Mavzu: Buxoro amirligi va Xiva xonligida 1917-1920 yillardagi ijtimoiy siyosiy vaziyat.
Ko`riladigan masalalar:
Mavzu tarixshunosligi va adabiyotlarning qiyosiy tahlili.
Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti.
Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti.
Xalq qurolli qarshilik harakatining boshlanishi.
Mavzu tarixshunosligi va adabiyotlarning qiyosiy tahlili:
“Amir Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi”
Toshkentda “Fan” nashriyoti tomonidan 1991-yilda nashr qilingan. Nashrga tayyorlovchi Said Murod.
Mas’ul muharrir Komil Xolmuhammad: Muharrir Rustam Obid. Forsiydan tarjima, muqaddima va izohlar muallifi Abdusodiq Irisov.
Taqrizchilar : O‘zbekiston SSJ FA muxbir a’zosi A. Muhammadjonov, sharqshunos M. HASANIY
21 betdan iborat bu asarda so‘nggi Buxoro amiri Sayyid Olimxon (1881—1944 yillar) qalamiga mansub xotiralar to‘liq xolicha nashr etilgan. Uning tolibi ilm bo‘lgan chog‘laridan, amirlik chog‘i, bolsheviklarning Buxoroni zo‘rlik bilan bosib olishi va vatandan uzoqda, muhojirlik yillarga qadar kechgan umri suronli va murakkab tarixiy davr ko‘zgusida yaqqol namoyon bo‘lgan.
“O‘zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida”
2000 yilda “Sharq” nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan.
688 betdan iborat.
Ilmiy muharrir М. Jo‘rayev.
Bu kitob 2 qism va 6 bobdan tashkil topgan.
Ularda Rossiyadagi fevral inqilobi, Turkiston Muxtoriyati, BXSR, XXSR, 20 yillardagi siyosiy-ma’muriy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti;
Sovet davlati boshqaruvi va tuzumi, urush yillaridagi xalqimizning qiynalgan va hasratli hayoti, mustabid tuzumning darz ketishi va Vatan mustaqilligi yo’lidagi sa’y-harakatlar aks etgan.
“Turkiston muxtoriyati”
Saidakbar A’zamxo’jayev
Milliy demokratik davlatchilik qurilishi tajribasi
Toshkentda “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan 2000-yilda nashr qilingan.
Hajmi – 168 bet
Muqaddima va III bobdan iborat
Asarda Turkiston muxtoriyatining tarixi, tashkil topishi va faoliyati, tarixiy ahamiyati, uning zo’ravonlik bilan bostirilishi manzarasi haqqoniy yoritib berilgan.
“Tarix o’tmish va kelajak ko’zgusi”
Muallif – Hamid Ziyoyev
Mas’ul muharrir – K.Normatov
Toshkentda “g‘afur g‘ulom” nashriyoti tomonidan 2000 yilda nashr qilingan.
288 betdan iborat.
Mazkur asarda Vatan mustaqilligi uchun kurashgan insonlar, o’zbek xonliklarining Chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi, Chor Rossiyasi hukmronligiga qarshi kurashlar aks etgan, milliy ozodlik urushi qahramonlari va shu kabi qizg‘in voqealar aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |