. Nazorat Ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy ko'rsatkichlarning haqiqatda bajariJishi va biznes-rejalarda mo'ljallanganini kuzatish, ya'ni xatti-harakatlar mo'ljallangan rejaga qanchalik muvofiqligini belgilash. Axborot Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxona haqida to'liq va ishonchIi axborot bilan ta'minlashni bildiradi. Bu funksiya qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun korxona 6 rahbari, tashqi investorlar va foydalanuvchilarga asosan moliyaviy axborotga asoslanadigan sarnara1i axborot tizimi zarurligi natijasida kelib chiqadi. Tahlil (baholasb)Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxsbilash maqsadida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya va taktikasini baholash hamda tahlil qilish jarayonidir. Tahlil natijasida korxonada boy berilgan imkoniyatlarni hisoblab chiqish, mavjud rezervlar hajmini belgilash, uskunalar, mehnat va xomashyo resurslaridan foydalanish darajasini oshirish, shuningdek, moddiy resurslar bilan uzluksiz ta'minlashni yo'lga qo'yish. Hisob Korxona xo'jalik faoliyatining hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o'zaro bog'langan ifodasidir. KorxonaIarda buxgaIteriya hisobining vazifaIari korxona ishlab chiqarish xo'jalik faoliyati vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagilardan tashkil topadi: 1. Belgilangan reja topshiriqlari bajarilishini o'z vaqtida aks ettirish va nazorat qilish. 2. Moddiy mehnat va moliya resurslaridan samarali va to'g'ri foydalanish. 3. Ichki ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va ishga solish. 4. Korxona rahbari va ma'muriyatini hamda yuqori tashkilotlami zarur hisobot ma'lumotlari bilan o'z vaqtida ta'minlash. 5. Korxona mulkchiligining xavfsizligini ta'minlash. 6. Iqtisodiy tartibning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab bozor iqtisodiyoti talablari va moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimi bosqichmabosqich isloh qilib kelinmoqda, ushbu islohotni iqtisodiy, fuqarolikhuquqiy sohada yuz berayotgan jarayonlar va buxgalteriya hisobi bobida xalqaro rniqyosda uyg'unlashtirish zaruriyati taqozo etdi. Bozor iqtisodiyoti buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish siyosati va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlarga 7 tasarrufida mavjud bo'lgan moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish to'g'risida xolis va asoslangan qaror qabul qilishi uchun xo'jalik yurituvchi subyektning faoliyati to'g'risida axborot to'plash, uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylandi. Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo'yiladigan talablar tubdan o'zgarmoqda. Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqarorligini oshirishga imkon beradigan yo'llami ko'rsatib berishi, iqtisodiy tahlil, umuman korxonaning pul oqimlari va moliyasini boshqarish bilan, ya'ni moliyaviy menejment bilan shug'ullanishi kerak. Buning uchun, eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va hisob ishlariga oid me'yoriyhuquqiy hujjatlami bilishlari lozim. Ana shundagina buxgalteriya hisobini samarali tashkil qilishga erishish mumkin. Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini me'yorlar yordamida boshqarishning 4 darajali tizimini ko'zda tutadi. Birinchi daraja - qonun hujjatlari, masalan, «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonun. Ikkinchi daraja - asosiy qoidalar majmui, ya'ni buxgalteriya andozalari. Mazkur darajada buxgalteriya tushunchalari va qoidalari shunday belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog'liq shaxslar tomonidan bir xilda talqin etilsin. Uchinchi daraja - turli idoralar tomonidan turli tarmoqlar va um.uman mamlakat bo'yicha ishlab chiqiladigan, buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha xilma-xil uslubiy ko'rsatmalar, tavsiyalar. To'rtinchi daraja - hisob siyosatini belgilash va hujjatlar aylanishini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ichki ish hujjatlari. Hozirgi kunda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi me'yoriy boshqaruvining ana shu to'rt darajali tizimini jahon andozalari talablari darajasida tashkil qilishga harakat qilinmoqda. . Ma'lumki, jahon amaliyotiga mos keladigan «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonunsiz milliy hisob tizirnini yetarli darajada qayta qurish mumkin emas. 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan ushbu qonun, eng avvalo, buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy tamoyillari va qoidalari, o'z va qarzga olingan kapital hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo'yilgan asosiy vazifalar, maqsad va talablami belgilab beradi. Bundan tashqari, mazkur Qonun buxgalteriya hisobini yuritishda xo'jalik yurituvchi subyektlaming huquqi, burchi va mas'uliyatlarini, shuningdek, moliyaviy hisobotlami topshirish va chop etish bo'yicha qo'yiladigan talablami belgilab beradi. 8 «Buxgalteriya hisobi to'g'risida))gi Qonundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkarnasining tomonidan 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar. xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi harnda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi Nizom)) hamda buxgalteriya hisobining milliy andozalarining amaliyotga tatbiq etilishi buxgalteriya hisobini isloh qilish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o'zgartirish keyingi vaqtda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunga, birinchidan, xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o'rtasida munosib muomala tili bo'lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining rivojlanishi, ikkinchidan, xalqaro andozalami chuqur o'rganish va ulami mamlakatimiz arnaliyotida keng qo'llanish zarurligi sabab bo'layotir. Shu boisdan harn buxgalteriya hisobining milliy andozalarini ishlab chiqishda bevosita xalqaro andozalarga tayanilmoqda. Buxgalteriya hisobining milliy andozalarini arnalga kiritish zarurati. asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalami bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O'zbekiston Respyblikasida hisobning o'ziga xos xususiyatlarini qo'llashdan iborat. «Buxgalteriya hisobi to'g'risida))gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining ko'rsatmalari va moddalari buxgalteriya hisobining milliy andozalarida (BHMA) o'z rivojini topdi. Hozirgi kunga qadar quyidagi BHMA lar tasdiqlandi: 1. Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. 2. Asosiy xo'jalik faoliyatidan olingan daromadlar. 3. Moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot. 4. Tovar-moddiy zaxiralar. 5. Asosiy vositalar. 6. Lizing hisobi. 7. Nomoddiy aktivlar. 8. Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va shu'ba xo'jalik jamiyatlariga qo'yilgan investitsiyalar hisobi. 9. Pul oqimi to'g'risida hisobot. 10. Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash. 11. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatIar. 12. Moliyaviy investitsiyalar hisobi. 13. Aksiyaga to'g'ri keladigan foyda. 9 14. Qo'shma faoliyatda qatnashish ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish. 15. Buxgalteriya balansi. 16. Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi kutilmagan hodisa va xo'jalik faoliyatida sodir bo'ladigan voqealar. 17. Kapital qurilish bo'yicha pudrat shartnomalari. 18. Inventarizatsiyani tashkil etish va o'tkazish. 19. Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan hisob yuritish va hisobot tuzish tartibi to'g'risida. 20. Xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.
«Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonunga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari amalga oshiradi. Rahbar quyidagi huquqlarga ega: 1. Bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish. , 2. Buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtmlgan buxgalteriya bo'limiga yuklash. 3. Buxgalteriya hisobotini mustaqil yuritish. Rahbar quydagilarni ta'minlashi shart. 1. Ichki hisob va hisobot tizimining ishlab chiqarilishini. 2. Xo'jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini. 3. Buxgalteriya hisobi to'liq va aniq yuritilishini. 4. Hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini. 5. Tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlashni. 6. Soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini. 7. Hisob-kitoblar o'z vaqtda amalga oshirilishini. Bosh buxgalter korxona, muassasa amalga oshiradigan barcha xo'jalik operatsiyalarini nazorat qilishni va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishini, tezkor axborot taqdim etilishini, belgilangan muddatlarda buxgalteriya hisoboti tuzishni. ichki xo'jalik rezervlarini aniqlash va safarbar qilish maqsadida buxgalteriya bisobi va hisoboti ma'lumotlari bo'yicha korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyati uchun iqtisodiy tahlilni amalga oshirishni ta'minlaydi. 10 Buxgalteriya ishlarida amalga oshirilgan muomalalar uchun javobgarlik imzo bilan tasdig'ini topadi. «Buxgalteriya hisobi to'g'risida» gi qonunning 8-moddasiga binoan, xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari xo'jalik muomalalarini amalga oshirish ruxsatnomasiga va subyekt nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo'lgan shaxslar ro'yxatining mavjudligi uchun javobgar bo'ladi. Korxona bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar-moddiy boyliklar va pul mablag'larini qabul qilish hamda berish uchun asos bo'ladigan hujjatlarga, shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlar hamda xo'jalik shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi bo'lmasa, u huqiqiy deb topilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona, muassasa rahbarining yozma ravishdagi farmoyishi bilan vakolatli shaxslarga berilishi mumkin. Korxonada moddiy javobgar shaxslami (kassir, ombor mudiri va boshqalarni) ishga tayinlash, vazifasini o'zgartirish va ishdan bo'shatish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Agar korxonabosh buxgalteri o'zgartirilsa, uning ishlari yangi tayinlangan bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Ushbu jarayonda buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma'lumotlarining aniqltgi tekshirilib, korxona rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi. Korxonanng chorak va yillik moliyaviy hisobotlariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi. Agarda korxonaning buxgalteriya hisobi ishlari shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, moliyaviy hisobotga korxona rahbari va buxgalteriya hisobini yuritadigan mutaxassis imzo chekadi. Birlamchi hujjatlar, hisob registrlari, buxgalteriya hisoboti belgilangan tartibga muvofiq majburiy tarzda saqlanishi lozim. Ular bilan ishlash davrida saqlashni ta'minlash va ularni arxivga o'z vaqtida topshirish uchun bosh buxgalter mas'uldir. Buxgalteriya bo'limi hujjatlami ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moilyaviy hisobotlami hamda soliq hisob-kitoblarini tuzishni ta'minlashi lozim. Hujjatlar bilan ishlash davrida saqlashni ta'minlash va ulami arxivga o'z vaqtida topshirishga bosh buxgalter mas'uldir.