Mavzu: Bunyodkor xalq. Darsning maqsadlari



Download 317,5 Kb.
bet4/6
Sana15.03.2020
Hajmi317,5 Kb.
#42532
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-sinf milliy g'oya


Uyga vazifa. Mavzuni o’rganib kelish.
Tekshirdi: O’IBDO’_____________________
Sana________ Sinf 8__________ Fan o’qituvchisi: _____________________
Mavzu: Internetdan foydalanish madaniyati.

Darsning maqsadlari:

  1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga internet haqida ma’lumot berish hamda undan foydalanishda madaniyatli bo’lish haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlik hissini uyg’otish, ularni mustaqil va erkin fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol javob. Bahs-munozara.

Dars jihozi: rasmli ko’rsatmalar, savolliklar, Prezident asarlari, test banklari, vatman qog’oz, marker, doska, bo’r.

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Yangiliklar.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Savol-javob.

Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun nimalar talab etiladi?

Sobiq sho'rolar davrida inson huquq va erkinliklariga zid ishlar amalga oshirilgani to'g'risida keksalardan nimalar eshitgansiz?

Qonun ustuvorligi bilan mamlakatlar taraqqiyoti o'rtasida qanday bog'liqlik bor?

Huquqiy madaniyat nima?

Inson huquqiy madaniyatga ega bo'lmasa, qanday ahvolga tushishi mumkinligini misollar yordamida izohlab bering.



Yangi mavzu: Kichik ma’ruza.

Mazkur amaliy mashg'ulotda o'qituvcbingiz va siz quyidagi masalalarga alohida e'tibor berishingiz maqsadga muvofiqdir:

Internet tizimining paydo bo'lish tarixi;

bu tizimning cheksiz imkoniyatlari va undagi tezkoriik sabablari;

mazkur tizim insoniyatning o'zaro axborot ayirboshlashi, iqtisodiy aloqalaming tezlashuvi, siyosiy va ijtimoiy sohalardagi yangiliklardan xabardor bo'lish, muassasalar hamda millionlab kishilar o'rtasidagi madaniy aloqalaming osonlashuvi singari ko'plab ijobiy imkoniyatlarni yaratgani;

— shu bilan birga, Internet tizimidan turli g'arazli


maqsadlarda foydalanishga urinayotgan buzg'unchi kuchlar, ular
tomonidan mazkur tizimga kiritib yuborilayotgan bo'htonlar,
uydirma xabar va lavhalarning nihoyatda ko'paygani;

Intemetning inson qalbi va ongini zaharlashga, axloqi va ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishga yo'naltirilgan ko'plab saytlari mavjudligi;

o'ziga qanday ma'lumot zarurligini, uni qayerdan izlashni oldindan bilishi mazkur tizimdan unumli foydalanmoqchi bo'lgan kishining yuqorida aytib o'tilgan xavflardan saqlanishida muhim omil ekani;

Intemetdagi yurtimizga tegishli saytlardan ko'proq foydala-nish yoshlaming ilm va ma'rifatini yuksaltirish, Vatanimiz tarixi hamda bugungi kuni to'g'risida xolis va aniq ma'lumotlar olish imkoniyatini yaratishi;

Intemetdan olingan dunyo fani, madaniyati, turli mamla-katlar tarixi va buguni to'g'risidagi ma'lumotlarni o'zaro qiyoslash mazkur ma'lumotlarning ishonchliligini aniqlashda muhim ekani va boshqalar.

Baholash. O’qituvchi yuzaga kelgan savollarga javob beradi.
Faol o’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa. «Milliy o’zlikni anglash» mavzusida referat tayyorlang.

Uni yozishda quyidagi masalalar yuzasidan mustaqil fikr yuritishga urining:

Yurtboshimizning «O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» mazkur masala bo'yicha bildirgan fikr va mulohazalari;

milliy o'zligini anglamagan xalq, millat qay ahvolga tushishi mumkinligi;

sobiq sho'rolar zamonida xalqimizni milliy o'zligidan ayirish uchun olib borilgan siyosat va uning oqibatlari;

o'zlikni anglash tarixiy xotirani uyg'otishdan boshlanishi;

mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda milliy o'zlikni anglash, anglatish borasida amalga oshirilgan chinakam tarixiy ishlar;

milliy o'zlikni anglash shaxs, millat, xalq qalbida milliy g'urur va iftixor tuyg'usining kuchayishida muhim omil ekani;

o'zligini anglagan xalq yorug' kelajakka sobit ishonch bilan qarashi va boshqa masalalar.
Tekshirdi: O’IBDO’_____________________

Sana________ Sinf 8__________ Fan o’qituvchisi: _____________________


Mavzu: Ma'naviyat - inson va jamiyat madaniyatining negizi.

Darsning maqsadlari:

  1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga ma’naviyat haqida, uning insonlar hayotida tutgan o’rni hamda Ma'naviyat - inson va jamiyat madaniyatining negizi haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlik hissini uyg’otish, ularni mustaqil va erkin fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol javob. Bahs-munozara.

Dars jihozi: rasmli ko’rsatmalar, savolliklar, Prezident asarlari, test banklari, vatman qog’oz, marker, doska, bo’r.

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Yangiliklar.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Savol-javob.

Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun nimalar talab etiladi?

Sobiq sho'rolar davrida inson huquq va erkinliklariga zid ishlar amalga oshirilgani to'g'risida keksalardan nimalar eshitgansiz?

Qonun ustuvorligi bilan mamlakatlar taraqqiyoti o'rtasida qanday bog'liqlik bor?

Huquqiy madaniyat nima?

Inson huquqiy madaniyatga ega bo'lmasa, qanday ahvolga tushishi mumkinligini misollar yordamida izohlab bering.



Yangi mavzu: Kichik ma’ruza.

Aziz o'quvchi, hozirga qadar olgan bilimlaringizdan angla-gandirsizki, ma'naviyat faqat insonga xos xususiyatdir. Chunki dunyodagi jonzotlar ichida faqat odamgina o'z oldiga maqsad qo'yib, o'ylab-fikrlab yashaydi. Ma'naviyatshunos olim Abdura-him Erkayev bu borada quyidagi mulohazalami yozadi: «Tabiatda ma'naviyat yo'q. Biz hayvonot dunyosi turlari, xillari, nasli va boshqa belgilariga qarab ularni odobli va diyonatli, nozik didli, xudojo'y yoki vijdonsiz, kufr botqog'iga botgan, deya olmaymiz. Agar yanada aniqroq va jonli misol yordamida aytadigan bo'lsak, «mana bu to'ng'iz va eshak — nozikta'b, nafosat oshuftalari, ana u ikkalasi o'ta xudojo'y, mana bulari esa noinsof va tamagir», degan iboraga aql bovar qilmaydi. O'simlik dunyosi haqida ushbu munosabat bilan gapirishning o'zi ortiqcha».

Bundan ko'rinadiki, biz ma'naviyat va u bilan bog'liq tushun-chalar haqida gapirganimizda, faqat insongagina xos yuksak tuyg'ular, hislar, ko'nikmalar, tajribalardan kelib chiqamiz, shu-larga tayanamiz. Yana bir narsani yaxshi bilib olishimiz kerak: ma'­naviyat ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Bu degani uning paydo bo'lishi, takomillashishi, avloddan avlodga o'tishi inson faoliyati bilan bog'liq. Insonlar faoliyati esa o'zaro jamlanib, jamiyat hayotini yuzaga keltiradi. Demakki, inson va uning faoliyatisiz, jamiyatning ijti­moiy hayotisiz ma'naviyatni tasawur etib bo'lmaydi. Yurtboshi-miz ma'naviyatning inson qalbi va ongiga singishini quyidagicha ifoda etadi: «Ma'naviyat insonning qon-qoni, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o'giti, Vatan tuyg'usi, bu hayotning ba'zida achchiq, ba'zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra bo'lib singib boradi». Endi Prezidentimizning ushbu mulohazasi zamiridagi ma'no-mazmunni chuqurroq idrok etishga harakat qilaylik. Modomiki, ma'naviyat insonning qon-qoniga, suyak-suyagiga singadigan tuyg'ular, qarash va ko'nikmalar majmuyi ekan, demak, ularni ko'z bilan ko'rib, qo'l bilan ushlab bo'lmaydi, rang yoxud hidini bilish mumkin emas. Ma'naviyat inson ruhiyatida, qalbi va ongida shakllanib ulg'ayadi. Ma'naviy qadriyatlar ajdodlar to'plagan tajribalar, ibratlar, axloqiy qarashlar tarzida avlodlarga o'tib boradi. Bular sirasiga onalar allasi ham, oiladagi munosabatlar ham, buyuk shaxslar qoldirgan nodir kitoblar, madaniy yodgorliklar shaklidagi ma'naviy-ma'rifiy manbalar ham, bugungi ijodkorlar yaratayotgan asarlar, olimlarning kash-fiyotlari ham kiradi.

Mustahkamlash:

Yuksak ma'naviyatni inson va jamiyat hayotining asosi, deb bilishimizning sababi nimada?

Ma'naviyat inson ong-u shuuriga, qalbiga nima uchun yillar davomida singib boradi?

«Avesto» kitobida ilgari surilgan o'lmas g'oyaning ma'no-mohiyatini kengroq izohlay olasizmi?



Baholash. O’qituvchi yuzaga kelgan savollarga javob beradi.
Faol o’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa. Mavzuni o’rganib kelish.

Tekshirdi: O’IBDO’_____________________


Sana________ Sinf 8__________ Fan o’qituvchisi: _____________________
Mavzu: Ma'naviyat - inson va jamiyat madaniyatining negizi.

Darsning maqsadlari:

  1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga ma’naviyat haqida, uning insonlar hayotida tutgan o’rni hamda Ma'naviyat - inson va jamiyat madaniyatining negizi haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlik hissini uyg’otish, ularni mustaqil va erkin fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol javob. Bahs-munozara.

Dars jihozi: rasmli ko’rsatmalar, savolliklar, Prezident asarlari, test banklari, vatman qog’oz, marker, doska, bo’r.

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Yangiliklar.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Savol-javob.

Yuksak ma'naviyatni inson va jamiyat hayotining asosi, deb bilishimizning sababi nimada?

Ma'naviyat inson ong-u shuuriga, qalbiga nima uchun yillar davomida singib boradi?

«Avesto» kitobida ilgari surilgan o'lmas g'oyaning ma'no-mohiyatini kengroq izohlay olasizmi?



Yangi mavzu: Kichik ma’ruza.

Ko'pchiligimiz xalqimizning qadimiy ertaklarini, afsonalarini, dostonlarini miriqib eshitamiz, o'qiymiz. Ularda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlar jasorati qalbimizni to'lqinlantiradi, bilimimizni oshiradi, ijodiy tasavvurlarimizni kengaytiradi. Qolaversa, ularda xalqimizning ozodlik va erkinlikka, farovon va tinch hayot kechirishga bo'lgan azaliy orzu-intilishlari mu-jassamlashgan. Xalq og'zaki ijodi degan nom ostida bizgacha bezavol yetib kelgan ana shu ma'naviy boyliklarimiz orasida «Alpomish» dostoni alohida ajralib turadi. Yurtboshimiz bu asarga quyidagicha yuksak baho beradi:

«Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston boisa, «Alpomish» ana shu dostonning shoh bayti, desak, to'g'ri boiadi. Bu mumtoz asarda tarix to'fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o'zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag'rikenglik, matonat, oliyjanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o'z ifodasini topgan». Darhaqiqat, dostonning bosh qahramonlari Alpomish va Bar-chinoyning boshiga ne-ne ko'rgiliklar tushmaydi. Bu ikki yosh yurtni, hokimiyatni yovlardan tozalash, turli fitnalar, aldovlarga uchmasdan maqsad sari intilish, elga jabr qilmoqchi bo'lganlarga munosib zarba berish, nihoyat, o'z eliga, ona yurtiga munosib egalik qilishdek mas'uliyatli vazifalarni sharaf bilan bajarishadi. Bu kurashlar davomida ularning tug'ilib o'sgan yurtga mehri, do'stlikka sadoqati, qon-qardoshlariga bemisl shafqati, рок muhabbati sinovdan o'tadi, toblanadi. Yurtboshimiz xalqimizning qadimiy va shonli tarixini tuganmas bir doston deb, «Alpo-mish»ni esa shu dostonning shoh bayti deb baholashining zamirida ana shu haqiqat turibdi. Ya'ni, xalqimizga xos bo'lgan, uni asrlar sinovidan omon olib chiqqan barcha oliyjanob fazilatlar ayni dostonda mangu qo'shiqdek tarannum etilgan. Insonning, xalqning ma'naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar sirasiga kiradigan muqaddas dinimiz, mutafakkir bobolarimizning buyuk ilmiy-ijodiy kasbiiyotlari, oila va mahalla, ta'lim-tarbiya tizimining roli hamda ahamiyati to'g'risida awalgi saboqlarimizda qisman gapirgan bo'lsak, kelgusi darslarda ham ularga alohida-alohida to'xtalamiz. Hozir esa inson ma'naviyatining shakllanishida muhim o'rin tutadigan sabr-qanoat, mehr-murawat, yaxshilik va yomonlik singari tushunchalarga izoh berib, ularni anglab olishga harakat qilamiz.

Mustahkamlash:

«Avesto» kitobida ilgari surilgan o'lmas g'oyaning ma'no-mohiyatini kengroq izohlay olasizmi?

Yurtboshimiz xalqimizmng qadimiy va shonli tarixini nima uchun tuganmas bir dostonga o'xshatadi?

Sabr-qanoat inson hayotida qanday ahamiyat kasb etadi? Besabrlik-chi?

Sabrsizlik qilib xijolatda qolgan paytlaringizni eslaysizmi? Bu haqda sinfdoshlaringizga gapirib bera olasizmi?

Minnat nima? Hayotingizda sizga minnat qilishganmi?



Baholash. O’qituvchi yuzaga kelgan savollarga javob beradi.
Faol o’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa. Mavzuni o’rganib kelish.

Tekshirdi: O’IBDO’_____________________

Sana________ Sinf 8__________ Fan o’qituvchisi: _____________________
Mavzu: Do’stlik yuksak ma’naviy tushuncha.

Darsning maqsadlari:


  1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga do’stlik tushunchasi haqida, do’stlikni qadrlash, uni asrab-avaylash haqida hamda do’stlik yuksak ma’naviy tushuncha ekanligi haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlik hissini uyg’otish, ularni mustaqil va erkin fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol javob. Bahs-munozara.

Dars jihozi: rasmli ko’rsatmalar, savolliklar, Prezident asarlari, test banklari, vatman qog’oz, marker, doska, bo’r.

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Yangiliklar.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Savol-javob.

Yurtboshimiz xalqimizmng qadimiy va shonli tarixini nima uchun tuganmas bir dostonga o'xshatadi?

Sabr-qanoat inson hayotida qanday ahamiyat kasb etadi? Besabrlik-chi?

Sabrsizlik qilib xijolatda qolgan paytlaringizni eslaysizmi? Bu haqda sinfdoshlaringizga gapirib bera olasizmi?

Minnat nima? Hayotingizda sizga minnat qilishganmi?

Yangi mavzu: Kichik ma’ruza.

Aziz o'quvcbi, o'tgan darslar davomida siz bilan inson tabiati juda murakkab, qalbi esa nihoyatda nozik ekani to'g'risida so'zlashdik. Darhaqiqat, hali-hozirgacha biror usul o'ylab topilma-ganki, u orqali insonning ichki dunyosini to'liq bilib bo'lsa. Nafaqat boshqalar, balki odamning o'zi ham o'zini bila olmasdan, «topa olmasdan» qiynaladi. Shu tufayli ham u hamma vaqt turmush quvonchlari va tashvishlarini baham ko'radigan hamdard, hamfikr kishiga ehtiyoj sezadi. Bunday kishini esa insonlar «do'st» deb ataydi, ularsiz yashay olmaydi. Xalqimizning «Do'st hisobi dilda», «Do'sting kimligini ayt, sening kimligingni aytaman», «Yot — yeb to'yguncha, do'st — o'la-o'lguncha», «Yo'rg'a minsang ham, yo'ldoshli bo'l», «O'zim degan o'radan chiqolmas» kabi naqllari bejiz aytilmagan. Shoir Erkin Vohidov esa:

Agar do'sting bilan teng ko'rsang baham, Shodlik teng ko'payar, teng bo'linar g'am, —

der ekan, odamning yaxshi kuni ham, yomon kuni ham unga berilgan bir sinov ekani, do'st-birodarlar ko'magida bu sinovdan yorug' yuz bilan chiqish mumkin ekaniga ishora qiladi.

Do 'stlik — insonlar о 'rtasidagi maqsadlar, intilishlar, qa-rashlar va manfaatlar yaqinligi, о 'zaro bir-birini tushunishga, bir-biriga ishonishga asoslangan munosabatlar demakdir. Do'stlik — insonni ma'naviy qo'llab-quwatlovchi, uning og'i-rini yengil qiluvchi, ruhiyatini ko'taruvchi, o'ziga ishonchni ortti-ruvchi kuchdir.

Shuni unutmaslik kerakki, insonda do'stlik, birodarlik, o'zaro ishonch tuyg'ulari darhol yuzaga kelib, o'z-o'zidan mustahkam-lanib qolmaydi. Dono xalqimiz «Toy qoqilmay yo'l topmas, er qoqilmay — do'st» deganida ayni shuni nazarda tutadi. Chunki haqiqiy do'st topish va unga chinakam do'st bo'lib qolish insondan ko'p narsani talab qiladi. Bular esa — fidoyilik, rostgo'ylik, to'g'rilik, o'z manfaatlaridan voz kecha bilish, sir saqlay olish va boshqalardir. Shu tufayli ham do'stlik uzoq yillar davomida ko'plab sinovlardan o'tib, toblanib boradi. Mana shu sinovlar paytida ham o'zini oqlagan, bukilmagan, buzilmagan do'stlikni chinakam do'stlik desa bo'ladi.

Hayotda haqiqiy, sadoqatli do'st topish inson uchun katta baxtdir. Afsuski, bu baxtga hamma ham muyassar bo'lavermaydi. Ba'zi insonlar uchraydiki, ularning atrofi bo'm-bo'sh, hayoti nursiz va zerikarli. Albatta, bu holatning sabablari juda ko'p va murakkab bo'lishi mumkin. Bunday kishilarni dabdurustdan ayblashdan ham ehtiyot bo'lish lozim.

Mustahkamlash:

Inson nima uchun do'stga ehtiyoj sezadi, do'stlari ko'proq bo'lishini xohlaydi?

«Do'stlik ipini uzma, ulasang tugun qolar» degan maqolda qanday mazmun mujassamlashgan?

Tarix va adabiyotdan chinakam do'stlik namunalariga misollar keltira olasizmi?



Baholash. O’qituvchi yuzaga kelgan savollarga javob beradi.
Faol o’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa. Mavzuni o’rganib kelish.
Tekshirdi: O’IBDO’_____________________
Sana________ Sinf 8_________ Fan o’qituvchisi: _______________________
Mavzu: 3-nazorat ishi.

Nazorat ishini o’tkazishdan maqsad:




  • o’quvchilarning bilim darajasini aniqlash;

  • o’quvchilar bilimlaridagi bo’shliqlarni aniqlash;

  • o’quvchilar tafakkurida tarixiy bilimlarni yanada kuchaytirish.

Test.


Savol

Javob

Savol

Javob

Savol

Javob

Savol

Javob

Savol

Javob

1




6




11




16




21




2




7




12




17




22




3




8




13




18




23




4




9




14




19




24




5




10




15




20




25





Uyga vazifa: Takrorlab kelish

Tekshirdi: O’IBDO’_____________________


Sana________ Sinf 8__________ Fan o’qituvchisi: _____________________
Mavzu: Umumlashtiruvchi dars.

Darsning maqsadlari:

  1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan olingan bilimlarni mustahkamlash haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlik hissini uyg’otish, ularni mustaqil va erkin fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol javob. Bahs-munozara.

Dars jihozi: rasmli ko’rsatmalar, savolliklar, Prezident asarlari, test banklari, vatman qog’oz, marker, doska, bo’r.

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Yangiliklar.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Savol-javob.

“Bilim” nima ekanligi haqida gapiring.

„Bilimli kishi xor bo’lmas“ iborasiga ta’rif bering.

Bilim qanday qilib ma’naviyatga xizmat qiladi?

Siz bilimli kishi bo’lishni hohlaysizmi?

Yangi mavzu: Savol-javob.

«Bunyodkor» so'zining ma'nosi nima?

Bunyodkor g'oya deb qanday g'oyaga aytiladi?

Inson aql-idroki bilan barpo etilgan, bunyodkor mehnat mahsuli bo'lgan qanday mo'jizalarni bilasiz?

Amir Temur bobomiz xalqimizning bunyodkorligidan faxrlanib nima degan?

Qanday hodisalar tizim hosil qiladi?

Daraxtning gurkirab o'sishi bilan g'oyaning rivojlanishi o'rtasida qanday o'xshashlik bor?

Ezgu g'oyalar nima uchun o'lmaydi?

Ilg'or g'oyalarga misol keltiring.

Konservativ g'oyalarga misol keltiring.

Asl va soxta g'oyalarning farqini ayting.

G'oyaning asosiy xususiyatlari haqida gapiring.

G'oyaning har bir xususiyatiga bitta misol aytishga harakat qiling.

Dunyoda bir-biriga aynan o'xshash bo'lgan ikki odamni uchratish mumkinmi?

Odamda fikr qanday paydo bo'ladi?

Fikrlar necha xil bo'ladi?

Shaxsiy va ijtimoiy fikrning farqi nimada?

Siz o'z fikringizni avvalo kimga aytasiz?

G'oya qanday fikrdan paydo bo'ladi?

Milliy g'oya deb nimaga aytiladi?

Ma'naviyatning ta'rifini ayting.

Insonning ichki dunyosi deganda nimani tushunasiz?

Siz hayotga qalb ko'zi bilan qarab ko'rganmisiz?

Inson irodasining baquwatligi haqida gapirib bering.

Qalbning ulg'ayishi deganda nimani tushunasiz?

Milliy g'oyaning paydo bo'lishi uchun awalo nima zarur?

Milliy g'oyamiz nima uchun milliy istiqlol g'oyasi deb ataladi?

Milliy g'oyaning to'liq shakllanishi va ro'yobga chiqshi uchun eng muhim tarixiy sharoit deganda nimani tushunasiz?

XX asr avvalida jadidlar boshlagan ishlar nima uchun oxiriga yetmasdan qoldi?
Baholash. O’qituvchi yuzaga kelgan savollarga javob beradi.
Faol o’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa. Mavzuni o’rganib kelish.
Tekshirdi: O’IBDO’_____________________

Sana________ Sinf 8__________ Fan o’qituvchisi: _____________________


Mavzu: Ekologik tarbiya.

Download 317,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish