Mavzu: Buxgalteriya hisobotining mazmun mohiyati va ahamiyati Reja: Kirish


Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tuzish va taqdim etish tartibi



Download 220,15 Kb.
bet9/12
Sana26.02.2022
Hajmi220,15 Kb.
#469929
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Buxgalteriya hisoboti mazmun mohiyati

Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tuzish va taqdim etish tartibi
“Buxgaltеriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbеkiston Rеspublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 3 martda qabul qilingan Senat tomonidan 2016 yil 31 martda ma’qullangan. Hisobotning asosiy shakllari korxona balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot hisoblanadi.
22-modda. Moliyaviy hisobot.Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • buxgalteriya balansi;

  • moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

  • pul oqimlari haqidagi hisobot;

  • xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;

Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi. Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi. Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tarkibi hamda mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Moliyaviy hisobotning hisobot davri
1 yanvar — 31 dekabr kalendar yili yillik moliyaviy hisobotning hisobot davridir.1 yanvardan boshlab davriy moliyaviy hisobot tuzilayotgan davrning 8hisobot sanasini ham qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuziladigan davriy moliyaviy hisobot uchun hisobot davridir.Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo‘lga kiritilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr, yuridik shaxs bo‘lmaganlar uchun esa, ular davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanadi.Agar yuridik shaxs (byudjet tashkilotlaridan tashqari) 1 oktyabrdan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi.Ro‘yxatdan o‘tilguniga yoki yuridik shaxs huquqi olinguniga qadar amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar birinchi hisobot yilining moliyaviy hisobotiga kiritiladi.
25-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish.Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:

  • davlat soliq xizmati organlariga;

  • ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;

  • davlat statistika organlariga;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.

Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin.Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi.Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan buxgalteriya hisobining ayrim subyektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin.Hisobotning asosiy shakllari korxona balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot hisoblanadi.
Тasdiqlangan moliyaviy hisobot shakllari faqat shaklan o’zgaribgina qolmay,balki ma’nosi ham sezilarli darajada o’zgargan: moliyaviy tahlil maqsadlari uchun ular axborotlarga yanada boyigan. Barcha qilingan o’zgartirishlar hisobotlarni xalqaro andozalar darajasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilgan. Jumladan, buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlarini ikki bo’limli holatga keltirish. Korxona balansi, buxgalteriya hisobotining asosiy shakli hisoblanadi, qolgan shakllar esa undagi ma’lumotlarni batafsilroq ochib berish va to’ldirish uchun xizmat qiladi.
Korxona balansi, korxonaning barcha mablag’larining holati va xo’jalik
faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi. Buxgalteriya hisobotining boshqa
shakllarida aks etgan ko’rsatkichlar esa, korxona faoliyatining u yoki bu tomonini
ifodalaydi. Hisobotning keyingi shakli moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdir. 3-son buxgalteriya hisobi milliy standarti ham moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot bo’lib, unda shu hisobotga tegishli barcha masalalar yoritilgan.
Moliyaviy hisobotning 2-son shaklida, xo’jalik faoliyati natijasida olingan
daromad va xarajatlar aks ettiriladi. Aniqroq qilib aytganda, unda quyidagi
ma’lumotlar yoritilishi kerak:
-sotishdan olingan sof tushum;
-sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija;
-asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa operatsion daromad va xarajatlar;
-asosiy xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijasi;
-moliyaviy faoliyatning boshqa daromad va xarajatlari;
-umumxo’jalik faoliyatning moliyaviy natijasi;
-favqulodda foyda va zararlar;
-daromad solig’i to’langungacha bo’lgan umumiy moliyaviy natija;
-hisobot davrning sof foydasi (zarari).
Umuman, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, avvalgi va hozirgi balans
hisobotlarini bog’lab turuvchi bo’g’in hisoblanadi, ya’ni u hozirgi balansdagi
o’zgarishlar, avvalgisiga nisbatan, qanday daromad va xarajatlar hisobiga
o’zgarganligini ifodalaydi.Bundan tashqari, ushbu shaklga «Byudjetga to’langan to’lovlar to’g’risidagi ma’lumotnoma» ham ilova qilinib, unda to’lanadigan barcha to’lovlar hamda soliq qonunchiligini buzganligi uchun qo’llanilgan iqtisodiy jazolar ko’rsatmalarga binoan belgilangan tartibda hisoblangan va haqiqatda byudjetga to’langan summasi aks ettiriladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risidagi ma’lumotnomada, (2a-shakl) debitorlik va kreditorlik qarzlarning respublikamiz ichidagi hamda uning tashqarisidagi holati bo’yicha axborot berilgan. Ularda har bir korxona va tashkilot
bo’yicha qarzlar alohida-alohida berilib, muddati o’tganlari ham ko’rsatiladi.
Moliyaviy hisobotlarning 3-son shakli, «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi
hisobot»dir. Unda korxonadagi mavjud asosiy vositalar va ularning harakati
to’g’risidagi ma’lumotlar turlari bo’yicha amaldagi asosiy fondlar tasniflanishiga
ko’ra keltiriladi.
«Pul oqimi to’g’risidagi hisobot» (4-son shakl)da pul mablag’lari oqimi nuqtai
nazaridan korxonaning moliyaviy zaxiralaridagi barcha o’zgarishlar aks ettiriladi.
Jumladan, xo’jalik faoliyati bo’yicha pul mablag’larining oqimi; to’langan va olingan divident va foizlar; to’langan soliqlar; jalb qilingan va qo’yilgan sarmoyalar; aksiya va zaymlar hamda ijara majburiyatlari bo’yicha tushum va to’lovlar hamda boshqalar kiradi. Bu hisobot turi bo’yicha 9-son buxgalteriya hisobi milliy standarti ham qabul qilingan. Ushbu hisobotga «Valuta mablag’lari harakati to’g’risidagi ma’lumotnoma» ham ilova qilinadi va unda hisobot davri boshi va oxiriga bo’lgan valuta qoldiqlari
hamda ularning kirim va chiqimi to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda xususiy mablag’larning har bir turi
harakati bo’yicha, ya’ni hisobot davri boshi va oxiriga bo’lgan qoldiqlari to’g’risida ma’lumotlar aks ettiriladi. Bu 5-son shakl hisobotda chiqarilgan aksiyalar to’g’risidagi ma’lumotlar ham aks ettiriladi.
Yuqorida keltirilgan moliyaviy hisobot shakllariga qo’shimcha ravishda
tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya vakolatli organlar boshqa hisobot shakllarini ishlab chiqishi va ularni taqdim qilishni belgilashi mumkin.

Download 220,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish