MAVZU: BUTUN NOMANFIY SONLARNI NOMERLASHGA O'RGATISH METODIKASI.
MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA NOMANFIY BUTUN SONLARNI NOMERLASHGA O’RGATISH METODIKASI
1.1. Boshlang’ich sinflarda ko‘p xonali sonlar ustida nomanfiy butun sonlarni nomеrlashga o’rgatish.
1.2.Minglik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi
II.BO B. BOSHLANG’ICH SINFLARDA NOMANFIY BUTUN SONLARNI NOMERLASHGA O’RGATISH MAVZULARI MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI .
2.2.Kop xonali sonlar mavzusida nomerlashni o`rgatish metodikasi
2.1. Mashg'ulotlar metodikasi va mashg'ulotlarni tashkil qilish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz,
farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.”
Sh.Mirzyoyev
Mavzuning dolzarbligi: Davlatimiz rahbari Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yoʻllagan tabrik nutqida taʼkidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir.
Shuning uchun ham, Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda.
– Biz ustozni otaday ulugʻ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham oʻqituvchi, muallim deganda oʻzim uchun eng aziz va hurmatli boʻlgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan, – dedi davlat rahbari yigʻilish avvalida. – Bugungi kunda Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin koʻmakchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir.
Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bogʻlangani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani taʼkidlandi.
– Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini oʻqituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari boʻlgan bu moʻtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatishimiz kerak, – dedi Prezident.
Shuning uchun boshlangich ta'limning dasturini, darsliklarini va ish tartiblarini qayta ko'rib chiqish zarurligi kelib chiqadi. Ayniqsa, boshlangich ta'lim predmetlari ichida matematikani o'qitish asosiy o'rin tutadi. Matematika dasturi o'z ichiga avvalo natural sonlar bilan to'rt arifmetik amal bajarishni oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar va kasr sonlar metodikasi kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaruriy o'rinda qo'shib o'qitiladi.
Natural son va nolni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlangich matematika kursini asosini tashkil qiladi. Unga qo'shib algebra va geometriya elementlari o'qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin o'nlik, yuzlik, minglik va ko'p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o'nlik sanoq sistemasining xususiyalari bilan, og'zaki va yozma nomerlashni takror-takror qo'llash orqali beriladi.
Birinchi o'nlikni nomerlashda 1-10 sonlarini sanash, nomerlarni aytish, ketma-ketligini, katta-kichikligini o'zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o'nlik bilan nol' soni ham birga o'rgatiladi. Uni bo'sh to'plamning harkteristikasi sifatida berilgan. Nomerlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi. 1-,2-, ....o'nliklarni hosil qilish, birgalikda o'nliklarni, ya'ni o'nli sanoq sistemasining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko'p xonali sonlar og'zaki va yozma nomerlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning nomlarini o'rgatishlar amalga oshiriladi.
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida amallar bajarish boshlangich matematika kursida asosiy mavzulardan hisoblanadi. Algebra va geometriya elementlari arifmetik bilimlar tizimiga imkoni boricha kiritiladi, natijada son, arifmetik amallar va musbatlar haqidagi tushunchalarni yuqoriroq darajada ozlashtirish ta'minlanadi.
Natural son va nol ustida ishlash boshlangich sinflarda 4 yil oqish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural son va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin 10, 100, 1000, kop xonali sonlar konsentrlari boyicha kiritishni nazarda tutib tuzilgan.
Kontsentlarga ajratish onli sanoq sistemasining xususiyatlari bilan, sonlarni ogzaki, yozma nomerlash bilan bogliq bo`lgan asosiy masalalarni takror-takror qarashga imkon beradi.
- Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.
Nomerlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlar konsentirlari bo'yicha kiritishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |