yutuqlaridan tayangan xolda takomillashtirib borish,ilm fanni rivojlantirish,ijtimoiy faol, marifiy yetuk, kasb xunarli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xurmat va uni chuqur xis etuvchi, ijodiy, erkin va mustaqil fikr yurita oladigan shaxsni kamolga yetkazish davlatimiz siyosatidadir.
Asosiy o’rinni egalaganligi bejiz emas.
Ta’lim soxasidagi isloxatlarning nazariy asoslarini ifodalovchi “ta’lim to’g’risida”gi qonun va “kadrlar tayorlash milliy dasturi”ga asoslangan qoida ta’limning milliy modelini hayotga tadbiq etish ishlari bugungi kunda avj nuqtada izchil davom etirilmoqda.
Pedagogik kuzatuv va taxlillar xozirgi vaqtda talim va tarbiya ishlarini milliy qadriyatlarga tayangan xolda yo’lga qo’yilishi xar tomonlama to’g’ri ekanligini kuzatmoqda.Buni xalqaro xamjamiyat tomonidan etirof etilayotganligini xam ko’rishimiz mumkin.
Tarbiya tizimida estetik tarbiya aloxida o’rin tutadi. Shaxsni estetik tarbiyalash masalasi pedagogika, falsafa, san’atshunoslik, adabiyot, san’at xususan musiqa talimi oldiga aloxida vazifani qo’yadi.
Estetik sarbiya moxiyatida muayyan xalqning musiqasi, uning mazmunida o’z ifodasini topgan milliy an’analar urf odatlar xalq xayotining malum davrlari, ruxiyati, falsafasi, ulkan tatbiyaviy tasirchanlik kasb etadi. Har qanday xalq borki uning madaniyatini musiqasiz tasovur etib bo’lmaydi. Shu nuqtai nazardan daraganda vatanimiz xududida qaror topgan, shakllangan xalq musiqa merosi bilan yosh avlodni izchil tanishtirib borish, o’quvchi yoshlarni o’zi yashab turgan hudud, voxaning o’ziga xos musiqa uslubi, folklori, an’anaviy mumtoz kuy-qo’shiqlari, shu bilan birga o’sha yergan yetishib chiqqan maxaliy ijodkorlar xhayoti yaratgan asarlari bilan tanishtirib borishularda milliy g’urur, ong,taffakurni va o’z-o’zidan estetik madaniyatni shaklantirishga be nixoyat kuchli tasir etadi.
Musiqada u yaralgan zaminda yashovchi ei-ulusning o’ziga xos turmush tarzi, tili, tarixi, shevasi, kiyinish madanyati, raqslari, cholg’u sozlari, to’y bayramlarining eng muhum ko’rinishlari mujassamlashadi. Bu esa usha halq haqida, uning o’tmishi, buguni haqida muayyan tasavvur xosil qiladi. Bu o’z navbatida yoshlarda o’z vataniga, halqiga, milliy qadriyatiga mehr-muxabbat va ongli munosabatni shakllantirishda beqiyos ahamyat kasb etadi.
O’zbekistonning har bir vohasiga tegishli o’ziga xos musiqa madaniyati bilan o’quvchi-yoshlarni musiqa darslarida tanishtirib borish, ularni ajdodlarimizning ilg’or g’oyalari va avlodlarga vorisligini ta’minlaydi.
Ma’lumki, O’zbekiston sarhadida o’ziga xos aloxida farqli xususiyatlari bilan ajralib turuvchi to’rtta mahalliy musiqiy uslub qaror topgan. Bular: Qashqadarto-Surxondaryo, Samarqand-Buxoro, Farg’ona-Toshkent va Xorazm musiqa uslublaridir. Har bir mahalliy uslubda o’ziga xos shakllar, uslublar, an’analar, alohida shakllar va ijrochilik yo’llari shakllanib kelgan. Umum-ta’lim maktablarining 7 – sinf musiqa darsligida bu haqida qisqacha va muxtasar ma’lumotlar berilgan.
Bizga ma’lumki, Samarqand va Buxoro qadim-qadimdan nafaqat o’rta osiyo, balki butun sharqda ma’lum va mashxur ilm-fan, madanyat o’chaqlaridan biri bo’lib kelgan. Bu vohada buyuk mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar, musiqachi san’atkorlar yetishib chiqqan. Tarixning ma’lum davrlarida (masalan, Amir Temur va Temuriylar davrida) Samarqand va Buxoro (Samoniylar, Buxoro amirligi) Buxoroda ilm-fan shu qatori musiqa ilmi va san’at gollab-yashnagan. Shashmaqom san’ati aynan manashu o’lkada shakllangan va bizgacha yetib kelgan, u bugungi kunda ham o’zbek halqining bebaho mumtoz musiqa boyligi sifatida ezozlanadi.Voxada uzoq davrlar davomida shaklangan musiqaviy janrlar, ijrochilik uslublari shu erda yashovchi o’zbek va tojik xalqlarining ijod maxsuli bo’lib,uning eng muxim o’ziga xos jixatlaridan biri bu adabiyot va san’at asarlarida tilning mujasamlashganligidir.Tadqiqodimiz mavzusini tanlashda Samarqand Buxoro zaminida yashab kelgan o’zbek va tojik xalqlariga birdek tegishli bo’lgan musiqa madaniyatining o’ziga xosligi, uning eng ommaviy va yetakchi janrlarini , musiqa merosimiz gultoji xisoblanmish “shashmaqom” haqida musiqa darslariga kiritilgan o’quv materialini sinchkovlab o’rganib taxlil qilib chiqdik. Xulosalarimiz shunday bo’ldiki, musiqa darslaridan o’rin olgan malumotlar, bilim va tushunchalar, mazmunan va hajman juda ham cheklangan (o’quv soatlari). Bu esa mazkur voxalarda qaror topgan musiqa merosi xususida o’quvchilarda zarur bilim, tushuncha tasovvurlarni xosil qilish imkonini bermaydi bu esa kengroq diapazonda o’quvchilar tomonidan aniq, keng qamrovli bilimlarni egalashlarida ko’maklashuvchi,qo’shimcha ma’lumotlarni va ularni o’quvchilarga etkazish bo’yicha o’quv mashg’ulotlari samaradoligini taminlovchi o’qitilishi usul,shakl va boshqalarni aniqlashni toqozo etadi. Muammoni aynan mana shu yo’sinda maxsus tadqiq qilish masalasiga uning musiqa pedagogikasida dolzarblik kasb etishini bildiradi. Shunga ko’ra tadqiqod mavzusi “Buxoro Samarqand musiqa uslubi xaqidagi bilimlarni o’quvchilarga etkazish uslublari” olingan nomlanishda tanlanadi.



Download 361 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish