Buxgalteriya hisobining nazariy va amaliy muammolari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
O’zbekistonda buxgalteriya hisobining rivojlanish tarixi va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda buxgalteriya usullari va elementlarining zarurligi
Schyotlar, buxgalteriya balansi va hisobotning ahamiyati va ularni amaliyotda qo’llashdagi muammolar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga oʻtishda birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan yaratilgan taraqqiyotning “O‘zbek modeli” tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida Muxtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan «2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi»da barcha sohalarning ustuvor yo'nalishlari belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha sohalarni, shuningdek, buxgalteriya hisobi tizimini ham isloh qilishni taqozo etdi.
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O'zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi oʻz navbatida mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib uni xalqaro me'yorlar va standartlarga moslashtirib borish zarurligi tobora dolzarblashib bordi.
Mamlakatimiz faol ravishda jamiyatning to'laqonli a'zosiga aylanar ekan, jahon bozori xalqaro amaliyotga muvofiq ichki buxgalteriya hisobining rivojlanishiga ancha katta ta'sir ko'rsatib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasining o'tish davridagi bozor sharoitida buxgalteriya hisobini tartibga solishning ichki tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini bashorat qilishga va unga bo'lgan ba'zi talablarni shakllantirishga imkon beradigan buxgalteriya islohotlarining asosiy yo'nalishlari aniqlab olingach oldiga bir qator vazifalarni qo’ydi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun buxgalteriya hisobini tashkil etishni qonuniy, me'yoriy va uslubiy ta'minoti ishlab chiqildi.
Buxgalteriya hisobi fan sifatida shakllanganida, barcha mustaqil fanlar kabi o’z usullariga ega bo’lgan. Buxgalteriya hisobining usuli - buxgalteriya hisobi ob‘ektlarini ya‘ni asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalarining faoliyatini boshqarish orqali amalga oshirish maqsadida yoppasiga, uzluksiz, o’zaro bog’langan va obyektiv aks ettirishni ta’minlaydigan usullar tizimidan iborat. Buxgalteriya hisobi usullarining elementlari uning ob‘ektlari hisoblanib, unga quyidagilar kiradi: hujjatlashtirish; inventarizatsiya; baholash; kalkulatsiya; buxgalteriya hisobi schyotlari; ikkiyoqlama yozuv; buxgalteriya balansi; hamda moliyaviy hisobot.
Buxgalteriya hisobi usullarining sub‘ektlari esa uning ob‘ektlarini boshqarib boruvchi, nazorat qiluvchi va xo’jalik yurutuvchi korxonada sodir bo’layotgan operatsialarni hujjatlashtirib, axborotlarni qayd etib boruvchi shaxslar ya’ni buxgalter va uning yordamchilari, baholovchi, omborchi, ish boshqaruvchi, rahbar va h.k. hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi usullarining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashda, axborotlar tog’ri, aniq va ishonchliligini yanada takomillashtirish uchun kerak bo’ladigan shart-sharoitlarni ta’minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |