Mavzu: Burg'u quduqlari konstruksiya



Download 275,62 Kb.
bet2/2
Sana14.02.2023
Hajmi275,62 Kb.
#911223
1   2
Bog'liq
burgu qud

Razvedka ishlari qidiruv ishlari natijasiga ko‘ra olib boriladi. Razvedka ishlari ikki bosqichdan – dastlabki va mufassal razvedkadan iborat.
Dastlabki razvedka bosqichida yer osti suvi qazilma boyligiga birinchi iqtisodiy asoslangan amaliy baho beriladi. Shu baho asosida qazilma boylik keyingi o‘rganishdan to‘xtatiladi yoki mufassal o‘rganishga tavsiya qilinadi. Razvedkaning birinchi bosqichida qazilma boylikning S1 va S2 kategoriyadagi zaxiralarini asoslovchi ashyolar olinadi va mufassal razvedka uchun loyiha tuziladi.
Mufassal razvedka yer osti suvlari razvedkasining ikkinchi bosqichi. Bu bosqich ishlari birinchi bosqichdagi razvedka ishlari ijobiy natija bergandagina olib boriladi. Mufassal razvedka ishlari natijasida suv olish inshootlarini joylashtirish va zaxiralarini A+V kategoriyalarda baholashga imkon bo‘ladi.
Mufassal razvedka bosqichi dastlabki bosqichdagi tadqiqot ishlariga nisbatan murakkabroq hajmda bajariladi, chunonchi tajriba suv chiqarish ishlari, rejim kuzatuvlari, suv zaxiralarini hisoblash, gidrogeologik parametrlarini hisoblashi, elektroprofillash ishlari, laboratoriyada to‘la kimyoviy tahlil ishlari, suv sathi bosimi zaxirasining bashorati hisoblanadi.
Xaritalashtirish uchun burg‘ilash va quduqlarni gidrogeologik maqsadda sinash. Gidrogeologik syomkada xaritalashtirish uchun burg‘ilashdan maqsad quyidagi masalalarni yechishdan iborat:
Hududning geologik tuzilishini 100-200m va undan ko‘proq chuqurlikkacha o‘rganish;
Suv ushlagich qatlamlarini ochish va tekshirib ko‘rish;
Yer yuzasidan birinchi chuqurlikdagi suv ushlagich qatlamning chegarasini aniqlash;
Har xil mineralizatsiyali va kimyoviy tarkibli yer osti (grunt) suvlarining chegarasini o‘tkazish.
Xaritalashtirish uchun o‘tiladigan quduqlarning soni hududning gidrogeologik murakkabligiga, syomkaning masshtabiga bog‘liq. Xaritalashtiruvchi quduqlar odatda geologik strukturalarga tik yoki parallel kesimlarga joylashtiriladi yoki yer osti suvining oqimi bo‘ylab, artezian suvlarda esa – quduqlar artezian basseynining suv oluvchi, suv oquvchi va suv sarf bo‘luvchi kesim chiziqlariga joylashtiriladi.
Xaritalashtirish uchun o‘tiladigan quduqlarning chuqurligi o‘rganilayotgan suv ushlagich qatlamining chuqurligiga, syomka maqsadiga, huduning gidrogeologik jihatdan o‘rganilganlik darajasiga bog‘liq. Hududning aeratsiya zonasini va grunt suvlarini o‘rganish uchun o‘tiladigan quduqlar chuqurligi 30-50 metr. Qatlamlar oralig‘idagi suv ushlagich qatlamlarini o‘rganish, darz ketgan qatlam va yoriqlikdagi suvlarni va karst yoriqligidagi suvlarni o‘rganish uchun o‘tiladigan o‘rta chuqurlikdagi quduqlarning chuqurligi 100-150metr. O‘ta chuqurlikdagi artezian mineral suvlarni ochish va xaritalash uchun o‘tkaziladigan quduqlarning chuqurligi 500metr va undan ortiq bo‘ladi.
Quduqlarning konstruksiyasi ularni sinash va suv ushlagich qatlamlarni bir-biridan ajratish maqsadiga javob berishi kerak. Xaritalashtirish quduqlarini o‘tishda gidrogeologik kesim chiziladi, yer osti suvlarini, suv ushlagich qatlamlarining ochilishi, suvning sathi, harorati, burg‘ilash asboblarining holati, suvning gazliligi kuzatiladi va suvlardan kimyoviy tahlilga namunalar olinadi. Agar burg‘ilash jarayonida bosimli suvlar ochilsa, burg‘ilashni vaqtincha to‘xtatib, suv bosimi va sarfini o‘lchash kerak va suv haroratini o‘lchab, kimyoviy tahlil uchun suv namunasini olish kerak.
Agar quduq suv yoki gil eritmasi bilan qazilsa, u holda vaqti-vaqtida burg‘ilash jarayonida chiqayotgan yuvish suvidan namuna olib uning kimyoviy tarkibini o‘rganish yoki gil eritmasining konsentratsiyasini tekshirish kerak.
Gidrogeologik quduq o‘tilgach, uning kesimi, burg‘ilash va obsadka grafigi tuziladi. Keyin quduq maxsus tekshiriladi.
Chuqur quduqlarda olib boriladigan gidrogeologik tadqiqotlar.
Chuqur quduqlar odatda 2 maqsadda qaziladi.
neft va gaz qidirish, razvedka va ulardan foydalanish uchun;
katta bosimda yuboriladigan tayanch, parametrik va texnologik quduqlar.
Bu quduqlarni qazishda olib boriladigan gidrogeologik tadqiqotlarni ko‘rib chiqamiz.
Download 275,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish